Kazus №1 2006 yil oktabr oyida London sudi italiyalik zara kompaniyasini fransiyalik zargar Paskal Morabitoning yaratgan soxta soatlari


EHM dasturlariga muhofaza hujjati olish jarayonini huquqiy jihatdan tahlil qiling



Yüklə 492,51 Kb.
səhifə39/65
tarix07.01.2024
ölçüsü492,51 Kb.
#210133
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   65
V2 intellektual mulk Updated

EHM dasturlariga muhofaza hujjati olish jarayonini huquqiy jihatdan tahlil qiling.

O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida”gi Qonuni:
9-modda. EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarini ro‘yxatdan o‘tkazish huquqi hamda ularni ro‘yxatdan o‘tkazish
EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazalariga nisbatan barcha shaxsiy va mulkiy yoki shartnomaga ko‘ra faqat mulkiy huquqlarga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining, boshqa davlatlarning jismoniy yoki yuridik shaxslari dasturlar yoki ma’lumotlar bazalarini ro‘yxatdan o‘tkazish huquqiga egadirlar. Huquq egasi EHM uchun yaratilgan dasturni yoki ma’lumotlar bazasini bevosita yoxud o‘z vakili orqali Dasturiy mahsulotlar davlat reyestrida yoki Ma’lumotlar bazalari davlat reyestrida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligiga (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) talabnoma berish orqali ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin.
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasini rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralgan talabnoma (matnda bundan buyon ro‘yxatdan o‘tkazish talabnomasi deb yuritiladi) EHM uchun yaratilgan bitta dastur yoki bitta ma’lumotlar bazasiga taalluqli bo‘lishi kerak. Ro‘yxatdan o‘tkazish talabnomasini rasmiylashtirish qoidalarini Agentlik belgilaydi.
Ro‘yxatdan o‘tkazish talabnomasi kelib tushgach, Agentlik kerakli hujjatlarning bor-yo‘qligi va qoidalarning talablariga qanchalik muvofiqligini tekshirib chiqadi. Tekshirish natijasi ijobiy bo‘lsa, Agentlik EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasini tegishli Reyestrga kiritadi, talabnoma beruvchiga rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risida guvohnoma topshiradi hamda ro‘yxatdan o‘tkazilgan EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalariga doir ma’lumotlarni Agentlikning rasmiy axborotnomasida e’lon qiladi.
Talabnoma beruvchi Agentlikning so‘roviga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan ma’lumotlar rasmiy axborotnomada bosib chiqarilguniga qadar talabnoma materiallarini to‘ldirish, ularga aniqlik kiritish va ularni tuzatishga haqlidir. Tekshirish natijasi salbiy bo‘lsa, Agentlik talabnoma beruvchiga rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilganligini bildiruvchi hujjat topshiradi.
Rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini, rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma shakllarini, ularda ko‘rsatiladigan ma’lumotlar tarkibini Agentlik belgilaydi. Rasmiy axborotnomada e’lon qilinadigan ma’lumotlar ro‘yxati ham Agentlik tomonidan belgilanadi.




  1. Yüklə 492,51 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin