B. ismli shaxsning talablari asoslimi?
Kazus №15
Xalqaro talabnoma qabul qiluvchi idoraga topshirilgandan so‘ng, ushbu talabnoma beruvchilardan birining ismi o‘zgardi. Arizaning ro‘yxatdan o‘tkazish nusxasi Xalqaro byuroga, nusxasi esa qidiruv uchun Xalqaro qidiruv organiga yuborildi.
Talabnomani milliy, mintaqaviy va xalqaro ro‘yhatdan o‘tkazish haqida nimalarni bilasiz?
1970-yil 19-iyunidagi Patent kooperatsiyasi to‘g‘risidagi shartnomadan kelib chiqiladi! (Lex.uz da norasmiy tarjimasi bor)
https://lex.uz/docs/-2602762
O‘zbekistonn Respublikasi uchun 1991-yil 25-dekabrdan kuchga kirgan.
Shartnomaga muvofiq talabgorlar o’z milliy yurisdiksiyalari orqali 3 xil doiradagi talabnomalarni berishlari mumkin:
“mintaqaviy talabnoma” mintaqaviy patent uchun talabnomani anglatadi; “mintaqaviy patent” milliy yoki patentlarni berish huquqiga ega bo‘lgan hukumatlararo organ tomonidan berilgan, bittadan ortiq davlatda amal qiladigan patentni anglatadi.
“milliy talabnoma”ga havolalar milliy patentlar va mintaqaviy patentlar uchun talabnomalarga havolalar sifatida tushunilishi kerak, ushbu Shartnomaga muvofiq berilgan talabnomalar bundan mustasno;
“xalqaro talabnoma” ushbu Shartnomaga muvofiq berilgan talabnomani anglatadi; “talabnoma”ga havolalar xalqaro talabnomalarga va milliy talabnomalarga havolalar sifatida tushunilishi kerak. Xalqaro talabnoma esa o’z navbatida mintaqaviy talabnomalardan qamrovi jihatidan ko’plab davlatlarda patentning ta’minlanishini belgilaydi.
Shuni aytib o’tish kerakki, bu shartnoma shartlari va u havola qilgan boshqa shu doiradagi shartnomalarda belgilangan normalarga faqatgina bu shartnomani milliy qonunchilikka ratifikatsiya qilgan davlatlar amal qilishga majbur hisoblanadilar. Masalan, Parij konvensiyasida belgilab qo’yilgan ustuvorlik huquqi (konvension ustunlik muayyan institutga oid intellektual mulk uchun birinchi talabnoa bergan jismoniy yoki yuridik shaxslarga beriladi.
Dostları ilə paylaş: |