I Bu muddatni uzaytirish uchun iltimosnoma beriladi.
II Iltimosnomaning alhohida hujjat ilovasida belgilangan namunasi bor.
III Iltimosnomaga ilova sigatida Ixtiro patenti identifikatsiyasi va uning amal qilish muddati ilova qilinadi.
IV Vakil ishtirok etganda ishonchnoma taqdim etiladi (vorislik va meros huquqi ham taqdim etilishi mumkin.
V Iltimosoma Vazirlikka bevosita pochta orqali yuboriladi.
VI Bu akt davlat reysteriga kiritiladi.
VII Agar hujjatlar mos kelmasa, rad etish asoslari talabgorga yuboriladi.
Qo’shimcha javob:
O‘zbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi qonuni 5-moddasiga ko‘ra, ixtiroga nisbatan dori vositasining muhofaza davri 20 yilni tashkil etadi. Qo‘llanilishi uchun belgilangan tartibda vakolatli organdan ruxsatnoma olinishi lozim bo‘lgan dori vositasi yoki pestitsidga taalluqli ixtiro patentining amal qilishi ixtiroga talabnoma berish sanasidan boshlab mahsulotni qo‘llash uchun birinchi ruxsatnoma olingan sanaga qadar hisoblanadigan muddatga uzaytiriladi. Bunda ixtiro patentning amal qilishining uzaytiriladigan muddati besh yildan oshmasligi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga topshirilgan sanadan e’tiboran ixtiro patenti yigirma yil mobaynida amal qiladi. Ixtiro patentining amal qilishini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga patentning amal qilishi davomida mahsulotni qo‘llash uchun birinchi ruxsatnoma olingan sanadan olti oy o‘tguniga qadar yoki patentni berish sanasidan, mazkur muddatlarning qaysi biri kechroq tugashiga bog‘liq holda beriladi.
Kazus №17 2006 yil sentyabr oyida pop yulduzi Madonna Moskvadagi “Lujniki” stadionida konsert berdi. Shundan so‘ng, Internetdagi saytlardan birida xonandaning Confessions Tour dizaynini takrorlaydigan dizayni bilan 20 dollarlik disk sotib olish taklifi paydo bo‘ldi. Veb-sayt: “Konsertni rejalashtirilgan rasmiy yozuvlari bo‘lmagan. Bu Lujniki stadioni ekrani va sahnadagi spektaklning bir qismini suratga olayotgan bitta kameraga asoslangan”. Sayt Hindiston, Indoneziya va Afrika mamlakatlaridan tashqari barcha mamlakatlarga DVD orqali yetkazib berish to‘g‘risidagi maʼlumotlarni joylashtirdi. Sayt 2006 yil mart oyida AQShning Arizona shtatida ro‘yxatdan o‘tkazilib, egasining nomi va koordinatalarini o‘rnatishga imkon bermaydigan maxsus ro‘yxatga oluvchi saytlarni jalb qilgan. Madonnaning Moskvadagi konsert tashkilotchilari konsertdagi syomka haqida bilishmagan.
1-savol. Ushbu nizo intellektual mulk huquqining qaysi institutlari doirasiga kiradi? Ushbu vaziyatda mualliflik huquqi egalarini nomlang va ularning qaysi huquqlari buzilganligini aniqlang? Ijroga oid intellektual mulk huquqi ushbu sohaning turdosh huquqlar doirasiga kiradi. Bu doiradagi munosabatlarni “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to’g’risida”gi qonun tartibga soladi.
43-moddada kimlar bu huquqdan O’zbekiston Respublikasi yurisdiksiyasi orqali foydal olishlari belgilnagan.