Tovar belgisiga guvohnoma olish tartibini huquqiy jihatdan tavsiflang.
Litsenziya shartnomasi asosida foydalanishga berish jarayonini tushuntiring.
“Bog‘i eram” MChJga tegishli qonunchilikka muvofiq huquqlarini tushuntiring?
4. “Obi hayot” MChJ sudga murojaat qilishi uchun qanday asoslar mavjud?
5. Tovar belgisidan foydalanmaslik holatlari va uning oqibatlari haqida nimalarni bilasiz?
O‘zbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomi to‘g‘risida”gi qonunining 25-moddasiga asosan Tovar belgisiga doir guvohnomaning amal qilishi tovar belgisi amal qilgan oxirgi uch yil mobaynida undan uzluksiz ravishda foydalanilmaganda, shuningdek jamoaviy belgidan foydalanish to‘g‘risidagi kelishuv buzilgan taqdirda manfaatdor shaxsning arizasiga binoan qabul qilingan sud qarori asosida muddatidan oldin to‘liq yoki qisman tugatilishi mumkin. Tovar belgisiga doir guvohnomaning amal qilishini undan foydalanilmaganligi munosabati bilan muddatidan oldin tugatish to‘g‘risidagi masalani hal qilayotganda tovar belgisining egasi tomonidan taqdim etilgan unga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra tovar belgisidan foydalanilmaganligini isbotlovchi dalillar e’tiborga olinishi mumkin. Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksi 354-moddasiga binoan Fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkindirlar. Shartnoma tuzishga majbur qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, shartnoma tuzish burchi ushbu Kodeksda, boshqa qonunda yoki olingan majburiyatda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Demak kazus doirasida, “Bog‘i eram” MCHJ o‘ziga tkgishli bo‘lgan TipTop so‘zli tovar belgisidan 2015-yildan 2021-yilga qadar foydalanmaganligi sababli, ushbu muddat uch yildan yuqori hisoblanadi hamda kazusdagi vaziyatdan shu anglashtiladiki “Obi hayot” MCHJning da’vosi asoslidir.
Kazus №19
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida joylashgan “Tog‘ mevalari” MCHJ tomonidan Adliya vazirligiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun “Quva anori” nomi ostida qadoqlangan anor mevalarini tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish maqsadida talabnoma topshirildi. Ular ushbu nom ostida talabnoma topshirishlarini asosi sifatida tumanda yetishtirilayotgan “Quva anori” nomi ostidagi meva ko‘chatlari Farg‘ona viloyati Quva tumanidan keltirilib, yetishtirilayotganligini sabab sifatida keltirishgan.
Ushbu holatda Adliya vazirligi tomonidan “Tog‘ mevalari” MChJga talabnoma yuzasidan rad javobi berildi.
“Tog‘ mevalari” MCHJ Sizga intellektual mulk sohasidagi professional yurist sifatida murojaat qilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |