Kazus №1 2006 yil oktabr oyida London sudi italiyalik zara kompaniyasini fransiyalik zargar Paskal Morabitoning yaratgan soxta soatlari



Yüklə 492,51 Kb.
səhifə54/65
tarix07.01.2024
ölçüsü492,51 Kb.
#210133
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   65
V2 intellektual mulk Updated

29-kazus
Hududiy pochta ma’lumotnomalarini nashr etishga ixtisoslashgan “Post-mail recordings” firmasi ma’lum bir mintaqaning pochta egalari nomlari, ularning raqamlari va manzillari bilan alifbo tartibida berilgan katalogni yaratishda “Rural Post Service” firmasining ma’lumotnomasini uning roziligisiz ko‘chirib olgan. Ma’lumot olingan “White pages” katalogini nashr etuvchi “Rural Post Service” firmasi mualliflik huquqini buzganligi uchun sudga murojaat qildi.

  1. White pages” katalogini mualliflik huquqi obyekti sifatida tan olish mumkinmi?

  2. Jamlama asar va hosila asarning bir-biridan farqi nimadan iborat?

  3. Mualliflik va turdosh huqularning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilish tartibiga aniqlik kiriting.

  4. Mualliflik va turdosh huquqlarning uchinchi shaxs tomonidan buzlishida qanday javobgarlik mavjud?

  5. Fikrlaringizni milliy va xalqaro huquqiy hujjatlar bilan asoslang.

O‘zbekiston Respublikasi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunining 5-moddasiga muvofiq mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi bo‘lmish fan, adabiyot va san’at asarlariga nisbatan, ularning maqsadi va qadr-qimmati, shuningdek ifodalanish usulidan qat’i nazar, tatbiq etiladi.


Belgilangan talablarga javob beradigan:
asarning mustaqil ravishda foydalanilishi mumkin bo‘lgan qismlari (shu jumladan uning nomi);
hosila asarlar (tarjimalar, ishlanma asarlar, annotatsiyalar, referatlar, muxtasar xulosalar, sharhlar, inssenirovkalar, aranjirovkalar, soddalashtirishlar hamda fan, adabiyot va san’at asarlarining boshqa qayta ishlanmalari);
to‘plamlar (ensiklopediyalar, antologiyalar, ma’lumotlar bazalari) va materiallarning tanlanganligi yoki joylashtirilganligiga ko‘ra ijodiy mehnat natijasi bo‘lgan boshqa jamlama asarlar mualliflik huquqi obyektlari hisoblanadi.
Hosila asar fan, adabiyot va san’at asarining qayta ishlanmasi bo‘lsa, jamlama asar esa materiallarni tanlab olish yoki joylashtirish bilan ifodalanadi.
Abonentlar nomlari, ularning raqamlari va manzillari bilan alifbo tartibida berilgan katalog yozma ko‘rinishdagi jamlama asar hisoblanadi. Katalogdan “Rural Telephone Service” firmasi ruxsatisiz foydalanish mualliflik huquqi buzilishi hisoblanadi.


30-kazus
Havaskor rassom Rajabov muallif Tojiyevning suratlarini do‘kondan sotib olib, bir nechta nusxasini yaratdi va uni sotishga tayyorladi.
Rajabov suratni sotish uchun reklama qilish maqsadida Tojiyevning surati nusxalarini www.olx.uz veb-saytiga joylashtirdi.
Internetda sotuvga qo‘yilgan suratlarini ko‘rgan Tojiyev, Rajabovga murojaat qildi va u tomonidan yaratilgan nusxalar asl suratlardan rang fonining buzilishi bilan farq qilayotganini ko‘rdi. Shundan so‘ng, u ushbu nusxalarni yo‘q qilishni taklif qildi.
Rajabov bu talabga rozi bo‘lmadi va suratni do‘kondan sotib olganini, uni egasi ekanligini va surat egasi sifatida undan har qanday usulda erkin foydalanishi va to‘siqsiz tasarruf etishi mumkinligini aytdi.
Tojiyev sudga murojaat qildi va uning huquqlarini Adabiy va badiiy asarlarni himoya qilish to‘g‘risidagi Bern konvensiyasi bilan tiklashni so‘radi.


  1. Yüklə 492,51 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin