Kazus №1 2006 yil oktabr oyida London sudi italiyalik zara kompaniyasini fransiyalik zargar Paskal Morabitoning yaratgan soxta soatlari



Yüklə 492,51 Kb.
səhifə53/65
tarix07.01.2024
ölçüsü492,51 Kb.
#210133
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   65
V2 intellektual mulk Updated

28-kazus
Ixtirochilar Erkinov (19 yosh) va Ahmadov (14 yosh) “Elektron soat moslamasini quvvatlovchi qurilma” foydali modeli uchun talabnoma topshirishdi. Patent berish haqidagi talabnomaga qo‘shimcha ravishda, talabnoma materiallari mualliflari uni amalga oshirish uchun yetarli darajada to‘liq ochib bergan ishlanma tavsifini ham o‘z ichiga olgan.
Talabnomaga to‘lov to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilindi. Rasmiy ekspertiza davomida mualliflardan yetishmayotgan hujjatlarni topshirish so‘raldi. Tegishli hujjatlar topshirilmaganligi uchun talabnomani ko‘rib chiqish tugatildi. Shu bilan birga Ahmadov patent uchun talabnoma topshirish huquqiga ega emasligi aytib o‘tildi.
Safarov va Nusratov sudga shikoyat bilan murojaat qilishdi.

  1. Foydali model tushunchasiga amaldagi milliy qonunchiligimizga asosan baho bering.

  2. Foydali modelga nisbatan patent olish jarayonini tushuntiring.

  3. Foydali modelga talabnoma tarkibiga qanday hujjatlar kiritilishi kerak?

  4. Ahmadov patent uchun talabnoma topshirish huquqiga ega emasligi sababini tushuntiring?

  5. Fikrlaringizni milliy va xalqaro huquqiy hujjatlar bilan asoslang.

O‘zbekiston Respublikasi “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi Qonunining 14 va 15-moddalariga muvofiq patent berish haqidagi talabnoma Safarov va Nusratovlar tomonidan davlat axborot tizimlari orqali Adliya vazirligiga beriladi. Patent berish haqidagi talabnomalarga belgilangan miqdorda patent boji to‘langanligini yoki patent boji to‘lashdan ozod qilishning yoxud uning miqdori kamaytirilishining asoslarini tasdiqlaydigan hujjat ilova qilinadi. Patent berish haqidagi talabnoma shaxsan, patent vakili yoki ishonchli shaxs orqali topshirilishi mumkin. Mazkur holatda talabnoma Safarov va Nusratovlar, ularning ishonchli shaxsi yoki patent vakili orqali berilishi mumkin.
Foydali model haqidagi talabnoma: 1) foydali modelning muallifi (hammualliflari) va kimning nomiga patent berish so‘ralayotgan bo‘lsa, ana shu shaxs, shuningdek ularning turar joyi yoki joylashgan manzili ko‘rsatilgan patent berish haqidagi arizani; 2) foydali modelning uni amalga oshirish uchun yetarli bo‘lgan darajada to‘liq ochib berilgan tavsifini; 3) foydali modelning mohiyatini ifodalovchi hamda uning tavsifiga to‘la muvofiq bo‘lgan formulasini; 4) agar foydali modelning mohiyatini tushunish uchun zarur bo‘lsa, chizmalar va boshqa materiallarni; 5) foydali model referatini o‘z ichiga olishi lozim. Mazkur holatda So‘fiyev va Nodirovlar tomonidan ushbu hujjatlar to‘liq taqdim etilishi lozim edi. So‘fiyev va Nodirovlar tomonidan belgilangan talablar buzilgan holda rasmiylashtirilgan patent berish haqidagi talabnoma yuzasidan ularga so‘rov yuborilib, unda shu so‘rov yo‘llangan sanadan e’tiboran uch oy ichida tuzatishlar kiritilgan yoki yetishmayotgan materiallarni taqdim etish taklif qilinadi. Safarov va Nusratovlar tegishli hujjatlarni taqdim etishmagan, shu sababli patent berish haqidagi talabnoma chaqirib olingan hisoblanadi. Adliya vazirligining harakatlari o‘rinli.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 27-moddasiga muvofiq o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar ota-onalari, farzandlikka oluvchilar va homiylarining roziligisiz fan, adabiyot yoki san’at asarining, ixtironing yoxud o‘z intellektual faoliyatining qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa natijasi muallifi huquqini mustaqil ravishda amalga oshirishga haqlidir. Nusratovga nisbatan Adliya vazirligining vajlari qonunga zid

Yüklə 492,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin