Kazusdan kelib chiqb asar muallifi qanday huquq va majburiyatlarga ega?
Kontrafakt asar va qalbaki mahsulot tushunchalarining bir-biridan farqi nimada?
“Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunda boy berilgan foydani undirish bo‘yicha qanday norma mavjud?
Sud daʼvogarning so‘rovi mavjudligidan qatʼi nazar, asarning qalbaki (kontrafakt) nusxalarini musodara qilish va yo‘q qilish to‘g‘risida qaror qabul qila oladimi?
22-kazus Taniqli bloger “Yangiliklar.uz” jamiyatini, uning o‘ziga tegishli bo‘lgan fotografiyalaridan www.yangiliklar.uz saytida foydalanganligi sababli sudga berdi. Javobgar “Yangiliklar.uz” jamiyati ushbu fotografiya asarlarida muallif F.I.Sh.ni va uning blogiga havolalarni ko‘rsatganiga qaramay, da’vogar buni yetarli emas deb topgan.
Ushbu holatda muallifning qaysi huquqlari buzilgan?
Fotografiya asarlari mualliflik huquqi obyektlarining qaysi toifasiga kiradi?
O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunida qaysi holatlarda muallifning ruxsatisiz asarlardan foydalanishga ruxsat berilgan?
Bloger maqomiga amaldagi milli qonunchiligimizga asosan baho bering.
Fikrlaringizni milliy va xalqaro huquqiy hujjatlar bilan asoslang.
23-kazus Toshkent shahrida yashovchi fuqaro A. o‘z nomidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi IMAga “Hydro water” nomi ostida mineral suv ishlab chiqarish maqsadida ushbu nomga tovar belgisi olish maqsadida bilan tegishli talabnoma topshirdi. Shu bilan birga, oradan 2 oy o‘tgandan so‘ng Fransiyaning ushbu nomdagi kompaniyasi tomonidan ham “Hydro” tovar belgisiga talabnoma topshirildi. Fransiya kompaniyasi talabnomaga ilova sifatida Fransiyada fuqaro A. talabnomga topshirgan kundan 10 kun oldin milliy talabnoma topshirganligi to‘g‘risida hujjat ilova qilgan. Fuqaro A. o‘z hatti-harakatlarini bir necha yildan beri O‘zbekistonga aynan ushbu mahsulotlarini olib kirayotganligi bilan izohlagan.
Biroq ushbu holatda Vazirlik tomonidan fuqaro A.ning talabnomasi rad etildi.