Kazus №20
Usta va texnolog o‘zlari ishlayotgan korxonada qog‘oz tayyorlashning yangi usulini o‘ylab topib, sanoatda qo‘lladilar. Qog‘oz tayyorlashning yangi usulidan foydalanish 4 oy davom etdi. 4 oydan so‘ng bu usulning katta foyda berishi maʼlum bo‘ldi. Yangi qog‘oz mualliflari maʼmuriyatga bu qog‘ozga ixtiro sifatida patent berishni talab qilishdi. Lekin 2 oy mobaynida javob olmagach, o‘zlarining nomidan buyurtma berdilar.
Mualliflar bu patentni usul uchun ixtiro sifatida emas, balki foydali model sifatida olish maqsadida bo‘ldilar.
Adliya vazirligi ularga bu narsa qonunga zid ekanligini aytib, foydali modelga guvohnoma bermadi.
1. Ixtiroda mualliflik huquqi mavjudmi? Intellektual mulk huquqida hammualliflik institutini tushuntiring.
2. Ixtironing ixtirolilik shartlari qaysilar? Fikringizni asoslang.
3. Foydali modelga patent olish jarayonini tushuntiring.
4. Adliya vazirligining harakatlari qonuniymi?
5. Taraflar Apellyatsiya kengashiga murojaat qilishlari mumkinmi?Jarayonni huquqiy jihatdan tavsiflang.
Bu kazus tepada bor, berilgan .
21-kazus
A ismli shaxs o‘z muallifligidagi “Stol ustida” nomli asari “Taraqqiyot” nomli noshirlik uyi tomonidan noqonuniy ravishda nashr etilayotganligidan xabardor bo‘ldi. A ismli shaxs ushbu holatda o‘z mualliflik huquqlari himoyasini ta’minlash maqsadida sudga tegishli da’vo arizasini kiritdi. Sud “Azbuka” noshirlik uyini aybdor deb topib, unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1771-moddasiga muvofiq, BHMning 3 baravari miqdorida jarima jazosini tayinladi.
Fuqaro A esa ushbu holatdan norozi sifatida o‘zining boy berilgan foydasini ham sud undirib berishi lozimligini ta’kidladi.
Ushbu jarayonda intellektual mulk huquqining qaysi obyektlari haqida fikr yuritilgan, fikringizni huquqiy jihatdan asoslantiring.
Dostları ilə paylaş: |