Kazus №1 2006 yil oktabr oyida London sudi italiyalik zara kompaniyasini fransiyalik zargar Paskal Morabitoning yaratgan soxta soatlari


Tovar kelib chiqqan joy nomi tushunchasiga taʼrif bering?



Yüklə 492,51 Kb.
səhifə57/65
tarix07.01.2024
ölçüsü492,51 Kb.
#210133
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   65
V2 intellektual mulk Updated

Tovar kelib chiqqan joy nomi tushunchasiga taʼrif bering?

  • Tovar kelib chiqqan joy nomiga guvohnoma olish jarayonini huquqiy jihatdan tavsiflang.

  • Tovar kelib chiqqan joy nomi va geografik ko‘rsatkichlar tushunchalarining bir-biridan farqi nimada?

  • O’zgan bug’doyi” tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkinmi?

  • Fikrlaringizni milliy va xalqaro huquqiy hujjatlar bilan asoslang

    O‘zbekiston Respublikasi “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonunining 5-moddasiga muvofiq mamlakat, aholi punkti, joy yoki boshqa jo‘g‘rofiy obyektning tovarni belgilash uchun ishlatiladigan, uning alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur jo‘g‘rofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan nomi tovar kelib chiqqan joy nomi deb e’tirof etiladi. Tovar kelib chiqqan joy nomi huquqiy jihatdan uni ushbu Qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish asosida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ravishda muhofaza qilinadi.


    Tovar kelib chiqqan joy nomi mazkur jo‘g‘rofiy obyektdagi, nomi o‘zlari ishlab chiqarayotgan tovarni belgilash uchun ishlatiladigan bir yoki bir necha yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin.
    Tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazgan shaxs bu nomdan, basharti mazkur shaxs alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur jo‘g‘rofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar yoki boshqa omillar bilan yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan tovarni ishlab chiqarayotgan bo‘lsa, foydalanish huquqini oladi.
    Tovar kelib chiqqan joy nomi bo‘lishi uchun tovarning xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur jo‘g‘rofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanishi, tovar ishlab chiqarlishining barcha bosqichlari tegishli jo‘g‘rofiy obyekt hududida amalga oshirilishi lozim.
    Mazkur kazusda “O‘zgan guruchi” tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi, chunki ushbu mahsulotning alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan tegishli jo‘g‘rofiy obyekt (Farg‘ona viloyati)ga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanmagan. Shuningdek O‘zgan tumani Farg‘ona viloyati hududida joylashmagan. “O‘zgan guruchi” tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida muhofaza qilinmaydi. Shu sababli Adliya vazirligi rad javobi berishi lozim. Qirg‘izistonning O‘zgan viloyatida yashovchi B. ismli shaxs e’tirozi o‘rinli.


    33-kazus
    “Uzfoodexport” tovar belgisi egasi tegishli shartlar bilan litsenziya shartnomasi asosida ushbu belgidan foydalanishni “Cookery” firmasiga o‘tkazdi.
    Oradan ma’lum bir vaqt o‘tgandan so‘ng “Uzfoodexport” tovar belgisi egasi “Cookery” firmasi tomonidan “Uzfoodexport” tovar belgisi nomi ostida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sifati o‘zi tomonidan chiqarilayotgan mahsulotlardan past darajada ekanligini bildirib, ushbu shartnomani bekor qilishga majburligini bildirdi.
    O‘z navbatida “Cookery” firmasi “Uzfoodexport” tovar belgisi egasi bunday e’tiroz bilan unga murojaat qilolmasligini bildirdi.


    1. Yüklə 492,51 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   65




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin