Kazus №1 2006 yil oktabr oyida London sudi italiyalik zara kompaniyasini fransiyalik zargar Paskal Morabitoning yaratgan soxta soatlari


Huquqlarni o‘tkazish shartnomalarini aytib bering



Yüklə 492,51 Kb.
səhifə58/65
tarix07.01.2024
ölçüsü492,51 Kb.
#210133
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   65
V2 intellektual mulk Updated

Huquqlarni o‘tkazish shartnomalarini aytib bering.

  • Uzfoodexport” tovar belgisi egasining talablari qonuniymi?

  • Litsenziya shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini tushuntiring.

  • Ushbu nizo davlat sudi tomonidan ko‘rib hal etilganda, qanday qonun hujjatlari asosida qaror qabul qilinishi mumkin edi?

  • Fikrlaringizni milliy va xalqaro huquqiy hujjatlar bilan asoslang

    O‘zbekiston Respublikasi “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonunining


    30-moddasiga muvofiq tovar belgisiga doir mutlaq huquq bu huquqning egasi tomonidan shartnoma bo‘yicha boshqa shaxsga o‘tkazilishi mumkin.
    Tovar belgisiga doir huquqni boshqa shaxsga o‘tkazishga, basharti u iste’molchini tovar yoki uning tayyorlovchisi xususida chalg‘itadigan bo‘lsa, yo‘l qo‘yilmaydi.
    Tovar belgisidan foydalanish huquqi tovar belgisining egasi (litsenziar) tomonidan litsenziya shartnomasi bo‘yicha boshqa shaxsga (litsenziatga) berilishi mumkin.
    Tovar belgisiga doir huquqni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnoma yoki litsenziya shartnomasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
    Litsenziya shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining “Ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug‘i, tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisiga bo‘lgan huquqlarni berish va litsenziya shartnomalaridan foydalanish, integral mikrosxemalar topologiyasiga bo‘lgan huquqni to‘liq yoki qisman berish, elektron hisoblash mashinalari uchun dasturga, ma’lumotlar bazasiga bo‘lgan barcha mulkiy huquqlarni butunlay yoki qisman o‘zgalarga berish va mulkiy huquqlarni berish to‘g‘risidagi shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 17-iyunda 1481-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan] bilan tartibga solinadi.
    Litsenziya shartnomasida litsenziat tovarlarining sifati litsenziar tovarlarining sifatidan past bo‘lmasligi haqida shart qo‘yilgan bo‘lishi va litsenziar bu shartning bajarilishini nazorat qilishi ko‘rsatilishi lozim. Shartnomada mazkur bandning bo‘lishi majbur ekanligini, shartnoma Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tganligini inobatga olib, “Artel” tovar belgisi egasining talablari qonuniy hamda “Globus” firmasi tomonidan chiqarilayotgan mahsulotlar sifati pastligi litsenziya shartnomasi talablarining buzilishi hisoblanadi.


    34-kazus
    O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga fotograf Shuhratov tomonidan shikoyat ariza topshirildi. Mazkur shikoyatga ko‘ra, fuqaro Shuhratov o‘z suratlaridan xorijda foydalanilganlinini bildirib, o‘zining asarlaridan beruxsat foydalanilganligini qayd etgan. O‘z navbatida rassom Shuhraov o‘z asarlaridan foydalanish huquqini hech kimga bermaganligini aytdi. Biroq keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, Shuhratov o‘z mulkiy huquqlarini to‘liq mahalliy nashriyotga o‘tkazgan, o‘z navbatida ushbu nashriyot xorijiy hamkor bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra asarni mazkur xorijiy davlat tilida chop etish huquqini bergan.


    1. Yüklə 492,51 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   65




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin