Tasviriy san’at asari intellectual mulk huquqi obyektlari doirasigi ahamiyatini amaldagi qonunchiligimizga binoan baholang.
Bu holda mualliflik huquqi buzilishi holati mavjudmi?
Tojiyevning nizoni hal qilishda xalqaro xujjatni qo‘llash to‘g‘risidagi talabi qonuniymi?
Sud qanday qaror qabul qilishi kerak?
Fikrlaringizni milliy va xalqaro huquqiy hujjatlar bilan asoslang.
O‘zbekiston Respublikasi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida” Qonunining 38-moddasiga muvofiq Asarga bo‘lgan mualliflik huquqi asar aks ettirilgan moddiy obyektga bo‘lgan mulk huquqi bilan bog‘liq emas. Moddiy obyektga bo‘lgan mulk huquqini yoki moddiy obyektga egalik qilish huquqini boshqa shaxsga o‘tkazish shu obyektda aks ettirilgan asarga bo‘lgan biron-bir mualliflik huquqining o‘z-o‘zidan boshqa shaxsga o‘tkazilishiga sabab bo‘lmaydi. Binobarin, sotib olingan suratlar moddiy obyekt sifatida baholanib, uni sotib olgan Rustamov suratga nisbatan mualliflik huquqiga ega emas.
Qonunning 23-moddasiga muvofiq tasviriy san’at asarining muallifi asar mulkdoridan o‘z asarlarini takrorlash huquqini (foydalanish huquqini) amalga oshirish imkoniyatini berishni talab qilishga haqlidir. Bunda asar mulkdoridan asarni muallifga yetkazib berishni talab qilish mumkin emas. Tasviriy san’at asariga bo‘lgan mulk huquqining muallifdan boshqa shaxsga (haq evaziga yoki tekin) o‘tishi bu asarning dastlabki sotilishini bildiradi.
Tasviriy san’at asarini oldingi narxdan kamida yigirma foiz yuqori narx bo‘yicha oshkora qayta sotishning (kimoshdi savdosi, tasviriy san’at galereyasi, badiiy salon, do‘kon va hokazo orqali) har bir holatida muallif sotuvchidan qayta sotish narxining besh foizi miqdorida haq olish huquqiga ega (ergashma huquq). Mazkur huquq boshqa shaxsga o‘tkazilmaydi va faqat muallifning qonun bo‘yicha merosxo‘rlariga mualliflik huquqining amal qilish muddatiga o‘tadi.
Asarni takrorlash, asl nusxasini yoki nusxalarini sotish yoki mulk huquqini o‘zgacha tarzda boshqa shaxsga o‘tkazish yo‘li bilan tarqatish, asarni barchaning e’tiboriga yetkazish muallif roziligi bilan amalga oshiriladi. Shu sababli mazkur huquqlarni Rustamov faqat Zokirov ruxsati bilan amalga oshirishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi Bern Konvensiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2004-yil 27-avgustdagi 681-II-sonli Qaroriga asosan qo‘shilgan. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Shu asosda Bahodir Zokirov milliy qonunchilik normalari bilan birgalikda xalqaro hujjat normalariga asoslanishi mumkin.
Mazkur holatda sud tomonidan Bahodir Zokirovning mulkiy huquqlari buzilganligi to‘g‘risida qaror qabul qilinishi maqsadga muvofiq
31-kazus
Plastik buyumlarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan mahalliy tadbirkor Dostonov o‘z mahsulotlariga nisbatan PLASTIC so‘zli tovar belgisini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga talabnoma topshirdi. Adliya vazirligi tomonidan ekspertiza natijalariga ko‘ra, ushbu talabnoma rad etildi. Tadbirkor Sizga ushbu holatdan kelib chiqib, o‘z savollarini yubormoqda:
Dostları ilə paylaş: |