Kazus №1 2006 yil oktabr oyida London sudi italiyalik zara kompaniyasini fransiyalik zargar Paskal Morabitoning yaratgan soxta soatlari


Ixtironing patentga layoqatlilik shartlariga amaldagi qonunchiligimizga asosan baho bering



Yüklə 492,51 Kb.
səhifə63/65
tarix07.01.2024
ölçüsü492,51 Kb.
#210133
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
V2 intellektual mulk Updated

Ixtironing patentga layoqatlilik shartlariga amaldagi qonunchiligimizga asosan baho bering.

  • Patent uchun talabnoma topshirish jarayonini tushuntiring.

  • Qanday holatlarda ixtirodan patent egasi roziligisiz foydalanish mumkin?

  • Ushbu kazusga huquqiy izoh bering.

  • Fikrlaringizni milliy va xalqaro huquqiy hujjatlar bilan asoslang

    O‘zbekiston Respublikasi “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq Quyidagi hollar patent egasi mutlaq huquqining buzilishi sifatida e’tirof etilmaydi:


    O‘zbekiston Respublikasida muhofaza qilinayotgan sanoat mulki obyektlaridan tarkib topgan qurilmalarni Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasi ishtirokchisi bo‘lgan boshqa davlatning transport vositasida mazkur vosita vaqtincha yoki tasodifan O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan vaqtda, basharti bu qurilmalardan faqat mazkur vositaning ehtiyojlari uchun foydalaniladigan bo‘lsa, qo‘llash;
    patentlar bilan muhofaza qilinayotgan sanoat mulki obyektlaridan tarkib topgan vositalar ustida ilmiy tadqiqot yoki tajriba o‘tkazish;
    patentlar bilan muhofaza qilinayotgan sanoat mulki obyektlaridan tarkib topgan vositalarni tabiiy ofatlar, halokatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda holatlarda qo‘llash;
    patentlar bilan muhofaza qilinayotgan sanoat mulki obyektlaridan tarkib topgan vositalarni, agar bu vositalar fuqarolik muomalasiga qonuniy yo‘l bilan kiritilgan bo‘lsa, qo‘llash;
    patentlar bilan muhofaza qilinayotgan sanoat mulki obyektlaridan tarkib topgan vositalarni daromad olmay shaxsiy maqsadlarda qo‘llash;
    dorixonalarda shifokor retsepti bo‘yicha dori vositalarini bir marotabalik tayyorlash.
    Mazkur holatda fuqaro Mahmudovning ixtirosi Fransiyalik sayyohning transport vositasi vaqtincha O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan vaqtda, mazkur vositaning ehtiyojlari uchun foydalanilmoqda, bu esa patent egasi Mahmudovning mutlaq huquqining buzilishi sifatida e’tirof etilmaydi. Mahmudovning talablari noo‘rin.


    39-kazus
    Da’vogar «Gulandom bog’i» kompaniyasi ma’muriy sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Apellyatsiya kengashining 2021-yil 25-maydagi qarorini haqiqiy emas deb topishni so‘ragan.
    Ish hujjatlaridan aniqlanishicha, ushbu kompaniya O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga «Rim choyi» tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma topshirgan. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi talabnomada ko‘rsatilgan tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etgan. Da’vogar vazirlikning qaroridan norozi bo‘lib Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashiga shikoyat bilan murojaat qilgan. Apellyatsiya kengashi ham shikoyatni qanoatlantirishni rad etgan. Ma’muriy sud da’voni qanoatlantirgan hamda Adliya vazirligi va Apellyatsiya kengashi qarorini bekor qilgan.


    1. Yüklə 492,51 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin