Mualliflik va hammualliflik tushunchalariga huquqiy ta’rif keltiring.
10-modda. Mualliflik huquqining yuzaga kelishi. Mualliflik prezumpsiyasi
12-modda. Hammualliflik
Hammualliflikning qaysi turlari qonunda mustahkamlangan?
13-14-modda
Mualliflik sharnomasining huquqiy tabiatini tavsiflang.
Ushbu kazusda hammualliflik vujudga kelganmi?
Muallif A. qanday huquqlarni talab qilishi mumkin?
O‘zbekiston Respublikasi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ikki yoki undan ortiq jismoniy shaxsning birgalikdagi ijodiy mehnati natijasida yaratilgan asarga bo‘lgan mualliflik huquqi, mazkur asar bo‘linmas bir butun yoki har biri ham mustaqil mazmunga ega qismlardan iborat ekanligidan qat’i nazar, hammualliflarga birgalikda tegishli bo‘ladi.
Agar asarning muayyan qismidan uning boshqa qismlariga bog‘liq bo‘lmagan holda foydalanish mumkin bo‘lsa, bu mustaqil mazmunga ega bo‘lgan qism deb e’tirof etiladi.
Hammualliflarning har biri, agar ular o‘rtasidagi kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, asarning o‘zi yaratgan, mustaqil mazmunga ega bo‘lgan qismidan o‘z xohishiga ko‘ra foydalanishga haqlidir.
Hammualliflar o‘rtasidagi munosabatlar, qoida tariqasida, kelishuv asosida belgilanadi. Bunday kelishuv bo‘lmagan taqdirda, asarga bo‘lgan mualliflik huquqi barcha mualliflar tomonidan birgalikda amalga oshiriladi, mualliflik haqi esa ular o‘rtasida teng taqsimlanadi.
Agar hammualliflarning asari bo‘linmas bir butunni tashkil etsa, asardan foydalanishni yetarli asoslar bo‘lmay turib taqiqlab qo‘yishga hammualliflardan hech biri haqli emas.
Asar muallifiga quyidagi shaxsiy nomulkiy huquqlar tegishlidir:
asar muallifi deb e’tirof etilish huquqi (mualliflik huquqi);
asardan muallifning haqiqiy ismi-sharifi, taxallusini ko‘rsatgan holda yoxud ismi-sharifini ko‘rsatmasdan, ya’ni imzosiz foydalanish yoki foydalanishga ruxsat berish huquqi (mualliflik ismi-sharifiga bo‘lgan huquq);
asarni har qanday shaklda oshkor qilish yoki oshkor qilishga ruxsat berish huquqi (oshkor qilishga bo‘lgan huquq), shu jumladan chaqirib olish huquqi;
asarni, shu jumladan uning nomini muallifning sha’ni va qadr-qimmatiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan har qanday tarzda buzib ko‘rsatilishidan yoki har qanday boshqacha tarzda tajovuz etilishidan himoya qilish huquqi (muallif obro‘sini himoya qilish huquqi).
Mazkur holatda A.ning bobi mustaqil mazmunga ega bo‘lgan qism deb e’tirof etiladi va undan A. o‘z xohishiga ko‘ra foydalanishga haqlidir. Hammualliflar va B.ning harakatlari A.ning shaxsiy nomulkiy huquqlarini buzgan.
Kazus №10
1. 2020 yil 15 sentyabrda Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi Karayev O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligiga “Quduqdagi suvning ichki yuzasini tozalash uchun qurilma” ixtirosi uchun talabnoma topshirdi.
2020 yil 2 noyabrda huddi shunday ixtiroga talabnoma Intellektual mulk agentligiga fransuz kompaniyasidan kelib tushdi. Patent berish haqidagi talabnomada fransuz kompaniyasi ushbu talabnoma konvension ustuvorlikka ega ekanligini taʼkidlaydi, chunki dastlab bunday talabnoma bir yarim yil oldin Fransiyada vakolatli davlat organiga topshirilgan edi. Dastlabki talabnomaning nusxasi firmaning talabnoma materiallariga ilova qilinadi. Ushbu sharoitlarni hisobga olgan holda, Intellektual mulk agentligi Karayevga patent berishni rad etdi. Shu bilan birga Karayevga Qozog‘iston Respublikasida tegishli ariza bilan ixtironi patentlash uchun murojaat qilishni tavsiya qilishdi.
Dostları ilə paylaş: |