Kazus №1 2006 yil oktabr oyida London sudi italiyalik zara kompaniyasini fransiyalik zargar Paskal Morabitoning yaratgan soxta soatlari


ZeroVaccine farmatsevtika kompaniyasining harakatlariga huquqiy baho bering



Yüklə 492,51 Kb.
səhifə23/65
tarix07.01.2024
ölçüsü492,51 Kb.
#210133
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   65
V2 intellektual mulk Updated

ZeroVaccine farmatsevtika kompaniyasining harakatlariga huquqiy baho bering.

Patent egasining huquqlari himoya qilinadi. Lekin intellektual mulk sohasidagi xalqaro va milliy hujjatlar lozim bo‘lgan hollarda patent bilan muhofaza qilingan ixtirolardan huquq egasining roziligisiz foydalanishga ruxsat beradi. O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, patentlar bilan muhofaza qilinayotgan sanoat mulki obektlaridan tarkib topgan vositalarni tabiiy ofatlar, halokatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda holatlarda qo‘llash patent egasi mutlaq huquqining buzilishi sifatida e'tirof etilmaydi.

2001 yilda Doha shahrida bo‘lib o‘tgan JSTning vazirlar konferensiyasida «TRIPS bitimi va jamiyat salomatligi bo‘yicha Doha deklaratsiyasi» qabul qilingan. Aynan shu deklaratsiya dori vositalaridan foydalanishga imkoniyat yaratish bo‘yicha «TRIPS bitimining moslashuvchan qoidalari»ning amalda bo‘lishiga sharoit yaratgan. Deklaratsiya qoidalarida fors-major holatlari qatori epidemiya sharoitida daromadi o‘rta va past bo‘lgan mamlakatlarga zarur tibbiyot mahsulotlarini majburiy litsenziya asosida berish qayd etilgan.


Pandemiya holatlarida mamlakatlar dori vositalari va patent olingan ixtirolarga nisbatan huquq egasidan ruxsat olmagan holda majburiy litsenziya berish tamoyilini qo‘llaydi.


ZeroVaccine farmatsevtika kompaniyasining harakatlari bu yerda istisno tariqasida toʻgʻri deb qabul qilinishi mumkin. Chunki mamlakatda epidemiya avj olganligi aytilgan. Muammo Belgiya qonunchiligi asosida hal qilinishi zarur. Agar shunday holat Oʻzbekistonda sodir etilganda, Oʻzbekiston qonunchiligi boʻyicha ZeroVaccine farmatsevtika kompaniyasining harakatlari istisno tariqasida toʻgʻri deb qabul qilinadi.



  1. Epidemiyalar sharoitida muallifning roziligisiz uning patent bilan muhofaza qilinadigan ixtirolaridan foydalanish tartibi qanday?

Yuqorida ham aytilganidek, pandemiya yoki tabiiy ofatlar paytida patent egasining ruxsatisiz ixtirodan foydalanish mumkin. Intellektual mulk huquqida majburiy litsenziyalash tushunchasi mavjud (Compulsory patent licensing).

Yüklə 492,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin