Kazus №1 2006 yil oktabr oyida London sudi italiyalik zara kompaniyasini fransiyalik zargar Paskal Morabitoning yaratgan soxta soatlari



Yüklə 492,51 Kb.
səhifə26/65
tarix07.01.2024
ölçüsü492,51 Kb.
#210133
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   65
V2 intellektual mulk Updated

20-moddaga muvofiq,
Talabnoma beruvchi patent berish haqidagi talabnoma topshirilgan sanadan e’tiboran ikki oy mobaynida talabnomada ko‘rsatilgan sanoat mulki obyektining mohiyatini o‘zgartirmagan holda unga tuzatishlar, aniqliklar yoki qo‘shimcha materiallar kiritish huquqiga ega. Patent berish haqidagi talabnoma bo‘yicha tuzatishlar, aniqliklar yoki qo‘shimcha materiallar patent boji to‘langan taqdirda, ko‘rsatilgan muddat o‘tganidan keyin, lekin Agentlik patent berish haqida qaror qabul qilguniga qadar taqdim etilishi mumkin.
Obyekt mohiyati deganda talabnoma ixtiro uchun berilgan boʻlsa, uni foydali modelga oʻzgartirib boʻlmaydi.
Shu jihatdan mualliflar yana xatolikka yoʻl qoʻyishgan.

  1. Foydali modelning huquqiy tabiatini tahlil qiling.

IXTIROLAR, FOYDALI MODELLAR VA SANOAT NAMUNALARI TO‘G‘RISIDA Qonun:
Agar foydali model sifatida ko‘rsatilgan obyekt yangi bo‘lsa va uni sanoatda qo‘llash mumkin bo‘lsa, u huquqiy muhofaza qilinadi.
Agar foydali modelning muhim belgilari majmui texnika taraqqiyoti darajasidan ma’lum bo‘lmasa, u yangi deb hisoblanadi.
Texnika taraqqiyoti darajasi talabnomada ko‘rsatilgan foydali model amalga oshirishi mumkin bo‘lgan vazifalarni bajara oladigan vositalar haqidagi O‘zbekiston Respublikasida hamma foydalana oladigan barcha ma’lumotlarni, shuningdek ularni qo‘llashga doir ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Foydali model, agar undan amalda foydalanish mumkin bo‘lsa, sanoatda qo‘llash mumkin deb hisoblanadi.

  1. Adliya vazirligining harakatlari qonuniymi?

Bizningcha adliya vazirligining harakatlari toʻgʻri. Chunki mualliflik xatoliklarga yoʻl qoʻyishgan. Shuning uchun ularga talabnoma berish boʻyicha tushuntirish berilsa, maqsadga muvofiq boʻladi
5. Mualliflar qanday asoslarga ko‘ra, Apellyatsiya kengashiga murojaat qilishlari mumkin?
Apellyatsiya kengashi
Agentlikning talabnomada ko‘rsatilgan sanoat mulki obyektlari xususidagi qarori ustidan;
sanoat mulki obyektlariga patent berilganligiga qarshi manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan;
sanoat mulki obyektlari patentlarining haqiqiyligiga qarshi berilgan apellatsiyalarni ko‘rib chiqadi.
Apellatsiya kengashi o‘z vakolatlari doirasida apellatsiyalarning boshqa turlarini ham ko‘rib chiqishi mumkin.
Demak, Adliya vazirligi guvohnama berishdan bosh tortdi deyilmoqda. Patent berish Adliya vazirligi emas, Intellektual mulk departamenti tomonidan amalga oshiriladi. Bunda Intellektual mulk departamenti patent bermaslik boʻyicha qaror chiqargan boʻlsa, ushbu qaror ustidan shikoyat qilishlari mumkin. Lekin ushbu shikoyatga nisbatan ijobiy qaror chiqarilishi dargumon.

Kazus uchun qo’shimcha umumiy javob:


O‘zbekiston Respublikasi “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasiga muvofiq Sanoat mulki obyektining patenti quyidagilarga beriladi:
sanoat mulki obyektining muallifiga (hammualliflariga) yoki uning (ularning) merosxo‘riga (merosxo‘rlariga);
muallif yoki uning merosxo‘ri tomonidan patent berish haqidagi talabnomada yoki sanoat mulki obyekti ro‘yxatdan o‘tkazilgunga qadar Adliya vazirligiga topshirilgan talabnoma beruvchini o‘zgartirish haqidagi arizada ko‘rsatilgan yuridik va (yoki) jismoniy shaxslarga (ularning o‘zi rozi bo‘lgan taqdirda);
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda ish beruvchiga.
Xodim tomonidan o‘z xizmat vazifalarini yoki ish beruvchidan olgan aniq topshiriqni bajarish munosabati bilan yaratilgan sanoat mulki obyektining patentiga bo‘lgan huquq, agar bu hol ular o‘rtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, ish beruvchiga tegishli bo‘ladi. Agar ish beruvchi bilan muallif (hammualliflar) o‘rtasidagi shartnomada bunday qoidalar nazarda tutilgan bo‘lmasa, u holda muallif (hammualliflar) talabnoma topshirish va sanoat mulki obyektining patentini o‘z nomiga olish huquqiga ega bo‘ladi.
Agar ish beruvchi bilan muallif (hammualliflar) o‘rtasidagi shartnomada sanoat mulki ish beruvchiga tegishli bo‘lishi haqidagi qoidalar nazarda tutilgan bo‘lsa va ish beruvchi yaratilgan sanoat mulki obyekti to‘g‘risida muallif (hammualliflar) tomonidan yozma ravishda xabardor qilingan kundan e’tiboran to‘rt oy ichida Adliya vazirligiga patent berish haqidagi talabnomani topshirmasa, patent berish haqidagi talabnomani topshirish huquqidan boshqa shaxs foydasiga voz kechmasa va tegishli obyektni sir saqlash to‘g‘risida muallifga (hammualliflarga) ma’lum qilmasa, u holda muallif (hammualliflar) talabnoma topshirish va o‘z nomiga patent olish huquqiga ega bo‘ladi.
Mazkur holatda usta va texnolog, agar korxona bilan tuzilgan mehnat shartnomasida ixtiro ish beruvchiga tegishli bo‘lishi haqidagi qoidalar nazarda tutilgan bo‘lmasa, o‘z nomlaridan talabnoma topshirish va ixtironing patentini o‘z nomiga olish huquqiga egadirlar.



Yüklə 492,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin