3. Mazkur vaziyatdagi taraflar o‘rtasidagi kelishuv bekor qilinishining yuridik oqibatlari qanday? 4.Farmasevtika kompaniyasiga advokat etib yollanganingizda qanday yuridik maslahat bergan bo‘lar edingiz? 5. Ushbu nizo davlat sudi tomonidan ko‘rib hal etilganda, qanday qonun hujjatlari asosida qaror qabul qilinishi mumkin edi? FK, 1036-modda. Litsenziya shartnomasi Litsenziya shartnomasi bo‘yicha intellektual faoliyat natijasiga yoki xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositaga nisbatan mutlaq huquqqa ega bo‘lgan taraf (litsenziar) boshqa tarafga (litsenziatga) tegishli intellektual mulk obyektidan foydalanishga ruxsatnoma beradi.
Litsenziya shartnomasi beriladigan huquqlarni, foydalanish chegaralari va muddatlarini aniqlashi lozim.
Litsenziya shartnomasi pullik hisoblanadi.
Litsenziya shartnomasi litsenziatga quyidagilarni berishni nazarda tutishi mumkin:
intellektual mulk obyektidan, litsenziarning undan foydalanish huquqi va boshqa shaxslarga litsenziya berish huquqi saqlanib qolgan holda (oddiy nomutlaq litsenziya) foydalanish huquqini;
intellektual mulk obyektidan, litsenziarning undan foydalanish huquqi saqlanib qolgan holda, biroq boshqa shaxslarga litsenziyani berish huquqisiz (mutlaq litsenziya) foydalanish huquqini;
qonunda yo‘l qo‘yiladigan boshqa turdagi litsenziyalarni.
Agar litsenziya shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, litsenziya oddiy (nomutlaq) deb hisoblanadi.
Litsenziyani oluvchi tomonidan intellektual mulk obyektidan foydalanish huquqini boshqa shaxsga berish to‘g‘risidagi shartnoma sublitsenziya shartnomasi hisoblanadi. Litsenziyani oluvchi faqat litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan hollarda sublitsenziya shartnomasi tuzishga haqli.
Qo‘shimcha litsenziatning harakatlari uchun, agar litsenziya shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, litsenziar oldida litsenziat javobgar bo‘ladi.
Kazus №13 Gazeta.uz tahririyati tomonidan o‘z nomiga “gazeta.uz” nomini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha Adliya vazirligiga topshirilgan talabnomasi rad etildi. Bunga asosiy sabab ushbu so‘zlar farqlantiruvchi xususiyatga ega emasligi belgilangan.
O‘z navbatida Gazeta.uz tahririyati vazirlikning ushbu qarorini bekor qilish yuzasidan sudga murojaat qildi.