Kazus №1 2006 yil oktabr oyida London sudi italiyalik zara kompaniyasini fransiyalik zargar Paskal Morabitoning yaratgan soxta soatlari



Yüklə 492,51 Kb.
səhifə30/65
tarix07.01.2024
ölçüsü492,51 Kb.
#210133
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   65
V2 intellektual mulk Updated

Ixtironing ixtirolilik shartlari haqida nimalarni bilasiz?Fikringizni huquqiy asoslang.

  • Patent uchun talabnoma topshirish jarayonini tushuntiring.

  • Intellektual mulk agentligining patent berishni rad etishi asoslimi?

  • Patent berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror bo‘yicha talabnoma beruvchi shaxs Karayev qayerga va qancha muddatda eʼtiroz bildirishi mumkin?

  • Konvension ustuvorlik nima? Fikringizni huquqiy jihatdan asoslantiring.

    O‘zbekiston Respublikasi “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi Qonunining 18-moddasiga muvofiq ixtiro ustuvorligi umumiy qoidaga ko‘ra patent berish haqidagi talabnoma Adliya vazirligiga topshirilgan sanaga ko‘ra belgilanadi. Shu bilan birga ixtiro ustuvorligi Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasi ishtirokchisi bo‘lgan boshqa davlatda (konvensiya ustuvorligi) topshirilgan birinchi talabnoma qayd etilgan sana bo‘yicha, agar mazkur sanadan e’tiboran o‘n ikki oy ichida talabnoma Adliya vazirligiga kelib tushgan bo‘lsa, belgilanishi mumkin. Konvensiya ustuvorligi huquqidan foydalanish istagidagi talabnoma beruvchi o‘zining ana shu istagini talabnomani topshirish chog‘ida ko‘rsatib o‘tishi va (yoki) zarur materiallarni talabnoma topshirilgan sanadan e’tiboran ko‘pi bilan uch oy ichida Adliya vazirligiga taqdim etishi shart.


    Agar ixtiro sifatida ko‘rsatilgan obyekt yangi, ixtirolik darajasiga ega va uni sanoatda qo‘llash mumkin bo‘lsa, u huquqiy muhofaza qilinadi. Ixtironing yangiligini aniqlash chog‘ida birmuncha oldin ustuvorlikka ega bo‘lgan holda topshirilgan va chaqirib olinmagan patent berish haqidagi talabnomalar ham hisobga olinadi.
    Konvension ustuvorlik – bu intellektual mulk obyektini ro‘yxatdan o‘tkazish so‘rab murojaat qilingan dastlabki sana hisobalanib, kutish muddatlari aynan ushbu ustuvorlik bilan bog‘liq sanaladi. Masalan: ixtiro uchun – 12 oy, tovar belgisi uchun – 6 oy.
    Milliy va xalqaro rejim sanoat mulki obyektlarining ekspertizasi va himoyasida qo‘llaniladi. O‘zbekistonda milliy rejim shuningdek, patent bojlariga nisbatan ham tushuniladi.
    Xalqaro patent tushunchasi mavjud emas, amaliyotda xalqaro tizimdan foydalangan holda xorijda huquqiy muhofaza qilish degan tushuncha mavjud.


    Mazkur holatda talabnoma ustuvorligi Latviya firmasi tomonidan Latviyada topshirilgan (2020-yil 2-may) sanasi bilan belgilanadi. Latviya firmasining talabnomasini rad etish qonunga zid. Latviya firmasi Adliya vazirligining qarori ustidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashiga qaror yuborilgan sanadan e’tiboran uch oylik muddat ichida apellyatsiya berishi mumkin. Apellyatsiya kengashi apellyatsiya kelib tushgan sanadan e’tiboran ikki oylik muddat ichida uni ko‘rib chiqishi lozim. Apellyatsiya kengashining qarori ustidan qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran olti oy ichida ma’muriy sudga shikoyat qilinishi mumkin.



    Yüklə 492,51 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   65




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin