Kazus №1 2006 yil oktabr oyida London sudi italiyalik zara kompaniyasini fransiyalik zargar Paskal Morabitoning yaratgan soxta soatlari


G‘oya intellektual mulk obyekti sifatida muhofazaga olinadimi?



Yüklə 492,51 Kb.
səhifə32/65
tarix07.01.2024
ölçüsü492,51 Kb.
#210133
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   65
V2 intellektual mulk Updated

G‘oya intellektual mulk obyekti sifatida muhofazaga olinadimi?

G‘oya intellektual mulk obyekti sifatida muhofazaga olinmaydi. Xususan, “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunning 5-moddasiga ko‘ra, g‘oya mualliflik huquqi obyekti hisoblanmaydi. Intellektual mulk maqomida bo‘lish uchun g‘oya moddiy obyekt sifatida bo‘lishiligi talab etiladi.

  1. Xizmat vazifasini yaratish davomida yaratilgan intellektual mulk obyekti deganda nima tushuniladi?

Xizmat vazifasi yaratish davomida yaratilgan intellectual mulk obyektlariga sanoat mulki obyektlari kiradi.
Asos:
IXTIROLAR, FOYDALI MODELLAR VA SANOAT NAMUNALARI TO‘G‘RISIDA gi Qonun. 10-modda https://lex.uz/docs/-76671#-76674



  1. Kazus yuzasidan intellektual mulk obyektini himoya qilish bo‘yicha da’vo arizasi matnini tayyorlang.

Kazus №12
Fransuz farmasevtika ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish kompaniyasi nou-xau va boshqa fransuz kompaniyasiga patentlangan dori-darmonlarni litsenziya shartnomasi asosida litsenziyaladi. Litsenziyalash to‘g‘risidagi shartnomaga ko‘ra, har qanday nizo BIMT arbitraj qoidalariga muvofiq, uch aʼzolardan iborat arbitraj sudi tomonidan Fransiya qonunlariga muvofiq hal qilinishi kerak. Litsenziat litsenziya to‘lovini to‘lashdan aniq bosh tortgan taqdirda, tadqiqot kompaniyasi arbitraj muhokamasini boshladi.



  1. Intellektual mulk huquqida litsenziya shartnomasining tutgan o‘rni haqida nimalarni bilasiz?

Lisenziya shartnomasi bo‘yicha intellektual faoliyati natijasiga yoki xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositalarga nisbatan mutlaq huquqqa ega bo‘lgan taraf (liseneiar) boshqa tarafga (lisenziatga) tegishli intellektual mulk obyektidan foydalanishiga ruxsat beriladi. (FK 1036-modda)


Litsenziya shartnomasi intellektual mulk obyektlaridan uchinchi shaxslarning rasman foydalanishiga imkon beruvchi muhim fuqarolik huquqiy vositasi hisoblanadi. Litsenziya shartnomasi bo‘yicha intellektual faoliyat natijalariga yoki individuallashtirish vositalariga nisbatan mutlaq huquq egasi bo‘lgan bir taraf (lisenziar) ikkinchi tarafga (lisenziatga) intellektual mulkni tegishli ob’yektidan haq evaziga foydalanishga ruxsat beradi. Bu jarayonda ikki taraf alohida e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan jihat lisenziya shartnomasi beriladigan huquqlarni, foydalanish uchun chegara va muddatlarni belgilash hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Intellektual mulk ob’yektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida intellektual mulk obyektlarining litsenzion shartnomalar asosida Intellektual mulk agentligi ro‘yxatidan o‘tkazilishi va tijoriylashtirilishini qo'llab-quvvatlash belgilangan.
Litsenziya shartnomasi intellektual mulk ob’yektlarini tijoriylashtirishda qo‘llanadigan usullardan biri sanaladi. Misol uchun, bir ilmiy tadqiqot instituti qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun uskuna yaratdi. Uskunani tijoriylashtirish va keng ishlab chiqarish maqsadida bir korxona bilan lisenziya shartnomasi tuzish mumkin. Korxona yoki tadbirkor o‘zining intellektual mulkini boshqarish tizimini yaratishga muvaffaq bo‘lsa, intellektual mulk ob’yekti korxona uchun qimmatli nomoddiy aktivga aylanishi mumkin. Tabiiyki, intellektual mulkning nomoddiy aktivlar mavjudligi korxonaning investisiyaviy jozibadorligini oshiradi.
Tijoriylashtirish jarayonida intellektual mulk ob’yektlarining egalari va ushbu intellektual mulkdan foydalanuvchi shaxslar ishtirok etadi. Yana bir muhim jihat, intellektual mulk ob’yektidan foydalanmoqchi bo‘lgan manfaatdor taraf huquq egasiga intellektual mulk obyektidan foydalanish istagini bildirsa va huquq egasi rozi bo‘lsa, litsenziya shartnomasi tuziladi.


  1. Yüklə 492,51 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin