Kazus №1 2006 yil oktabr oyida London sudi italiyalik zara kompaniyasini fransiyalik zargar Paskal Morabitoning yaratgan soxta soatlari



Yüklə 492,51 Kb.
səhifə28/65
tarix07.01.2024
ölçüsü492,51 Kb.
#210133
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   65
V2 intellektual mulk Updated

Rassom O. qanday daʼvolarni keltirishi mumkin?

  • Sud qanday qaror qabul qilishi kerak?

  • Sud daʼvogarning so‘rovi mavjudligidan qatʼi nazar, asarning qalbaki (kontrafakt) nusxalarini musodara qilish va yo‘q qilish to‘g‘risida qaror qabul qila oladimi?

    Javob: O‘zbekiston Respublikasi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasiga muvofiq tasviriy san’at asarining muallifi asar mulkdoridan o‘z asarlarini takrorlash huquqini (foydalanish huquqini) amalga oshirish imkoniyatini berishni talab qilishga haqlidir. Bunda asar mulkdoridan asarni muallifga yetkazib berishni talab qilish mumkin emas.


    Tasviriy san’at asariga bo‘lgan mulk huquqining muallifdan boshqa shaxsga (haq evaziga yoki tekin) o‘tishi bu asarning dastlabki sotilishini bildiradi.
    Tasviriy san’at asarini oldingi narxdan kamida yigirma foiz yuqori narx bo‘yicha oshkora qayta sotishning (kimoshdi savdosi, tasviriy san’at galereyasi, badiiy salon, do‘kon va hokazo orqali) har bir holatida muallif sotuvchidan qayta sotish narxining besh foizi miqdorida haq olish huquqiga ega (ergashma huquq). Mazkur huquq boshqa shaxsga o‘tkazilmaydi va faqat muallifning qonun bo‘yicha merosxo‘rlariga mualliflik huquqining amal qilish muddatiga o‘tadi.
    Mazkur holatda sud “fuqaro K.ning talablari noo‘rin bo‘lib, rassom O. fuqaro K.dan o‘z asarlarini takrorlash huquqini (foydalanish huquqini) amalga oshirish imkoniyatini berishni talab qilishga haqlidir” xulosaga kelishi lozim. Bundan tashqari suratni oldingi narxdan kamida yigirma foiz yuqori narx bo‘yicha oshkora qayta sotishning (kimoshdi savdosi, tasviriy san’at galereyasi, badiiy salon, do‘kon va hokazo orqali) har bir holatida rassom O. fuqaro K.dan qayta sotish narxining besh foizi miqdorida haq olish huquqiga ega.


    Kazus №9
    Mualliflar jamoasi tomonidan “Tadbirkorlik huquqi” darsligini tayyorlashda har bir muallif alohida bo‘lim yozishi kerak edi. Darslik mualliflaridan biri A. besh bobdan iborat bo‘lim tayyorladi. Darslikni nashr etgandan so‘ng u bilan kelishmasdan uning bo‘limiga yana ikkita bob kiritilganligini aniqladi. Shu bilan birga, muallif A. ismining yonidagi tarkibiy qismida muallif B.ning ismi bor edi, bu ikkala hammuallifning ushbu bo‘limni tayyorlaganliklari haqidagi taassurotni keltirib chiqardi.




    1. Yüklə 492,51 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   65




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin