Kazus №1 2006 yil oktabr oyida London sudi italiyalik zara kompaniyasini fransiyalik zargar Paskal Morabitoning yaratgan soxta soatlari


Tovar belgisiga talabnoma topshirish jarayonini tushuntiring



Yüklə 492,51 Kb.
səhifə35/65
tarix07.01.2024
ölçüsü492,51 Kb.
#210133
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   65
V2 intellektual mulk Updated

Tovar belgisiga talabnoma topshirish jarayonini tushuntiring.

https://lex.uz/docs/-24925
8-modda. Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatga olish uchun talabnoma berish
Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan (bundan buyon matnda talabnoma beruvchi deb yuritiladi) Agentlikka davlat axborot tizimlari orqali beriladi.
Jamoaviy belgini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar birlashmasi nomidan birlashma qatnashchilarining jamoaviy belgidan foydalanish to‘g‘risidagi kelishuviga muvofiq beriladi.
Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma berilgandan so‘ng Agentlik ushbu talabnoma haqidagi ma’lumotlarni o‘z rasmiy veb-saytiga bir ish kuni ichida joylashtiradi.
Talabnoma haqidagi ma’lumotlar rasmiy veb-saytga joylashtirilgandan so‘ng manfaatdor shaxslar Agentlikka tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun nohalol topshirilgan arizalar haqidagi yozma e’tirozlarini taqdim etishlari mumkin;
Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma berilgan sana mazkur talabnoma Agentlikka kelib tushgan sanaga qarab belgilanadi.
Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma, agar unda bir necha tovar ko‘rsatilgan bo‘lsa, talabnoma beruvchining iltimosnomasiga ko‘ra dastlabki talabnoma berilgan sana saqlangan holda ikki yoki bir necha talabnomaga ajratilishi mumkin.
Ilgari O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasiga ko‘ra muhofaza qilingan tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma Agentlik tomonidan belgilangan tartibda beriladi


  1. Yüklə 492,51 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin