48-MAVZU YORUG‘LIKNING TO‘G‘RI CHIZIQ BO‘YLAB TARQALISHI. SOYA VA YARIM SOYA Yorug‘likning tarqa
lishini o‘rganish uchun quyidagi tajribani ko‘-
raylik. Yorug‘lik manbai (M) va ekran (E) ora
lig‘iga birorta to‘siq
(T) qo‘yaylik (103-a rasm). Shunda ekranda to‘siq hosil qilgan soyani
ko‘ramiz. Agar manba (M) bilan ekran oralig‘iga tirqishi bor to‘siqni
(TT) qo‘ysak, ekranda tirqish shakliga mos yorug‘ dog‘ni ko‘ramiz
(103-b rasm). Soya chetlaridan to‘siqqa tomon chiziqlar tushirsak,
ular manbada uchrashadi. Shunday hol yorug‘ dog‘ va tirqish orqali
to‘g‘ri chiziq o‘tkazilsa ham kuzatiladi. Bundan yorug‘lik to‘g‘ri chiziq
bo‘ylab tarqaladi, degan xulosaga kelamiz. Shunga ko‘ra yorug‘likni
nur deb ham ataladi. Matematikada ba’zan to‘g‘ri chiziqni chizishda «nur
o‘tkazaylik» degan iborani ham ishlatishadi.
a)
b)
103-rasm.
M M T TT E E S 1
S 2
a)
b)
104-rasm.
135
104-rasmda buyum orqasida hosil bo‘lgan soyani qaraylik.
Soyaning o‘rta qismi to‘la qorong‘i, chet qismi esa nimqorong‘i.
Shunga ko‘ra to‘la qorong‘i qismini