Belgisi-As elektron konfiguratsiya KLM 4s24p3. Tabiiy mishyakning faqat bitta izotop 75 As bor. Mishyakning bir necha radiaktiv izotplari olingan bo’lib, ulardan 75 As ( yarim yemrilish davri 26,8 kun) nishonli atom sifatida ishlatiladi.
Miahyakning As 2 S3 va A s4 S4 tarkibli birikmalardan qadimgi zamonlardan beri odamlar bo’yoq va dori – darmon tayyorlash uchun foydalanishgan. Mishyakning mustaqil kimyoviy element ekanligini dastlab 1789 yilda Lavuaze isbot qilgan. “ Arsenik” yunoncha “kuchli” demakdir.
Uning eng muhim minerallari jumlasiga arsenopirit – Fe As S, mishyak pireti Fe As 2, realgar – As4S4, aurepikment – As2 S3 lar kiradi.
Oqar suvda ham juda oz miqdorda mishyak birikmalari bo’ladi.
Mishyak minerallari Shvetsiyada, Norvegiyada, Rossiya va boshqa MDX da ( Sharqiy Sibir, O”zbekiston) va boshqa mamlakatlarda uchraydi.
Olinishi. Mishyak minerallaridan va polimetall sulfite rudalaridan avval As2 O3 hosil qilinadi; so’ngra uni koks bilan qaytariladi:
2As2O3 +3C→As4+3CO2 Undan tashqari arsinapiretni kuydirish bilan ham mishyak olinadi:
4FeAsS→As4+4FeS Bug’ holida фокфдши chiqqan mishyak sovutib qattiq holga o’tkaziladi.
Mishyak olishda va u bilan ishlashda xavfsizlik texnikasiga alohida ahamiyat berish kerak. Mishyak birikmalari oshqozon shirasida erib, odamno zaxarlaydi. Shuning uchun oz miqdordagi mishyak birikmalari bilan ishlashda germetik apparatura, yaxshi ventilyatsiya, ko’zoynak, maxsus kiyim, qo’lqop va tibbiy nazorat joriy etiladi.
Mishyak bir necha alltropik shakl o’garishlari hosil qiladi, ulardan muhimi 3 ta:
α – mishyak yoki kulrang metallsimon mishyak, uning zichligi 5,7 g.sm -3. Elektron tokini yomon o’tkizadi, mo’rt, sublimatsiyaladi. 633° C da bug’ bosimi 101,325k Пa, 817°C va 3,6 m Пa bosimda suyuqlanadi. Kulrang mishyak yarim o’tkazgich xossalarini namoyon qiladi.
β – Mishyak qora rangli amorf modda, uning zichligi 4,7 gsm-3.
γ - Mishyak sariq tusli modda, uning zichligi 2,08 g.sm-3; Bu modda xuddi oq fosforga o’xshab , mishyak bug’lari tez sovuganda hozil boladi. Sariq mishyak 285° C yoki yorug’lik ta’sirida kulrang mishyakga aylanadi. Qora mishyak qora fosfor kabi kristallanadi.
Mishyakning molekulalari bug’ holatda As4 dan iborat.Yuqori temperaturada mishyak bog’i malekulalari ikki atomlidir, chunki u dissatsiyalanadi: