O’to-arsenat kislota H3AsO4 o’rtacha kuchga ega bo’lgan uch negizli kialotadir. Uning uchun K=5,6·10-3, K2=1,7·10-7 vaK3=3·10-12. o’rto- arsenat kislota kislotali muhitda oksidlovchi xossalarini namoyyon qiladi, masalan, K1 dan I2ga qadar oksidlaydi:
AsO4+2I +2H→AsO3+I2=H2O
Bu reaksiyaning muozanati kislotali muhitda keskin o’ng tamonga siljiydi, neytral va ishqoriy muhitda aksincha, chap tamonga siljiydi.U holda arsenit arsentga qadar oksidlanadi.
.Mishyakning sulfitlari
Mishyak oltin gugurt bilan As2S3, As2S5, As4S4 hosil qiladi. Mishyak (III)sulfit As+3 ga eritma orqali kislota muhitda H2S o’tkazish natijasida cho’kma holida bo’ladi :
2As+3+3H2S ·As2S3 +6H+
Cho’ktirib olingan mishyak (III) sulfite suvda, kislotalar ( xatto konsentrlangan HCLda) eritmasligi sababli bu modda zaharsizdir.Mishyak (III) sulfit bug’lari As4S6 tarkibli dimmer molekulalardan iborat.
Mishyak (III) sulfit ishqoriy va ishqoriy yer metallarning sulfitlari eritmasida yaxshi eriydi. Ishqor eritmalarida As2S3 eriganda AsO2S3- va AsOS2 tarkibli okso- tioarsenitlar hosil bo’ladi;
6NaOH +As2O3→ Na3AsO2S+3H2O+Na3AsOS2
Ishqoriy metalarning sulfitlari eritmalarida As2S3 tioarsenitga aylanadi:
As2O3 +3K2S→2KAsS3
Tioarsenitlar kislota ta’sirida parchalanib , As2S3, H2S ajralib chiqaradi.
Realgar As4S4 tabiatda qizg’ich –kovok rangli monoqlihik kristallar holida uchraydi. Uni mishyak (III) oksidni oltingugurt bilan qizdirish orqali ham olish mumkin.. U 450°C da parchalanmasdan bug’lanadi:
Realgarning selitra bilan aralashmasi oq nur tarqatib yonadi, shu sababli realgar mushyakbozlikda ishlatiladi.
Mishyak(V) sulfidAs2S5 (aslida AS4S10)sariq rangli qattiq modda. Kuchsiz kislota qo’ahilgan arsenatlar eritmasigaH2S g’azi yuborilgan sariq cho’kma holida hosil bo’ladi. Agar eritmada kislota ko’p bo’lsa, besh valentli mmishyak qisman qaytarilib uch valentli holatga o’tishi mumkin. U holda As2S5 bilan As2S3 ning aralash cho’kmasi hosil bo’ladi. As2S5 qizdilisa, As2S3 ga ajraladi. As2S5 ishqoriy metallarning sulfidlari va ammoniy sulfide eritmasida erib tearisenatlarga aylandi:
As2S5 +3Na2S→2Na3AsS4
Tearisenatlarga muofiq keldigan tearisenit kislota H3AsS4 beqarar moddadir. Shuning uchun tearisenatlar kislotalar ta’sirida parchalanadi.