Olinishi.Sur’mani olish uchun Sb2S3 ni havoda qizdirib, hosil bo’lgan oksid pista ko’mir (koks)bilan qaytariladi:
Sb2S3+5O2=Sb2O4+3SO2; Sb2O4+4C=2Sb+4CO
Sur’ma yaltirog’i temir bilan qizdilinganda sur’ma hosil bo’ladi:
Sb2S3+3Fe=3FeS+3Sb
Sur’ma ikki shakl o’zgarishda mavjud bo’lib, ulaning biri metal holda, ikkinchisi esa metallmas ko’rinishga ega. Usariq rangli, nihoyatda beqaror bo’lgani uchun sur’ma deganda faqat metalsimon modifikatsiyasini tushunish kerak. Sur’ma kumush kabi oqish metal; u mo’rt , uni suyuqlanish temperaturasi 630,5°C, qaynash temperaturasi 1635°C. Ionlanish potentsiali I=8,64Э B; metal holda atom radiusi o,161 nm, Sb5+ion radiusi0,062 nm. Sur’ma elektr tokini yamon o’tkazadi . Sur’ma elektromanfiylik jadvalda metallar jumlasiga kiritilgan bo’lsa ham, kimyoviy jihatdan unda metal xossalari yaqqol ifodalangan emas. Standart elektrot patensiali (E0 =0,2 B)musbat qiymatga ega. Sur’maodatdagi temperaturada havoda barqaror modda ; lekin 500-600°C da qizdirilganda yonib oq rangdali Sb2O3 hosil qiladi. Sur’ma galagenlar bilan SBCL3, SbBr3, SbI3, SbF3, SbCL5, SbF5 hosil qiladi. Xlor to’ldirilgan silindrga surma kukuni solinsa, odatdagi temperaturadayoq xlorda yonadi .
Sur’ma S va Se bilan qizdirilganda Sb2S3 vaSb2Se3 hosil bo’ladi.
Sur’ma azot bilan reaksiyaga kirishmaydi; ko’pchilik metallar bilan qotishmalar hosil qiladi. Tarkibida 72,7%Pb, 20%Sb, 7,3%Sn tutgan qotishma matbaa qotishmasi nomi bilan mashhur.
Aktiv metallarning sur’mali qotishmalarida o’sha metal bilan sur’ma orasida inter metal birikmalar hosil bo’ladi. Xatto Ni,Ag,Sn ham sur’ma bilan inter metal birikmalar hoail qiladi.
Suv odatdagi sharoitda sur’maga ta’sir etmaydi. 500°Cdan yuqorida suv bug’I sur’mani asta –sekin oksdlaydi. Xlarit kislota va suyultirilgan sulfat kislota sur’maga ta’si etmaydi. Agar sur’ma konsentrlangan sulfat kislota bilan qizdirilsa, erib ketadi:
2Sb+5HNO3→Sb2(SO4)3+3SO2+6H2O
Konsentrlangan va suyultirilgan HNO3 sur’mani oksidlab 3, xatto 5valentli holatga o’kazadi:
Sb+5HNO3=HSbO3+5NO2+2H2O
Sur’ma o’z birikmalarida +3 va +5 oksidlanish darajasini namoyyon qiladi. 5valentli sur’ma birikmalari kislotali muhitda oksidlovchi xossalariga ega.