Kelishildi” toshkent tibbiyot akademiyasi rektori, t f. d., professor A. K. Shadmanov



Yüklə 40,19 Kb.
səhifə8/9
tarix12.10.2023
ölçüsü40,19 Kb.
#154939
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1. Djanayev G\' 2-xulosa

Ilmiy yangilikning ahamiyati: tajriba sichqonlarida ko‘mir bilan to‘ldirilgan ichakning uzunligiga nisbatan (27,8±1,1 sm) ichakning umumiy uzunligi (59,8±1,3 sm) 46,5% ni tashkil qilgan bo‘lsa, lesboxolni profilaktik 25 mg/kg dozada olgan hayvonlarda faollashtirilgan ko‘mir bilan to‘ldirilgan ichakning uzunligi 59,2% ga tengligi aniqlandi. Demak, ichakning tranzit ko‘rsatkichi nazoratga nisbatan 27,3 foizga oshgan. Lesboxol dori vositasining dozasini ikki barobar oshirish tranzit ko‘rsatkichlarning yanada oshishiga olib keldi (39,8%).
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Sogʻliqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi tomonidan 22.08.2022-yil №8n-r/884-son bilan tasdiqlangan.Tajribada ilmiy tadqiqot natijalari Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Tibbiy va biologik kimyo, tibbiy biologiya, umumiy genetika kafedrasining ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi amaliy faoliyati bo‘yicha 27.06.2023 yildagi 270-sonli buyruq hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademik S.Yu.Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi institutining Farmakologiya va toksikologiya bo‘limi bo‘yicha 01.06.2023 yildagi 04/02-27-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tajribada lesboxol me’daning motor-evakuator funksiyasini kuchaytirishi, ovqat hazm qilish a’zolarining funksional holatini yaxshilashi va prokinetik samarali ta’sir ko‘rsatishi isbotlanganligi me’da ichak trakti disfunksiyasini davolanish yangi usullarini ishlab chiqishda va davolashda qo‘llash imkonini beradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taqdim qilingan yangi vosita bilan davolashning tavsiya etilgan taktikasi samaradorligi ma’lum prokinetik vositalar bilan solishtirganda davolanish xarajatlarining kamaytiradi.
Xulosa: Tajribada mahalliy o‘simliklardan olingan lesboxol dori vositasining prokinetik ta’siri isbotlandi. Lesboxol dori vositasini klinik amaliyotga tatbiq etilishi gastropatiya bilan og‘rigan bemorlarni davolanish mablag‘larini iqtisod qilishga imkon beradi.
Djanayev G‘ayrat Yusupovichning “Me’da shilliq qavati jarohatlanishlarida lesboxolning samaradorligi” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022- yil 10- sentyabrdagi 03/3191 - sonli xati yuborilgan.



Yüklə 40,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin