“TASDIQLAYMAN” TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI Muvofiqlashtiruvchi Еkspert kengashi raisi, t.f.d. professor ____________________ X.S. AXMEDOV “____” ________________________ 2023-y.
Tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini (14.00.17 – Farmakologiya va klinik farmakologiya) olish uchun “Meʼda shilliq qavati jarohatlanishlarida lesboxolning samaradorligi” mavzusidagi dissertatsiya tadqiqoti natijalarining amaliyotga joriy qilinganligi to‘g‘risida
1-ILMIY YANGILIK Ilmiy yangilikning mohiyati: tajribada ilk bor gastropatiyaning turli modellarida yangi lesboxol dori vositasining me’da shilliq qavatini himoyalovchi ta’siri isbotlandi, me’da shilliq qavatini himoyalovchi xususiyati bo‘yicha tijorat dori vositasi mizoprostol hamda rebamipiddan qolishmasligi, uning profilaktik va optimal davolovchi miqdorlari asoslangan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: tajribada olib borilgan eksperimental tadqiqot natijalari me’da shilliq qavatini himoyalovchi ta’sirga ega bo‘lgan yangi dori vositasini klinik sinovdan o‘tkazish va ishlab chiqishga asos bo‘ladi.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Sogʻliqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi tomonidan 22.08.2022-yil №8n-r/884-son bilan tasdiqlangan.Tajribada ilmiy tadqiqot natijalari Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Tibbiy va biologik kimyo, tibbiy biologiya, umumiy genetika kafedrasining ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi amaliy faoliyati bo‘yicha 27.06.2023 yildagi 270-sonli buyruq hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademik S.Yu.Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi institutining Farmakologiya va toksikologiya bo‘limi bo‘yicha 01.06.2023 yildagi 04/02-27-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan.