Kelishildi” toshkent tibbiyot akademiyasi rektori, t f. d., professor A. K. Shadmanov


Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi



Yüklə 40,19 Kb.
səhifə3/9
tarix12.10.2023
ölçüsü40,19 Kb.
#154939
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1. Djanayev G\' 2-xulosa

Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Sogʻliqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi tomonidan 22.08.2022-yil №8n-r/884-son bilan tasdiqlangan.Tajribada ilmiy tadqiqot natijalari Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Tibbiy va biologik kimyo, tibbiy biologiya, umumiy genetika kafedrasining ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi amaliy faoliyati bo‘yicha 27.06.2023 yildagi 270-sonli buyruq hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademik S.Yu.Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi institutining Farmakologiya va toksikologiya bo‘limi bo‘yicha 01.06.2023 yildagi 04/02-27-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yangi dorivor o‘simliklar quruq ekstrakti lesboxolni me’da shilliq qavatini shikastlanishlarining oldini olishda va davolashda tavsiya etishga, mamlakatimizda yangi mahalliy me’da shilliq qavatini himoyalovchi dori vositalarining arsenali kengayishiga imkon beradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tajribada lesboxol dori vositasi me’da shilliq qavati shikastlanishlarining profilaktikasi va terapiyasida tijoriy dori vositasi mizoprostoldan samarali, rebamipidga esa deyarli teng gastroprotektiv ta’siri isbotlandi. Natijada yangi lesboxol dori vositasi bilan davolashning tavsiya etilgan taktikasi samaradorligi ma’lum gastroprotektiv vositalar bilan solishtirganda farmakoterapiya narxining pasayishi bilan tasdiqlanadi. Lesboxol mahalliy o'simliklardan olinadi va sintetik misoprostol va rebamipidlarga qaraganda ancha tejamkor. Xususan, mizoprostol bilan kunlik farmakoterapiya har bir bemor uchun 9000 so‘m, rebamipid uchun 6000 so‘m. Misoprostol va rebapimid bilan 14 kunlik davolash kursi mos ravishda 126 000 va 84 000 so‘mni tashkil qiladi. Taklif etilayotgan yangi mahalliy mahsulot lesboxol uchun bu 1 kunlik va 14 kunlik davolash kurslari uchun mos ravishda 2 000 va 28 000 so‘mni tashkil etadi. Binobarin, yangi dori oshqozon yarasini davolash va oldini olishda amaliyotda keng qo‘llaniladigan misoprostol va rebapimidga nisbatan bemorlarning farmakoterapiya xarajatlarini 98 ming va 56 ming so‘mga tejash imkonini beradi. Taqdim qilingan yangi vosita bilan davolashning tavsiya etilgan taktikasi, samaradorligi ma’lum gastroprotektiv vositalar bilan solishtirganda davolanish uchun ajratilgan mablag‘ni tejash imkonini beradi.
Xulosa: Tajribada taqdim qilingan yangi dori vosita bilan davolash tavsiya etilgan taktika samaradorligi ma’lum gastroprotektiv vositalar bilan solishtirganda farmakoterapiya narxining pasayishiga imkon beradi.
Djanayev G‘ayrat Yusupovichning “Me’da shilliq qavati jarohatlanishlarida lesboxolning samaradorligi” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022- yil 10- sentyabrdagi 03/3191 - sonli xati yuborilgan.


3-ILMIY YANGILIK

Yüklə 40,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin