Toshkent tibbiyot akademiyasi, 14.00.17 – Farmakologiya va klinik farmakologiya ixtisosligi tayanch doktoranti (PhD) Djanayev G‘ayrat Yusupovichning tibbiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Meʼda shilliq qavati jarohatlanishlarida lesboxolning samaradorligi” mavzusidagi dissertatsiya tadqiqoti natijalarining amaliyotga joriy qilinganligi toʻgʻrisida muhokama qilish va tasdiqlash. Ilmiy rahbar: b.f.d., professor M.J.Allayeva
Kengash eksperti t.f.d., dotsent Z.A.Muminova, tomonidan dissertatsiya tadqiqoti natijalarining Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Tibbiy va biologik kimyo, tibbiy biologiya, umumiy genetika kafedrasining ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademik S.Yu.Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi institutining Farmakologiya va toksikologiya bo‘limi amaliyotiga joriy qilinganligi toʻgʻrisida oʻqib eshittirildi va muhokamasi boʻlib oʻtdi.
Qaror qilindi:
Toshkent tibbiyot akademiyasi, 14.00.17 – Farmakologiya va klinik farmakologiya ixtisosligi tayanch doktoranti (PhD) Djanayev G‘ayrat Yusupovichning tibbiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Meʼda shilliq qavati jarohatlanishlarida lesboxolning samaradorligi” mavzusidagi dissertatsiya tadqiqoti natijalarining amaliyotga joriy qilinganligi toʻgʻrisida xulosa tasdiqlansin.