26-mavzu. Kompleksonometrik titrlashning bilvosita va bevosita usullari
Kompleksonometrik titrlashga misollar: bilvosita va bevosita kompleksonometrik titrlashlar. Kompsonometrik titrlashning amaliyotda qo‘llanilishi. Suvning qattiqligini aniqlash.
27-mavzu. Cho‘ktirish reaksiyasi asosida titrlash.
Titrlash egriligini tuzish. Titrlash aniqligiga adsorbilanish hodisasining ta’siri. Titrlash egrisi tavsifiga cho‘kma eruvchanligi, konsentratsiya va haroratning ta’siri. Indikatorlar.
28-mavzu. Cho‘ktirish reaksiyasi asosida titrlash usullari va xatoliklari.
Titrlash xatoliklari. Folgard, Mor, Fayans usullari. Titrlashning amaliyotda ishlatilishi.
29-mavzu. Optik analiz usullari.
Elektromagnit nurlanish spektri: uning asosiy tavsiflari (to‘lqin uzunligi, chastota, to‘lqin soni, nurlanish oqimi, intensivligi va hok.) Spektrning ultrabinafsha, ko‘rinuvchan va infraqizil sohalari. Atomlar spektri. Atom-spektroskopik analiz usullari. Energetik o‘tishlar. Elektron o‘tish ehtimolligi. Spektral chiziqlar va miqdoriy analiz. Nur energiyasini monoxromatlash usullari. Spektral usullarning sinflanishi. Molekulyar spektr. Spektrofotometriya va fotometriya. Metodlarning mohiyati. Fotometrik usulda ishlatilishi mumkin bo‘lgan reaksiyalar. Buger-Lambert-Ber qonuni. Asosiy spektrofotometrik tavsiflar. Spektrofotometrik reaksiyaning optimal sharoitlarini tanlash. Spektrofotometriya usulining qo‘llanilish sohalari. Konsentratsiyani aniqlash usullari. Nur qo‘zg‘atish manbalari.
Dostları ilə paylaş: |