3- mavzu. Uglevodorodlar
Alkanlar. Alkanlarning gomologik qatori, nomlanishi va izomeriyasi. Alkil radikallar. Radikallarning barqarorligi. Giperkonyugatsiya. Alkanlarni olish usullari. Alkanlarni sintez qilishning zamonaviy usullari: Kori-Xaus, kross-birikish va boshqalar. Alkanlarning fizik-kimyoviy xossalari. Alkanlardagi radikal-zanjir almashinish reaksiyasi mexanizmlari haqida umumiy tushunchalar: galogenlash, sulfoxlorlash, sulfooksidlash, nitrolash, oksidlash reaksiyalari. Nitrolash, sulfoxlorlash reaksiyalarining o‘ziga xos tomonlari. Alifatik qator uglevodorodlarini galogenlash. Ftorlash, xlorlash, bromlash va yodlash usullari. Monogalogenlash reaksiyalari. Galogenlovchi agentlar.AAlkanlarni galogenlash reaksiyalarining energetik diagrammasi. Alkanlardagi elektrofil almashinish reaksiyalari. Alkanlarning radikal va elektrofil almashinish reaksiyalari qonuniyatlari. Alkanlar asosida optik faol birikmalar olish. Alkanlar stereokimyosi. Alkanlar va ular hosilalarining ishlatilishi. Organik birikmalarning tabiiy manbalari.
Alkenlar. Alkenlarning nomlanishi, izomeriyasi. Geometrik izomeriya. E, Z nomenklatura. Qo‘sh bog‘ni hosil qilish usullari. Vittig reaksiyasi. Alkenlarning samarali olinish usullari. Alkenlarning reaksiya mexanizmlari haqida tushunchalar. Alkenlarni gidrogenlash. Alkenlarga elektrofil birikish. Anti birikish kontsepsiyasi. AdE2 va AdE3 mexanizmdagi reaksiyalar. Elektrofil va nukleofil reagentlar. Qo‘sh bog‘ga kislotalar, galogenvodorodlar, galogenlar va boshqa elektrofil reagentlarning birikish reaksiyalari. Alkenlarga galogenlarning past haroratda birikishi. Alkenlarning suv bilan kislotali muhitda va PdCl2 ishtirokidagi reaksiyalari. Vaker jarayon. Alkenlarga vodorod galogenidlarning Markovnikov qoidasi bo‘yicha va unga teskari birikish reaksiyalari mexanizmining nazariy asoslari. Alkenlarga elektrofil birikish reaksiyalarida izomerlanish. Radikal va karbokationlarning barqarorligi. Alkenlarga radikal birikish. Allil tipidagi radikallarning barqarorligi. Alkenlarda radikal va elektrofil almashinish reaksiyalari asoslari. Alkenlarni oksidlash, borgidridlash va boshqa reaksiyalari. Metallokompleks kataliz. Kori-Xaus, kross-birikish, metatezis va boshqa zamonaviy reaksiyalar orqali organik birikmalarni sintez qilish. Alkenlar asosida optik faol birikmalar sintezi. Alkenlarning ishlatilish sohalari.
Alkadienlar. Alkadienlarning tuzilishi, nomlanishi, turlari va izomeriyasi. Muhim 1,3-dienlar va ularni degidrogenlash, degidroxlorlash, degidratlash reaksiyalari yordamida olish. Konyugirlangan qo‘sh bog‘li dienlarning elektron tuzilishi. Konyugirlangan dien uglevodorodlarning kimyoviy xossalari: katalitik gidrogenlash, galogenlarning va galogenvo-dorodlarning elektrofil birikishi. Kinetik va termodinamik nazorat mahsulotlari. Polimerlanish reaksiyalari. Stereoregulyar sintetik kauchuk olish. Tabiiy va sintetik kauchuk. Kauchukni vulkanlash. Dils-Alder reaktsiyasi. Dien va dienofil. Peritsiklik reaksiyalar.
Kumulenlar. Elektron va fazoviy tuzilishi. Allen kimyosi. Molekulyar asimmetriya.
Ajratilgan qo‘sh bog‘li birikmalar kimyosi. Dien uglevodorodlar va ular hosilalarining qilish usullari. Alkadienlarning qo‘llanilish sohalari.
Alkinlar. Alkinlarning nomlanishi va izomeriyasi. Uch bog‘ni hosil qilish usullari. Atsetilenning olinishi. Uchlamchi radikal tutgan terminal alkinlar sintezi. sp-gibridlanish tushunchasi asosida uch bog‘ning tuzilishini tushuntirish. Alkinlarning galogenlar, spirtlar, karbon kislotalar, karbonil birikmalar, galogenvodorodlar va boshqalar bilan reaksiyalari mexanizmi. Alkinlarning elektrofil reagentlar bilan reaksiyalari. Alkinlarga galogenlar va vodovod galogenidlarning birikishida boradigan qo‘shimcha jarayonlar. Kucherov reaksiyasi, tsianid kislotaning birikishi. Alkinlarni turli qaytaruvchilar ishtirokida qaytarish reaksiyalari, tsis- va trans-alkenlarning hosil bo‘lish asoslari. Alkinlarni borgidridlash bilan boradigan sintezlar. Atsetilen qatori uglevodorodlarining oksidlanish, polimerlanish va boshqa reaksiyalari. Metallorganik birikmalar bilan reaksiyalari. Atsetilen qatori uglevodorodlarining ishlatilishi.
Dostları ilə paylaş: |