Kelishilgan


Mustaqil o`zlashtirish uchun savollar



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə137/261
tarix18.09.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#144931
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   261
1-kurs o\'zbek mutaxassislikka kirish majmua 2022-2023

Mustaqil o`zlashtirish uchun savollar:
1.Sinfdan tashqari o`qish tizimida sinfdan tashqari o`qish darslarining o`rni va ahamiyatini izohlang.
2.Sinfdan tashqari o`qish darsiga qo`yilgan asosiy talablarni aytib bеring.
3. Sinfdan tashqari o`qish darsini o`qish darsiga qiyoslang, ularning xususiyatini ayting.




Tayanch so‘zlar: tanqidiy hamda estetik tafakkur, badiiy his-tuyg‘ular, badiiy asarni idrok etish, obrazli tafakkur,timsollar, ma’naviy tarbiyalash, o‘qishga ijobiy munosabat uyg‘otish, badiiy asar namunalari.

Boshlang‘ich sinflarda ilmiy - ommabop asarlarni o‘qitishdan asosiy maqsad bolalarga tabiat, kishilar mehnati va ijtimoiy hayoti haqida muayyan bilim berish, bolalarni kitob bilan mustaqil ishlashga va undan aniq bilim olishga o‘rgatishdan iborat.


Tabiatshunoslikka oid va tarixiy mavzudagi maqolalarni o‘qish bilan bog‘liq holda tabiat hodisalarini kuzatish (masalan, daraxt kurtaklarining bo‘rtishi), o‘quvchilarni dehqonlar mehnati bilan tanishtirish, mamlakatimizda yuz bergan o‘zgarishlarning guvohi va ishtirokchilari bo‘lgan insonlar bilan uchrashuvlar uyushtirish maqsadga muvofiq.
Ijtimoiy - tarixiy mazmundagi mavzular Vatanimiz o‘tmishi, xalqimiz hayoti, mardonavor kurashi, ulug‘ siymolar amalga oshirgan ishlar, tarixiy sanalar to‘g‘risida bilim beradi. O‘qish darsliklaridan o‘rin olgan Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa ajdodlarimiz haqidagi matnlar shular jumlasidandir. Bu xildagi matnlar o‘quvchilarni nafaqat o‘tmishimiz bilan tanishtiradi, balki ularning Vatan oldidagi farzandlik burchi va mas’uliyatni teran anglashga ham yordam beradi. O‘quvchilarda Vatanga muhabbat tuyg‘usi shu tariqa shakllanadi.
Vatanimiz o‘tmishi haqida hikoya qilingan ilmiy - ommabop asarlar bilan tanishtirish va ularni tahlil qilish jarayonida o‘quvchilar o‘tmish bilan bugungi kunni taqqoslash imkoniga ega bo‘ladilar. Jamiyat tarraqqiyoti haqida qisqacha bo‘lsa-da, tushuncha hosil qiladilar. Bu borada, ayniqsa, milliy istiqlol bilan bog‘liq mavzudagi asarlar tahliliga alohida e’tibor berish zarur.
1-sinf dasturida o‘qish bilan bog‘liq holda kuzatish, sayohat darslari mo‘ljallanadi. Masalan, yil fasllarida mavsumiy tabiat hodisalari (ob-havoning o‘zgarishi, o‘simlik va hayvonlarning hayoti) ni, shuningdek, dala mehnatini kuzatish uchun tabiatga (dala, bog‘, xiyobonlarga) sayohat uyushtirish ko‘zda tutiladi. Sayohatda tabiatdagi mavsumiy o‘zgarishlar va kishilarning mehnati yuzasidan bolalarning nisbatan uzoq kuzatishlari uyushtiriladi.
Bunday darslarda ko‘rgazma sifatida o‘quv kinofilmlaridan ham foydalanish mumkin.
Tarixiy mavzudagi maqolalarni unga mos rasmlar bilan bog‘lab o‘qitish kishilarning baxtli hayot uchun intilishlari, ota-bobolarimizning dushmanlardan Vatanni saqlash uchun qanday kurashganliklarini tushunib yetishga yordam beradi; o‘quvchilar mehnat hayotning asosi ekanligini, insonlar turmushi mehnat tufayli rivojlanib, farovonlashib borishini bilib oladilar.
Dasturga ko‘ra 2-sinf o‘quvchilari «Toshkent», «Toshkent metrosi» mavzusidagi maqolalarni, 4-sinfda esa «Asrga tatigulik kun» (Safar Barnoyev) asarini o‘qish orqali o‘tmish ajdodlarimiz, ularning xizmati, vatanimizning hozirgi tarraqiyoti haqida bilib oladilar. Bu maqolalar xalqimizning hayoti, mehnati va kurashi haqida yangi bilim berish bilan birga, bolalarni Vatanga, xalqqa, ona tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalaydi.
Ilmiy-ommabop maqolalarni izohli o‘qish darsini uyushtirishda quyidagicha reja asos qilib olinishi mumkin:
1. O‘qiladigan matn yuzasidan bolalar tajribasi va bilimini aniqlash, ularni matn mazmunini tushunishga tayyorlash maqsadida taxminiy suhbat o‘tkazish;
2. Maqolani yoki uning ma’lum bir qismini o‘qish, o‘quvchiga notanish bo‘lgan so‘zlar ma’nosi ustida ishlash;
3. Maqola rejasini tuzish;
4. O‘qilgan maqola yuzasidan suhbat uyushtirish;
5. Matnning asosiy mazmunini aniqlash va reja qismlarini yoritish;
6. Reja asosida maqolani qayta o‘qish;
7. Maqolani yaxlit o‘qish. Bunda bolalarni qayta hikoyalashga tayyorlash va maqola mazmunini yaxshi o‘zlashtirishlariga erishish maqsadi ko‘zda tutiladi;
8. Reja asosida qayta hikoyalash;
9. Xulosalash va umumlashtirish.
Ilmiy-ommabop maqolalarni uzviy birlikda o‘rganish o‘quvchilarning har bir mavzuda bayon etilgan tarixiy - adabiy hodisalarni, ular o‘rtasidagi umumiylikni, har bir davrga ega xususiyatlarni anglab olishlarini ta’minlaydi. Ular bolalarni kelgusida gazeta va jurnallarni o‘qishga tayyorlaydi, ijtimoiy - siyosiy, tabiatshunoslik atamalarini o‘zlashtirishga yordam beradi, ularning mantiqiy tafakkurini va nutqini o‘stiradi.

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin