Kelishilgan


Ilmiy-ommop asarlarni o‘rganish dars namunasi



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə138/261
tarix18.09.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#144931
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   261
1-kurs o\'zbek mutaxassislikka kirish majmua 2022-2023

Ilmiy-ommop asarlarni o‘rganish dars namunasi:
Mavzu. Bahor shabodasi
O‘quv materiali. Bahor ta’rifida. Yusuf Xos Hojib
Darsning maqsadi.
1. O‘quvchilarga Yusuf Xos Hojib hayoti va ijodi haqida ma’lumot berish. Bahorning uyg‘onish fasli ekanligi, tabiatdagi o‘zgarishlar haqidagi bilimlarini boyitish.
2. Bahor faslini qadrlash va sevish hissini tarbiyalash.
3. O‘quvchilarning o‘qish malakalarini yanada rivojlantirish lug‘atni nasim, turdosh, chin, sabo, havo so‘zlari bilan boyitish. Iboralarning ma’nosini izohlash.
Savol-topshiriqlar ustida ishlash.
Darsning turi. yangi bilim beruvchi dars, ilmiy-ommabop asarlarni o‘qish darsi.
Darsning metodi. Izohli o‘qish, suhbat, tarmoqlash metodi.
Darsning jihozi. Bahor fasli, tabiati tasvirlangan rasmlar, predmet rasmlari: qushlar, gullar, hayvonlar rasmi.
Darsning borishi.
I. O‘quvchilarni yangi o‘rganiladigan mavzuga tayyorlash.
1. Men topishmoq aytaman. Siz uning nima haqida ekanini, javobini topasiz. Ilon izli yorug‘ nur Bulutlarni quchadi. Jarangdor ovozidan yer-u osmon ko‘chadi (Chaqmoq).
— Topishmoqni topishda sizga qaysi so‘zlar yordam berdi?
— Bu so‘zlar qaysi faslini ta’rifida aytiladi?
Aqliy hujum.
— Bahor fasli qanday so‘zlar bilan ta’riflash mumkin? O‘quvchilar javobi tarmoqlash usulida har xil ranglar bilan kartonga yozib boriladi.
Fasllar kelinchagi
uyg‘onish fasli
binafsha, chuchnoma ochiladi
yashil fasl
Bahor
Gullar fasli
qir-adir lolaqizg‘aldoqlar bilan bezanadi
Qora qarg‘alar uchib ketadi
muzlar erib, suvlar ko‘payadi
Mamoqaldiroqlar gumburlab, chaqmoq chaqadi
Qushlar ham bahorni sevib sayrashadi
Osmonda qora bulutlar suzadi
Oq bulutlar ham bo‘ladi.
Tarmoqlash bahor faslining ko‘rinishini eslatadigan shaklda tuziladi.
2. Bahor faslidagi tarixiy sanalar haqida suhbat. Savol: Bahor faslida qaysi bayramlar nishonlanadi? Siz qaysi bayrami juda sevasiz?
3. O‘quvchilarga bahor haqida yod olgan she’ri ayttiriladi.
O‘qituvchi o‘quvchi bilan bo‘lgan suhbatni umumlashtiradi: Bahorni yaxshi kayfiyat, mehnat qilishga ishtiyoq uyg‘otadigan fasl. Shuning uchun qadimdan shoir- yozuvchilarimiz bahorni madh etib she’rlar bitgan, hikoyalar yozgan. Shunday yozuvchilarimizdan biri Yusuf Xos Hojibdir.
Siz bu yozuvchi haqida oldingi darslarimizda eshitgansiz.
Yeslang. Yozuvchining qaysi asaridan parcha o‘qigansiz? O‘sha parcha nima deb nomlangan edi? Unda nima haqida hikoya qilingan edi? (Yaxshilik va yomonlik, bilimdonlik va nodonlik haqida).
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asaridan yana bir parcha o‘qiymiz. O‘ylang. Bu parcha qaysi mavzuda bo‘lishi mumkin? Doskaga mavzu o‘quv materiali yoziladi:



Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin