Kelishilgan



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə139/261
tarix18.09.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#144931
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   261
1-kurs o\'zbek mutaxassislikka kirish majmua 2022-2023

Mavzu: Bahor shabadasi.
O‘quv materiali. Bahor ta’rifida. Yusuf Xos Hojib
1. Asar bilan tanishtirish. Matnni o‘qituvchi o‘qib beradi. Topshiriq.
O‘qituvchi: «Asarni diqqat bilan tinglang. Yozuvchi bahorni qanday ta’riflar ekan?
2. Kirish suhbati.
— Asar nima haqida ekan?
— Unda nimalarning ta’rifi berilgan?
3. Topshiriq asosida ichida o‘qish.
— Asarni o‘qing. O‘zingizga ma’nosi notanish so‘zlarni belgilang.
4. Lug‘at ishi.
Nasim — shabada, shamol chechaklar — gullar
Firdavs — bog‘, jannat bog‘i ifor — yoqimli hid
Chin — Xitoy kofur –
Musaffo — toza, pokiza
Mushk-anbar — xushbo‘y hid
Navo — kuy
Sabo yeli — shamol nafasi
5. Asarni qismlarga bo‘lib o‘qitish.
Asar 3 qismga bo‘linadi. 3 o‘quvchiga o‘qitiladi.
2-qayta o‘qitilayotganda quyidagi topshiriqlar beriladi.
1-qism yuzasidan: Yozuvchi bahorni ta’riflashda qaysi so‘zlardan foydalangan?
— nasim, firdavs, oq rang, bo‘z yer, alvon rang musaffo, yashil to‘n, oq, sariq, ko‘k, qizil rangli harir yaproqchalar, yashil parda, xitoy karvoni, chechaklar, ifor. (Shu so‘zlarning ma’nosi so‘rab o‘tiladi).
2-qism yuzasidan: Yozuvchi qaysi qushlarni va parrandalarni tilga oladi?
— G‘oz, o‘rdak, oqqush, qil quyruq, turka, kaklik, qora qarg‘a, bulbul.
— Shu qush va parrandalarni rasmlar ichidan ko‘rsating. 3-qism yuzasidan. Yozuvchi qaysi hayvonlarning nomini tilga olgan? (Bug‘u, jayron).
6. Tanlab o‘qish. Topshiriqlar. — Bahor faslida daraxtlarning harakatga kelishi tasvirlangan o‘rinni topib o‘qing.
— Kaklik tasviri berilgan qismni topib o‘qing.
— Qora qarg‘aning ovozi nimaga o‘xshatiladi? Shu misralarni topib o‘qing.
Yozuvchi yerni o‘tlar bilan qoplanishini nimaga o‘xshatadi? Shu qismni topib o‘qing.
— Turnalarning uchishi nimaga o‘xshatilgan? Shu o‘rinni topib o‘qing.
— Asardan jonsiz narsa jonlashtirilgan o‘rinni topib o‘qing. (Gullar yuz ochib, qahqaha urib kulmoqda).
— Zerikarli qishni bahor qanday haydadi? (Bahor nafasai bilan haydadi).
— Daraxtlarning barg yoyishi nimaga o‘xshatilgan? Matndan topib o‘qing (... daraxtlar yana yashil to‘n kiydi).
O‘qituvchi: demak, yozuvchi Yusuf Xos Hojib bahorni ta’riflashda juda ko‘p rang bildiruvchi so‘zlardan, o‘xshatishlardan, jonlantirishlardan foydalangan. Siz ham uyda «Bahor – go‘zal fasl» mavzusida kichik hikoya tuzing. Unda shunday so‘zlardan, iboralardan foydalanishga harakat qiling.
Bunda quyidagi rejadan foydalaning
Reja
1. Bulut suzgan osmon.
2. Gullarga burkangan olam.
3. Qushlar navosi (chug‘uri).
Asarni bir necha marta o‘qing. Hikoyagizda asardagi so‘zlardan ko‘proq foydalanishga harakat qiling.
7. Darslikdagi savol-topshiriqlar ustida ishlash.
8. Darsda o‘rganilganlarni umumlashtirish va tarbiyaviy hulosa chiqarish. Siz bugungi o‘qigan asarimiz orqali nimalarni bilib oldingiz? Bahor faslida tabiatda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? U kishilarga qanday kayfiyat bag‘ishlaydi? Bahor fasli tuhfalariga qanday munosabatda bo‘lyapsiz?
9. O‘quvchilar faoliyatini baholash.

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin