Kelishilgan



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə238/261
tarix18.09.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#144931
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   261
1-kurs o\'zbek mutaxassislikka kirish majmua 2022-2023

VI. Uyga vazifa berish.
“Toshkent- O‘zbekiston poytaxti” matnini ifodali o‘qib, mazmunini qayta so‘zlashga tayyorgarlik ko‘rish. Maqol va topishmoqni yod olish.


Tabiatshunoslik va uni o`qitish metodikasi ta`limotining shakllanishi va rivojlanishi

Reja:
1. Boshlang’ich sinflarda tabiatshunoslikning o’qitilishi.


2. V.F.Zuev, K.D.Ushinskiy, D.I.Tixomirov, V.A.Gerdlarning Tabiatshunoslik
o`qitish metodikasi fani rivojiga qo`shgan hissasi
3. V.P.Vaxterov, M.N.Skatkin, P.A.Zavitaev, A.K.Verzina, V.A.Valerianova,
S.A.Pavlovich, V.A.Suxomlinskiylarning Tabiatshunoslik o`qitish
metodikasi fani rivojiga qo`shgan hissasi

Tayanch so`zlar: «Tabiatshunoslik» darsligi, Vasiliy Fyodorovich Zuyev, Konstantin Dmitriyevich Ushinskiy, Aleksandr Yakovlevich Gerd, Dmitriy Ivanovich Tixomirov, M.N. Skatkin


Tabiatshunoslikni o'qitish metodtkasining tarixi shuni ko'rsatadiki, muayyan darajadagi hal qilinadigan asosiy muammolar, ya'ni ta'limning mazmuni, o'qitish metodlari va ularni tarbiyalovchi ta'siri kabi masalaiar o'qituvchilar va metodistlar tomonidan hal etiladi. Bu narsa ko'pincha ularning ijodiy tashabbusiga bog'liq bo'ladi. Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasi ham o'z tarixiga ega. Uni vujudga kelishiga ko'plab biolog olimlar, metodistlar va o'qituvchilarning xizmatlari singgan.


Turli ijtimoiy sharoitlarda yaratilgan ko'plab metodik qo'llanmalar va darsliklar shular jumlasidandir.
Boshlang'ich sinflarda tabiatshunoslikning o'qitilishi. O'zbek tilida tabiatshunoslik bo'yicha birinchi tarjima adabiyotlar 1919- yilda vujudga keldi. Bular: «Boshlang'ich jug'rofiya» (A.A. Kruber kitobining ruschadan tarjimasi), «Turkiston» (A.A. Kruber kitobining ruschadan tarjimasi) kabi asariar edi. T. N. Qori Niyoziyning «Tabiatning parchasi» kitobi o'qituvchilar uchun yaratilgan dastlabki qo'llanmalardan biri hisoblanadi.
1927—1929 yillarda birinchi bosqich maktab o'quvchilari uchun o'lkashunoslik darsliklari «Kichik turkistonlik», «Bizning o'lka», «Tabiiyot bo'yicha o'qish kitobi» hamda boshqa darsliklar nashr qilindi.
1948- yildan boshlang'ich sinflarda tabiiyotni o'qitish tizimi o'zgardi. 1—3 sinflarda tabiatshunoslik materiali izohli o'qish orqali o'rganila boshlandi. Tabiiyot o'quv predmeti sifatida 4-sinfga kiritildi va o'zbek tiliga tarjima qilingan sobiq RSFSR dasturlari bo'yicha mahalliy materiallardan foydalanib o'rganildi. 1948- yili Y.M. Belskaya shu dasturga asoslanib, «Rus tilida o'qish olib boriladigan O'zbekiston maktablarining 1—4- sinflari uchun dastur» — metodik yo'1-yo'riqlar yaratdi, unda 1—3- sinf o'quvchilari bilan darslar va darsdan tashqari vaqtlarda (o'qituvchi rahbarligida) kuzatish va tajribalar o'tkazishga alohida e'tibor berildi.
1960- yildan boshlab yangi dasturlar joriy qilindi. Bunda 3— 4-sinflardagi tabiatshunoslik darslari mehnat darslari bilan almashtirildi. Tabiatshunoslik fanini o'qitish faqat 4- sinfda qoldirildi, 1961- yili O'zbekistonning tabiiy sharoitlari, o'simlik va hayvonot dunyosining o'ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi «Tabiatshunoslik» darsligi (Y.M.Belskaya va boshqalar) yaratildi.
1970- yillarda O'zbekiston maktablarida yangi o'quv rejasi va dasturlari joriy etilishi munosabati bilan 2—3- sinflarda «Tabiatshunoslik» predmeti o'qitila boshlandi, uni o'rganishga o'qish rus tilida olib boriladigan sinflarda 35 va 70 soatdan, o'qish o'zbek tilida olib boriladigan sinflarda esa 35 soatdan vaqt ajratildi.
1972- yili Y.M. Belskaya tahriri ostida rus va o'zbek tillarida 2-sinf uchun «Tabiatshunoslik» darsligi nashr qilindi. Bu darslik uch yillik boshlang'ich maktab dasturi bo'yicha o'qitildi. U ikkinchi sinf o'quvchilarining yosh xususiyatini hisobga olgan holda tuzildi, unda O'zbekiston o'simliklari va hayvonot dunyosining tipik xususiyatlari o'z aksini topdi
1974- yili 3- sinf uchun «Tabiatshunoslik» darsligi chop etildi. Unda «O'lkamizning tabiati» mavzusiga katta e'tiborberildi. Uni o'rganish 2- sinfda o'tkazilgan kuzatishlarni umumlashtirish bilan boshlanar, tabiatdagi mavsumiy o'zgarishlarni hisobga olgan holda olib borilar edi. Topshiriqlar O'zbekistonning jonsiz tabiati obyektlari, o'simliklari va hayvonlarini kuzatishlardan mukammal foydalanishni nazarda tutar edi.
O'qituvchilar uchun ham metodik qo'llanmalar nashr etilgan bo'Iib, ularda tabiatshunoslik kursi metodikasi 2—3 sinflarda shu fanni o'rganish xususiyatlari hisobga olingan holda bayon qilingan.
1986- yildan boshlab maktablarda to'rt yillik boshlang'ich ta'limga o'tish munosabati bilan boshlang'ich sinf uchun atrofdagi olam bilan tanishtirish va tabiatshunoslik bo'yicha dasturlar hamda «Atrof olam bilan tanishtirish” va «Tabiatshunoslik» kurslari bo'yicha o'quv-metodik komplekslar (darsliklar, metodik qo'llanmalar, kuzatishlar kundaligi) nashr qilindi. Tabiatshunoslik sikli bo'yicha o'quv kompleksi muntazamlilik, mazmunining rivojlantirilishi sinfdan-sinfga o'tgan sari asta-sekin chuqurlashtirib, kcngaytirib borish, tuzilishga yagona yondashish, tuzilishning vorisligi bilan ta'minlandi. Ushbu dastur hamda darsliklar Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so'ng uning dastlabki yillariga qadar amalda bo'ldi.
Respublikamiz mustaqillikka erishgach iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlanishning o'ziga xos yo'liga ega bo'ldi. Mustaqillik barcha sohalarda bo'lgani kabi ta'lim sohasini ham tubdan yangilash zaruriyatini vujudga keltirdi.
O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida ta'limning maqsadi, vazifalari, mazmuni, shakli, vositalari birinchi darajali ehtiyojga aylandi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Uzluksiz ta'lim tizimida davlat ta'lim standardarini ishlab chiqish va joriy etish to'g'risida»gi 1998- yil 5- yanvar qarori chiqdi va ushbu qarorga binoan «Davlat ta'lim standarti to'g'risidagi Nizom» tasdiqlandi. Unda boshlang'ich ta'lim 4 yillik deb qabul qilindi va 1—2- sinflarda «Atrofimizdagi olam» va 3—4- sinflarda «Tabiatshunoslik» fanlarining o'qitilishi ko'rsatib o'tildi.
Respublikamiz miqyosida ushbu huijatlarga muvofiq va «Davlat ta'lim standarti to'g'risidagi Nizom» ga amal qilingan holda ta'lim jarayoni olib borilmoqda.

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin