Kelishilgan


Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasining qisqacha tarixi



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə239/261
tarix18.09.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#144931
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   261
1-kurs o\'zbek mutaxassislikka kirish majmua 2022-2023

Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasining qisqacha tarixi.
Ushbu yo'nalishning birinchi metodisti Vasiliy Fyodorovich Zuyev (1754-1794) hisoblanadi. U xalq bilim yurtlarida tabiatshunoslik darslarini olib bordi, o'qituvchilar seminariyasida leksiyalar o'qidi. 1786- yili V.F. Zuyev «Tabiiyot tarixining ko'rgazmalari» nomli darslikni nashr ettirdi, unda tabiiyotni o'rganish izchilligi, qazilmalar dunyosi (jonsiz tabiat), o'simliklar dunyosi (botanika), hayvonlar dunyosi (zoologiya) ko'rsatilgan. Bu darslik o'quv predmeti sifatida tabiiyot faniga asos soldi.
V.F. Zuyev maktab o'quvchilarining tabiiy obyektlarni o'rganishlarini yoqlab chiqdi, chunki u minerallarni, o'simlik va hayvonlarni bevosita sezgilar orqali qabul qilib olinishini yuqori baholar edi. Bundan tashqari, o'quvchi o'z o'lkasining tabiatini albatta o'rganishi kerakligini ko'rsatdi, bu kitob o'qitishning hozirgi o'lkashunoslik tamoyiliga nios keladi. Biroq bu ilg'or g'oyalarning fanda hayotdan ajralgan, yuzaki metodlar hukmron bo'lgan sharoitda, o'quvchilardan faqat darslik matnini mexanik ravishda yod olish talab qilingan bir vaqtda amalga oshirilishi mumkin emas edi.
XIX asr o'rtalarida ilg'or pedagogik fikrlarning taraqqiyotiga Konstantin Dmitriyevich Ushinskiy (1824-1870) o'zining munosib hissasini qo'shdi. U kuzatish metodini tabiatni bilib olishning samarali metodi deb hisobladi, «Ona tili» va «Bolalar dunyosi» nomli o'qish kitoblariga tabiatshunoslik materiallarini bayon qilib, kuzatish va tajribalar o'tkazishni talab etuvchi tabiat to'g'risidagi materiallarni kiritdi.
K.D.Ushinskiy bolalarni tabiat bilan tanishtirishni o'z joyi, o'z o'lkasini o'rganishdan boshlashni taklif etdi, bunda kitobni o'qish yoki o'qituvchi axborotidan olingan taassurotlarni bola kuzatishlar yordamida tekshira olsin. Ushinskiyning ta'kidlashicha, o'z joyi tabiatini o'rganishning bosh metodlaridan biri kuzatishdir, chunki kuzatish kuzatuvchanlikni vujudga keltirishga yordam beradi.
«Bolalar dunyosi» kitobida muallif bolalarning nutqini rivojlantirish, ularni oddiy mantiqiy ishlarga o'rgatish uchun tabiatni qanday kuzatish zarurligini ko'rsatib berdi. Mustaqil qabul qilinganlargina o'quvchilar xotirasida uzoq vaqt saqlanib qolishini tasdiqlab, pedagogik jarayondagi kuzatish metodining rolini ko'rsatib berdi.
Kuzatishlar, tajribalar va ekskursiyalar bilan bog'lab tabiiyot o'qitish tizimini birinchi bo'lib Aleksandr Yakovlevich Gerd (1841-1888) taklif qildi. U ko'rgazmali o'qitish bola idrokining bor (real) holatiga muvofiq bo'lishi kerakligini ta'kidladi. Gerd bunyodga keltirgan tizimda tabiiyotni o'rganish jonsiz tabiatdan boshlanadi, u boshlang'ich sinflarda jonsiz tabiat kursini o'qitish metodikasini ishlab chiqdi. «Tabiiyot qisqa kursi» nomli darslik, shuningdek, «Yer, havo, suv» nomli o'quv qo'llanma va ularni o'qitishga old «BoshIang'ich maktabda predmetli darslar» nomli metodik qo'llanma (1883) yozdi. Bu kitob uzoq vaqtlargacha jonsiz tabiat kursi bo'yicha asosiy qo'llanma bo'lib keldi.
XX asr boshlarida boshlang'ich maktabda tabiiyot o'qitilishida uch yo'nalish belgilandi. Chunonchi, Dmitriy Ivanovich Tixomirov «Boshlang'ich maktabda rus tili darslarida nimani va qanday o'qitish kerak» (1901) kitobida tabiiyotni izohli o'qitishga kiritish o'rniga asosiy o'quv predmeti sifatida ajratishni taklif qildi. Tabiiyotni izohli o'qitish o'quvchilarga tabiat to'g'risida bir butun tasavvur bera olmagan, chunki ular tabiat to'g'risida tarqoq ma'lumotlar olar edilar, xolos. Shuningdek, ular tabiat jismlari va hodisalari to'g'risida aniq bilimlar olmas edilar, chunki tabiat jismlari va hodisalari bilan tanishtirish bir tomonlama, kitob tilida — og'zaki metodlar bilan olib borilgan. Bu yo'nalishga Vladimir Aleksandrovich Gerd (1870— 1926) o'zining «Boshlang'ich maktab kursidagi tabiiyot alohida predmet sifatida» (1917) nomli kitobida jiddiy qarshi chiqdi. U D.I. Tixomirov takliflarini tanqidiy tahlil qilib, tabiiyot darslarini izohli o'qitish darslari bilan almashtirish mumkin emas, degan xulosaga keldi.
Bunda V.A.Gerd boshlang'ich maktabda tabiiyotni alohida predmet sifatida ajratish zarurligini ishonchli ravishda isbot qildi. Uning fikricha, faqat shu sharoitdagina dasrlarda shu predmetga xos metodlardan foydalanish va shu asosda bolalarga bilim berish, tabiat to'g'risida yaxlit tasawur hamda tabiat hodisalarining farqiga bora olish uquvini hosil qilish imkoniyati tug'iladi. Bu predmetni joriy qilinishi bilim xarakteri, material hajmi hamda o'rganish izchilligini tuzishni, shuningdek, o'quv soatlari ajratilishini va kursning umumiy tizimida darslar vorisligini ta'minlashni talab qiladi.
Bu masalaga Vasiliy Prokofyevich Vaxterov birmuncha boshqacharoq qaradi. U «O'qitishning predmetli metodi» nomli kitobida tabiiyotni og'zaki o'qitishga qarshi chiqib, tabiatni kuzatishlar, tajribalar, tabiat jismlarini namoyon qilishga tayanib o'rganishni, ya'ni predmetli o'qitishning muhimligini isbotladi. Biroq boshlang'ich sinflarda tabiiyotni maxsus o'quv predmeti sifatida ajratishni yoqlamagan holda «predmetli o'qitishga alohida o'quv predmeti sifatida qarash mumkin emas», deb ta'kidladi. Bu uch yo'nalish: «Tixomirovcha» — boshlang'ich sinflarda tabiiyotni o'rganishni izohli o'qitishga kiritish; «vaxterovcha» — tabiiyot bo'yicha uni maxsus predmet sifatida ajratmasdan alohida predmet darslari o'tkazish va «gerdcha» — tabiiyotni o'quv rejasida maxsus predmet sifatida ajratish 1917- yilgacha qaror topdi.
1917- yilda V.A. Gerdning «Boshlang'ich maktab kursida alohida predmet sifatida tabiiyot* nomli kitobi nashr etilgan edi, unda muallif tabiiyotni boshlang'ich maktabda maxsus predmet sifatida o'qitish zarurligini isbotlab bergan.

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin