Kelishilgan


Mavsumiy marosimlar folklori



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə10/43
tarix16.10.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#156208
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   43
XIO Majmua

2. Mavsumiy marosimlar folklori. Dunyodagi boshqa xalqlar qatori o'zbeklarning hayoti ham ko'p jihatdan tabiatdagi o'zgarishlarga bog'liq bo'lgan. Yil fasllarining o'zgarishi, har bir faslning o'z vaqtida xalq tasavvurida shakllangan tarzda kelishi oxir pirovardida hosil­ning mo'lligini yoki dehqon mehnatining zoye ketishini bel­gilagan. Shuning uchun yil boshlanishi - bahor biz o'zbeklarda umidlar fasli sifatida kutib olingan. «Har faslning o'z xislati bor. Har faslning o'z fazilati» - degan­laridek, xalqimiz boshqa fasllarni ham o'ziga xos ravishda qabul qilgan va har qaysisiga alohida-alohida marosimlar o'ylab topgan. Bir fasldagi udumlar ikkinchisida takrorlan­magan. Jumladan, bahorda «Loy tutish», «Shox moylar», «Navro'z», «Sust xotin» marosirnlari o'tkazilgan. Loy tutish­da ariqlar tozalangan, butun aholi bu ishda faol ishtirok etgan. Bevosita ariq tozalash ishini bajarayotganlar, ularning yonidan o'tib ketayotgan odamga ketmon yoki belkurakda loy tutishgan. Yo'lovchi o'ziga loy tutilgandan so'ng yo biron qo'shiq, yo boshqa hunarini ko'rsatib, ishlayotganlarni mamnun qilishi lozim hisoblangan. Aks holda u ham odamlar bilan ariq tozalashga majbur qilingan. Ariq tozalash ishlarining tugashi odatda maxsus uyushtirilgan sayil, holi baqudrat tayyorlangan ziyofat bilan nihoyasiga yetgan. Shox moylar esa bahorda birinchi yer haydash ishlarining bosh­lanishi bilan o'tkazilgan. Bo'lajak hosilning mo'l bo'lishiga niyat qilib, qo'shga qo'shilgan ho'kiz shoxi yog' bilan moy­langan va dastlab piri badavlat, uvali-juvali hobo dehqon qo'sh haydab bergan. Keyinchalik ishni yoshlar davom ettir­gan. Bu marosim ham gavjum to'plangan odamlar ishtiroki­da sayil o'tkazish, xursandchilik bilan amalga oshirilgan. Bahor quruq kelgan kezlarda «Sust xotin» marosimi tayyor­langan. Bu marosimda mahalla, qishloq ayollari yig'ilib mo'la (poliz qo'riqchisiga o'xshagan qo'g'irchoq) yasashgan va uning ustidan suv sepib, qo'shiq aytishgan:
Sust xotin, suzma xotin
Ko 'Iankasi maydon xotin!
Yomg'ir yog'dir ho'I bo'Isin
Yeru jahon ko'l bo'lsin.
Maysalar quloq yozsin,
Sutu qatiq mo'l bo'lsin.
Albatta, bahor faslidagi eng aziz va har bir o'zbek uchun qadrli marosim Navro'z bayramidir. Navro'z haqidagi dast­labki ma'lumot Abu Rayhon Beruniyning «Qadimgi xalqlar­dan qolgan yodgorlik1ar» asarida uchraydi. Shuningdek, Umar Xayyomning «Navro'znoma» risolasi va Muhammad Rizo Ogahiyning bevosita Narvo'z bayramiga bag'ishlangan she'riy asarlari bor. Navro'z ayyomi yilning 21 mart kuni nishonlanadi. Bayramning Navro'z deb atalishi, Yangi kun, ya'ni yangi yilning kirib kelishi bilan bog'liq. Bu kunda kecha va kunduz muddati tenglashadi va kunduzning uza­yishi boshlanadi. Shuning uchun hsm Navro’z diniy emas. Balki, dehqonchilik, bog’dorchilik ishlsrining qizg’in pallaga kirishi bilan aloqador alohida bayramdir.
Kuzda esa shamol chaqirish marosimi o’tkazilgan. Endi yeg’ilgan don hosilini po’chog’idan ajratish uchun shamol kerak. Don yanchilgach, uni shamolda shopiradilar va somonni shamol uchirib, don tozalanadi. “Yo, Haydar” aynan ana shu marosim belgisi hisoblanadi. Professor Bahodir Sarimsoqov qo’shiqda Haydarga, ya’ni Hazrati Aliga murojaat qilib, ajdodlarimiz shamol chaqirishgan, degan xulosaga keladi:
Haydar, ota-onang o’libdir,
Moli senga qolibdir.
Bolang suvga oqibdir,
Shamolingni qo’yivor.
Bu marosim ham qadim zamonlardan bizgacha faqat ayrim hududlarda saqlanib yetib kelgan.
Qish o'zbeklarda asosan yil bo'yi qilingan mehnatdan dam olish fasli hisoblangan. Gap-gashtaklar, turli yig'inlar, mumtoz adabiyotimiz namunalarini sharhlash suhbatlari ko'pincha, qishda bo'lar edi. Shu bilan birga, o'zbeklar qishda o'tkazadigan alohida marosim ham bor. Uni «Yas­-yusun» deb atashgan. Bu marosim asosan bo'za ichish bilan bog'liq. Ma'lumki, yaqin o'tmishgacha o'zbek xonadonla­rida mehmonlarni qabul qilish uchun maxsus mehmonxo­nalar bo'lgan. «Yas-yusun» o'ttiz-qirq ulfat ishtirokida ana shu mehmonxonalarda o'tkazilgan. Marosimda kosagul piyolaga quyib bergan bo'zani bir nafasda ichish, uni to'kmaslik, maxsus ruxsatgacha faqat cho'kka tushib o'tirish, odob saqlash, ruxsatsiz ketib qolmaslik, marosim boshlig'iga itoat etish kabi shartlar bo'lgan. Marosimda quyidagi mazmunda qo'shiq aytilgan:
Alyor bo'lsin-ay,
Xojam yo bo'lsin-ay,
Xo’ jam bergan bu davlatga,
Dushman zor bo'lsin-ay.

Xullas, mavsum marosimlari xalqimizning yil fasllari bilan bog'liq yig'inlaridan iborat edi. Bu marosirnlar bir to­mondan, o'zbek xalqi qadriyatlari tarkibining boyligini,qadimiyligini dalillasa, ikkinchi tomondan, o'zbeklaming qadim zamonlardan uyushgan millat ekanini isbotlaydi.





Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin