Kelishilgan



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə7/43
tarix16.10.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#156208
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43
XIO Majmua

Versiyalik og’zaki ijodda variantlilikdan kengroq tushuncha hisoblanadi. Agar variantlilikda obrazlar tavsifi, voqealar tizimi, bayon usuli boshqacharoq ko’rinishga ega bo’lsa, versiyada asarlarning nomi ham, voqealarning rivoji ham keskin farqlanadi. Jumladan, folklorshunoslikda «Alpomish» dostonining to’rtta versiyasi qayd etilgan bo’lib, ular: qo’ng’irot, o’g’iz, qipchoq, oltoy versiyalari nomi bilan yuritiladi. Bu versiyalar faqat ayrim umumiy voqealar bayoni bilangina «Alpomish» dostonini eslatadi, xolos. Shuningdek, «Tohir va Zuhra» dostonining qozoq xalqida «Qo’zi Ko’rpesh va Bayan Suluv» versiyasi mavjud.
4.Anonimlik. Anonimlik deganda, agar yaratuvchisi nomining noma’lum ekanligi nazarda tutiladi. Biz og’zaki­lik haqida fIkr yuritganimizda, ko’pchilik yurtdoshlarimiz og’zaki ijod namunalarini yaratishlarida o’z nomlarining yashirin qolishini ma’ qui ko’rishlarini aytib o’tdik. Bu yurt­doshlarimiz o’z ijodlarini xalq og’zaki ijodi an’anasida yaratganliklari uchun ham (an’anaviylikning matnda namoyon bo’lishi haqidagi fIkrlarga qarang) o’z ismlarini baralla aytishga iymangan bo’lishlari mumkin. Ammo yozma ijod namunasi muallifining nomi yo’qolganligi bilan og’zaki ijoddagi anonimlikning farqi bar. Bunday vaziyatda masalani mavjud asarning yaratilishi an’anasiga qarab bel­gilash mumkin. Agar asar og’zaki ijod an’anasi bilan yaratilgan bo’lsa, anonimlik oddiy holat hisoblanadi. Agar asar yozma ijod an’anasida yaratilgan bo’lsa, tasodif hisoblanadi. Masalan, «Farhod va Shirin», «Gul va Navro’z» kabi dostonlarini yozgan shoirlar nomi ma’lum bo’lmasa ham an’anaviylik jihatdan ularni og’zaki ijod namunasiga mansub deb bilish to’g’ri bo’lmaydi.
Shunday qilib, anonimlik xalq og’zaki ijodida xalqvakillarining o’z xalqiga xolis, beminnat xizmat qilishi namunasi sifatida qadrlanadi.
3.Faraz qilaylik, siz yaqin kishingiz bilan biron joyda uehrashishga kelishgansiz. Ammo kutgan odamingiz vaqti­da oldingizga kelmadi. Shundan keyin xayolingizni har xiI shubhalar egallaydi. Avvalo, tez orada kelib qolar, deysiz. Bir oz o’tgaeh, kelishilgan joyda anglashilmovehilik bo’ldimikan, deb o’ylaysiz. Vaqt yana o’tavergach, taxminiy sabablar soni ham ko’payaveradi. Oxiri fIkringiz­dan ko’ngilsiz voqealar tizimi o’ta boshlaydi. Xullas, uchrashuvga yetib kelmagan kimsaning kechga qolish sababini bilmaguningizgacha tinchimaysiz.
Qadim-qadim zamonlarda yashagan ajdodlarimizga dunyoda ro’y berayotgan voqea-hodisalar ham ana shunday tinchlik bermagan. Masalan, o’ta qattiq yer silkinishi sodir bo’lsa, yer o’rtasida magma deb atalmish eho’g’ borligini, uning harakatga kelish oqibatida yer qimirlashlari bo’lishi­ni ilmiy asoslay olmagan bechora odamlar yerimizni ho’kiz shoxida ko’tarib turgan bo’lsa kerak, ho’kiz charchaganida shoxlarini qimirlatib, dam olsa kerak, oqibatda yer qimir­laydi, deb faraz qilganlar. Chunki bular u paytlarda hatto yerning dumaloq ekanini ham bilishmas edi. Bunday faraziy mulohazalar shunday ko’p bo’lgan-ki, o’tmishdagi odamlar ularga javob topishga ham ulgurmaganlar. Ammo fIkr yuritish, taxminiy sabablar topish xususiyatlari hozirgi dunyo kishisida ham ajdodlar dunyoqarashiga yaqin holda saqlanib qolgan, deyish mumkin.
Inson hamisha har bir hodisadan o’ziga manfaatli jihat­larini topishga urinadi. Xayolan bu manfaatlarni asoslashga sabablar axtaradi. Zamonlar o’tgani sari turmush tajribasi mazkur hodisalarni turlarga bo’lish, ulardan foydali va zararlilarini ajratish imkonini beradi. Oqibatda xalq tasavvurida bunday bo’lsa yaxshi, bunday bo’lsa, yomon degan tushunchalar paydo bo’ladi.
Masalan, safarga chiqqan odam yo’lda oq tuyasi bar kar­vonni uchratsa, uning maqsadi amalga oshgan bo’lishi mumkin. Yo’lovchi uzoqdan bo’rini ko’rib qolsa, uning hayotida ijobiy o’zgarish ro’y bergandir. Tulkini uchratsa, aksincha bo’lgandir. Tushida shahzodadek kiyinib, egarlangan oq otda chavandozlik qilgan yigitning ishlari yurishib ketgandir. Xonadoniga qaldirg’och in qo’ygan oila tez orada oyoqqa turib, mushkullari osonlashgandir. Aksincha, biron sabab bilan qaldirg’och inini buzgan xonadon tushkunlikka uchra­gandir. Ukki sayragan hovli xonavayron bo’lgandir. Bu mi­sollarning har biri o’nlab, yuzlab marta tajribada sinalgan. Ularning izohini har kim har xiI sharhlagan. Ayrimlari o’sha kutilgan natijani bermagan hamdir. Lekin xalq ongida yillar o’tgani sari o’ziga xos hukmlar paydo bo’lib boradi. Bu hukmlar son jihatidan ko’payib urf-odatlarga, rasm-rusum­larga asos: suvga tupurma, qaldirg’och inini buzma, qarg’ishga qoladigan ish qilma, birovga ta’masiz yaxshilik qil, hatto bir sochiqqa bir paytda ikki kishi qo’l artmasin, yoki shaftolini bo’lib yeb bo’lmaydi, kabi tushunchalar ana shun­day hodisalarning ro’y berishi natijasida asrlar davomida o’zbeklar ongida shakllanib kelgan.
Xalqimizning tabiati shu darajada nozik bo’lganki, uning tasavvurida raqamlar, ranglar ham yangi-yangi mulo­hazalar hosil qilgan. Akademik shoir G’afur G’ulom Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonini to’liq sharh bilan nashrga tayyorlashda Xoqon farzandli bo’lgan kuni mamlakatidagi hamma devorlarni qora rangli ipak matolar bilan bezash buyrug’ini berganini aytadi.
Tabiiyki, nima uchun podsho farzand ko’rgan kuni butun yurtini qora harir libosda ko’rishni xohlagan, degan savol tug’iladi. Gap shundaki, Navoiy yashagan paytda qora rang buyuklik, ulug’lik rarnzi hisoblangan. Bu tushun­eha hozir ham ayrim viloyatlarda saqlangan. O’zbeklarda Qoravoy, Qorajon, Qora botir, Qoraxon degan ismlarning qo’yilishi ham bu fikrni dalillaydi. Shuningdek, malla ­yetuklik, oq-poklik, tozalik, yashil-yoshlik kabi ma’no­larni anglatgan.
Yuqorida aytilgan fIkrlarning hammasi jamlangan holda mifik dunyoqarash belgilari hisoblanadi. Bu belgilarning shakllanish davri, paydo bo’lish muddati shu qadar qadimiyki, ularni yillar, o’n yillar, yuz yillar bilan emas, balki ming yillar bilan o’1chash mumkindir.
Uzoq qadim zamonlarda odamlarni hayratga soladigan savollar juda ko’p bo’lgan. Xususan, inson va tabiat qanday paydo bo’ldi, tabiatdagi o’zgarishlar nimalar oqibatida ro’y beradi, nima uchun yomg’ir yog’adi, yer qimirlaydi kabi muammolar ajdodlarimizni topishga majbur qilgan. Bu paytlarda ham hali yozuvlar, quyosh, yer, osmon tushunchalari haqidagi ilmiy sharhlar bo’lmagan. Natijada, o’tmish ajdodlarimiz butun dunyoni qandaydir ilohiy kuchlar yaratgan bo’lishi mumkinligini o’ylab topadilar. Ularning tasavvurlarida bu ilohiy kuchlar asosan ikki toifaga bo’lingan edi. Birinchi toifani odamlarga yordam beradigan xudolar, ikkinchi toifani zarar keltiruvchi xudolar deb tasavvur qilganlar. Shunday qilib, dunyoning, insoniyatning, tabiatning, odamlarning paydo bo’lishi haqidagi eng qadimgi sodda hikoyalarni miflar deb atash qabul qilingan. Mahmud Koshg’ariy o’zining «Devonu lug’otit turk» asarida «sav» so’zining ma’nosini beradi. Olimlarning ta’kidlashicha, bu so’z ota-bobolarimizning aytgan birinchi gaplaridan iboratdir. «Savlashmoq» esa ota­lar so’zini eslab suhbatlashishni anglatadi. Ma’lum bo’ladi­ki, «sav» so’zini ham mif ma’nosiga yaqinligi bor. Shu­ningdek, o ‘tgan asrlarda yaratilgan ilmiy adabiyotlarda arab tilidan kirib kelgan asotir so’zini ham eslash mumkin. Chunki bu so’z ham o’z ma’nosi jihatidan mif atamasiga yaqin turadi. Ammo hozirgi zamondagi ilmiy adabiyotlarda va folklorshunoslikka oid tadqiqotlarda mif so’zini qo’llash qabul qilingan. Shuning uchun «sav» (turkiy), «asotir» (arab), so’zlari o’rnida «mif»ni qo’llash maqsadga mu­vofiqdir. O’zbek ensiklopediyasida «mif» yunoncha «mif­hos»dan olingan bo’lib rivoyat, afsona tushunchalarini anglatishi qayd etiladi Ayni paytda «mif… – koinot va ha­yotning paydo bo’lishi, tabiat hodisalari, xudolar va afso­naviy qahramonlar haqida ibtidoiy zamon kishilari tushun­chalarining badiiy ifodasi» - deb belgilab qo’yilgan. Shun­day qilib, mif deganda, eng qadimgi afsona, rivoyat, hikoya­larni tushunish mumkin. O’rta Osiyoda yashaydigan xalqlar­rung o’tmish hayoti bilan bog’liq miflarnnig dastlabki namu­nalari «Avesto» kitobida uchraydi. Bu kitobda yaxshilik va yomonlik kuchlari Mitra, Anaxita, Kayumars, Yima (Jam­shid), Gershasp (Elikbek) timsollarida namoyon bo’lgan.
Mitra. Odamlar tasavvurida nur taratuvchi, insoniyatga yaxshilik keltiruvchi xudo sifatida paydo bo’lgan Mitrani hech qanday yovuz kuch yenga olmas edi, chunki u qilich kesmaydigan, nayza o’tmaydigan, suvda cho’kmaydigan, hatto o’tda yonmaydigan fazilatlarga ham ega edi. Shuning uchun urushga otlanishda, ovga chiqishda, dehqonchilik va chorvachilikda odamlar Mitrani o’z qatorlarida turgan kuch-quvvat sifatida his qilishga odatlanishadi. Nisbatan keyin paydo bo’lgan va turkiy xalqlar o’rtasida ko’p shuhrat qozongan «O’g’uznoma», «Kitobi Dadam Qo’rqut»larda ham o’tmish ota-bobolarimiz o’zlariga homiy, mehnat jarayonlariga yordam beruvchi tayanch qahramonlarni tasavvur qilganlar.

  1. Mifni o’rganuvchi fan mifologiya deb ataladi. Mifologiyada 3 ta asosiy tushuncha muhim hisoblanadi.

  2. Totem.

  3. Fetish.

  4. Anima.

Totem – deganda, biz dunyodagi turli xalqlar hozirgi paytgacha o’zlariga homiy deb bilgan hayvonlarni tushu­namiz. Jumladan, burgut, sher, yo’lbars, bo’ri, ilon (ajdar); humo kabi hayvonlar va qushlar ko’p xalqlarda alohida e’zozlanadi. O’zbek xalqi hozirgi paytda ham yo’lbars, ilon, bo’ri, ayiq, tuya, ot, qo’y, qaldirg’och, burgut, baliq kabi qushlar va hayvonlarga hamisha hurmat bilan qaraydilar. Ularning yashash joylarini sababsiz buzish, o’zlarini biron ehtiyoj sezmagan paytda bezovta qilish, o’ldirish gunoh hisoblangan. Ayni paytda, safardagi odamning bo’rini, burgutni, oq tuyani uchratishi yaxshilik belgisi hisoblangan. Hatto bu mavjudotlarni tushda ko’rishni ham yaxshilikka yo’yganlar. Ma’lum bo’ladiki, totemizm belgisi o’zbek xalqining maishiy hayotida shu paytgacha o’z ta’siriga ega. Shunday qilib, yer kurrasining turli hududlarida yashaydi­gan xalqlar tabiiy sharoitlarga qarab, turli narsa, hayvon va qushlarni o’zlariga homiy deb bilganlar: hatto, hozir ham bayroqlariga, gerblariga ularning tasvirini ramz sifatida ki­ritganlar. O’zbekiston Respublikasi bayrog’ida oy va yulduzlar, gerbida humo ana shunday timsol sifatida muhrlanib qolganligini eslang.
Qashqadaryo viloyatida tug’ilgan farzand hayotdan ko’z yumaversa, oila boshlig’i – ota toqqa chiqib bo’ri ovlagan. Bo’rini o’ldirib, uning lunjini kesib yangi tug’ilgan chaqaloqni o’tqazishgan, terisini beshikning tagiga solish­gan, tishlari va tirnog’ini beshikka o’yinchoq qilib osib qo’yishgan. Bu bilan yangi tug’ilgan go’dakka bo’rining homiylik qilishi belgilangan. Endi bo’ri uni turli ins-jinslardan hamisha asraguvchi homiyga aylangan. Bolaga esa Bo’riboy, Gurkiboy, Bo’ritosh, Bo’rixon deb ism qo’yish­gan. Buni qarang-ki, aynan ana shu farzand keyinchalik uzoq umr ko’rgan. Bu hollarning qanchalik hayot haqiqati­ga mos kelishini hozirgi zamon ilmi ham izohlay olmaydi.
Badiiy tafakkurning mflarda ifodaldnishi ta’sirida sekin- asta xalq og’zaki ijodi namunalari badiiy jihatdan mukammal asar sifatida paydo bo’la boshladi.
Bu o’rinda N.M.Mallayevning “O’zbek adabiyoti tarixi” kitobidan Kayumars, Jamshid mifini misol sifatida keltirish maqsadga mufofiqdir.
Mifologiyaga ko’ra, Gaya Martin (Kayumars-u Gavomard, ya’ni ho’kiz-kishi, deb ham yuritilgan), yer yuzida paydo bo’lgan birinchi odam bo’lib, go’yo u Axura Mazda (Xurmuz) tomonidan yaratilgan va ikki vujuddan: ho’kizdan va odamdan tashkil topgan ekan. Insoniyatning ashaddiy dushmani bo’lgan Axriman Kayumarsni o’ldiradi. Kayumars jasadining ho’kiz qismidan 55 xil don, 12 xil o’slimlik, sigir va ho’kiz, ulardan esa 272 xil foydali hayvonlar paydo bo’ladi; odam qismidan insonning erkak va ayol jinsi hamda metall vujudga keladi. Shunday qilib, Kayumars birinchi inson va insoniyat hayotining ibtidosi sifatida tasvirlanadi. Kayumars yozma adabiyotda ham qayta-qayta uchraydi. Jumladan, u Firdavsiyning «Shoh­ noma»sida kishilarni zulmatdan, g’orlarda yashashdan qutqarib, uy-joy va shaharlar bino qilgan qahramon shoh sifatida gavdalantiriladi. Kayumars obrazi tasviriy san’atda ham ma’lum iz qoldirgan. 1932 yilda Tali Barzuda (Samarqand yaqinida) topilgan sopolga ishlangan surat shuni ko’rsatadi. Bu suratda gavdasining pastki qismi ho’kiz, yuqori qismi odam bo’lgan bir shakl tasvirlangan. Yima (Jamshid) ham Kayumars kabi najotkor qahra­man sifatida tasvirlanadi. «Avesto»da bayon etilishicha, u adolatli hukmron bo’lib, uning davrida qahraton sovuq va jazirama issiq ham, qarish va o’lish ham bo’lmagan ekan. Jamshid yer yuzini uch baravar kengaytiradi, chorvani va turli xil qushlarni nihoyatda ko’paytiradi… Biroq qahraton qish boshlanib, kishilarga ofat keltiradi. Qish o’tib, qor- muzlar erib, yaylovlarni suv bosadi. Shunda Jamshid yana najotkor bo’ladi. U katta g’ovlar qurib kishilarni va ularning mol-mulkini suv toshqinidan saqlab qoladi, uy-joylar qura­di, ariqlar ochadi. Shunday qilib, Kayumars va Jamshid mifologik obraz­lari Axriman va uning devlariga qarshi kurashda xalq najotkori sifatida tasvirlanadi, kishilarning ma’naviy g’alabasi va o’z kelajagiga ishonchini ifodalaydi. Jamshid obrazining ayrim qadimgi izlari o’zbek xalqining «Kitobi Jamshid» asarida ham saqlangan. Xalq ijodida mifologik obrazlar bilan birga afsonaviy qahramonlar obrazi ham vujudga keladi. Bu qahrmonlar kishilarning osoyishtaligi va baxt-saodati uchun kurashib, fidokorlik ko’rsatadilar. Biroq bu kurash dastlabki davrlar­ da ko’pincha ajdar, dev va jin kabi g’ayritabiiy kuchlarga qarshi qaratiladi. Ajdar, dev, jin va boshqalar ayni zamonda har xil yomonlikning timsoli sifatida gavdalanuvchi simvolik obrazlardir. Eng muhimi shundaki, kishilar jami­yat va tabiatdagi baxtsizlik hamda turli ofatlarning sababi va mohiyatini tushunolmagan bo’lsalar ham, o’z kuch-quvvat­lariga ishonganlar, «ajdar», «dev» va «jin»lar ustidan g’alaba qozonuvchi Gershasp va Elikbek kabi o’lmas bahodirlar obarzini yaratganlar. Bunday afsonalarning hayotiy aha­miyati ham ana shunda.
Shunday qilib, miflar ikki-uch ming yil oldin yaratilgan eng dastlabki sodda hikoyalar namunasidir.
4. Afsonalar dunyodagi deyarli hamma xalqlar og'zaki ijo­dining eng qadimgi, aziz va ommaviy janrlaridandir. Ularda tarixiy hayotda ro'y bermagan bo'lsa-da, ro'y berishi mumkin bo'lgan voqealar hikoya qilinadi. Badiiy to'qima bu janr asarlarining asosiy xususiyati hisoblanadi. Shuning uchun olimlar afsonalarning ayrimlarini ertaklarga teng­lashtirganlar. Ayrim afsonalar esa miflarga o'xshab ketadi. Bunday namunalarda biror narsa-predmetning paydo bo'lishi, rasm-rusum yoki odatlarning boshlanishi haqida ma'lumot beriladi. Ammo miflar mazmunan afsonalardan farq qiladi. Jumladan, avval qayd qilganimizdek, miflarda asosan dunyoning, odamning, butun koinot va borliqning yaratilishi haqida sodda tarzda hikoya qilinadi. Shuning uchun ham afsonalar miflardan keyin, ertaklardan oldin paydo bo'lgan degan taxminni bildirish mumkin.
Mahmud Koshg'ariy «Devonu lug'otit turk» asarida «sav» so'ziga bir necha izohlar keltiradi:
«saw - otalar so'zi,
saw - qissa. Qadimgi voqealardan xabar berish, aytish. saw - hikoya. Biror voqeani aytib berish.
saw - risola. Xat, kichik kitobcha.
saw - so'z, nutq.
saw - ilgarigi xabarlar, yangiliklarni yetkazuvchi». 1
Yuqoridagi izohlardan biri «ilgarigi xabarlar» mazmu­nan hozirgi paytda biz tushunadigan afsonalarga mos kela­di. Ammo bu izohlarda ajdodlarimizning bir so'z bilan juda ko'p ma'noni bildirishganini qayd etish ma'quldir.
Afsona forscha (afsona) so'zdan olingan bo'lib, yo'q narsani borday qilib ko'rsatish, ya'ni jodulash, to'qish, uydirma qilish ma'nosini anglatadi. Ba'zan tomoshalarda ko'z boylagichlarni afsungar deb atashadi. Yoki haqiqatga to'g'ri kelmaydigan gap eshitib qolsak ham afsona bo'lsa kerak deb o'ylaymiz.
Afsonalar ijro etilishi jihatidan ertak, doston, qo'shiq, askiya kabi alohida tayyorgarlik ko'rishni talab qilmaydi. Shuning uchun bu namunalarda matnga xos maxsus an'ana ko'zga tashlanmaydi. Ularda sehrli voqea-hodisalar shu­naqa tasvirlanadiki, odam tinglayotganini o'zi ham bilmay qoladi.
Ma'lumki, qadim zamonlardan ajdodlarimiz diniy e'tiqodlarga berilib kelganlar. Shuning uchun afso­nalarning ko'pchiligi payg'ambarlar, avliyolar hayotidan olingan voqealarni eslatadi: «Kunlardan bir kun Muso payg'ambar xudo oldiga ketayotgan ekan, erta bahor bo'lishiga qaramay, don ekayotgan dehqonni ko'rib qolibdi. Muso unga hali don ekishga erta ekanini aytib­di. Dehqon tajribasiga ishonib, uning gapini rad qilibdi. Xudo bilan suhbatda Muso bu munozara yechimini so'raganida, xudo dehqonning haq ekanini, ammo Muso gapini endi inobatga olish kerakligini bildiribdi. Shunday qilib, Muso xudo oldidan qaytayotganida, havo sovugan, qor shamoli esayotganmish. Dehqon esa hayron bo'lib, osmonga qararmish. Shunda Muso o'zining haq ekani­ni dehqonga eslatibdi. Dehqon istehzo bilan kulib, «don ekish vaqti kelishga-ku kelgan, havoning bu buzilishi mening sen bilan tortishganim oqibatidir” - deb javob beribdi. Shu-shu ekish paytida havo buzilsa, dehqonning payg'ambar gapiga ko'nmaganini eslasharkan».
Yuqoridagi misoldan mazkur afsonani mazmunan saqlagan holda boshqacharoq aytish ham mumkinligi' bili­nib turibdi. Afsonalar mazmunan turlicha bo'lishi mumkin. Ularni shartli ravishda asotiriy tushunchalar, koinot jism­lari, o'rin-joy nomlari, urf-odatlarni sharhlovchi afso­nalarga ajratish mumkin.
2. Asotiriy afsonalarda qadimda yashagan ajdodlarimiz o'zlariga homiy deb hisoblagan shaxslarni ulug'laganlar. Diniy e'tiqod masalalarini yoritganlar. Masalan, xalqimiz har bir insonning taqdiri tangri tomonidan belgilangan bo'ladi, ammo inson xatti-harakati, niyati bilan o'z qisma­tini o'zgartirishi mumkin, degan tushuncha bor. Shu f1krni dalillash uchun shunday afsona keltiriladi: «Muso kunlar­dan bir kun tangri oldiga ketayotganida, yo'lda oyoq-qo'li yo'q majruh bir odamni ko'ribdi. Odam undan o'zining taqdiriga jannat yoki do'zax yozilganini bilib berishni so'rabdi. Tangri payg'ambarga: «U odamning oxirgi joyi do'zax bo'ladi. Chunki umr bo'yi uni yemak-ichmakka muhtoj qilmadim, ammo biron marta «Xudoga shukr» demadi», - debdi. Muso payg'ambar qaytishida haligi odam undan javob kutibdi. Payg'ambar haligi gapni aytibdi. Shunda odam: «Bo'lmasa xudoga ayt, men o'lganimda tanamni shunaqa katta qilib yuborsinki, boshqa hech kimga do'zaxdan joy qolmasin», - debdi. Ana shu gapdan keyin bechora banda jannati bo'lgan ekan».
Xalqimiz orasida «shirin qiz», «oyda nima uchun dog' bor», quyosh bilan oyning bir oilada yashagani, yulduzlar ularning bolalari ekani haqidagi afsonalar ko'p. «Qonqus», «Kuygan yor», «Oshoba», «Andijon», «Tuya cho'kdi» kabi yuzlab afsonalar borki, ulardan yozuvchilarimiz ham o'z ijodlari davomida foydalanadilar.
Shu bilan birga ba'zan xalqimiz yashaydigan ayrim hududlardagi beruvchi afsonalarga ham duch kelamiz. Masalan, O'zbekistonning turli viloyatlarida yashaydigan aholining bevosita hududiy xususiyatlari borli­gi hammaga ma'lum. Xususan, Farg'ona viloyatida istiqo­mat qiluvchi yurtdoshlrimiz umuman mehmondo'stliklari­dan tashqari sertakalluf ekanliklari bilan nom chiqarganlar. Ular o'z mehmonlari ko'nglini olish uchun «oling-oling»ni juda ko'p va tez-tez takrorlaydilar. Ammo xorazmliklar mehmondo'stlikda farg'onaliklardan qolishmasalarda, ortiqcha «oling-oling» bilan mehmonga murojaat ham qilavermaydilar. Xorazm viloyatida o'tkazilgan ekspedit­siyalarda bu haqda so'raganimizda, quyidagi afsonani aytib berishdi:
«Xorazm Hirot podsholigi tarkibida ekanida, Hirot shohining o'g'li Xorazmga mehmonga kelibdi. Bu yerda uni katta tantanalar bilan kutib olishibdi va quyuq ziyofatlar uyushtirishibdi. Ammo shahzoda kelgan kunining ertasiga­yoq jahl bilan o'z yurtiga qaytajagini bildiribdi. Xorazmshoh juda iztirob chekib, bu qadar tez yo'lga otlanish sababini mehmondan so'rabdi. Mehmon xafa bo'lish sababini ayt­may o'z yurtiga ketish taraddudini ko'raveribdi. Karvon yo'lga tushay deganda, Xorazmshoh shahzoda otining tizginini ushlab, o'z xatosini ko'rsatishni so'rabdi. Shunda shahzoda:
- Kecha oqshom men dasturxondan bir parcha go'sht olib yeya boshlaganimda, siz, «shahzodam», - dedingiz va go'shtga yopishib qolgan bir qilni olib tashladingiz. Men yeyayotgan go'shtdagi qilni ko'rgan ko'zingiz, go'shtni ko'rmaydimi?» - debdi. Shundan keyin Xorazmshoh butun tumanlarga jarchi yuborib, farmon e'lon qilibdi: «Xorazm viloyatiga kimda-kim mehmon bo'lib kelsa, uning oldiga holi-baqudrat dasturxon yozing. Yemagini, ichma­gini ziyoda qilib qo'ying. Ammo mehmonning taom tanovul qilishiga aslo aralashmang». Shu voqeadan buyon bu yerliklar mehmondo'stlikni tark etmaganlari holda mehmonni ortiqcha «oling-oling» bilan qiynamaydilar».
Afsonada ma'lum bo'ladiki, xorazmliklar mehmon­do'stligi o'ziga xos fazilatga ega ekan. Bu odatning qadimiy afsona bilan izohlanishi yana ham ajib taassurot qoldiradi.
Yuqoridagi afsona mazmuniga e'tibor qilsak, unda ha­yotda ro'y berishi mumkin bo'lmagan hech qanday lavha yo'q. Undagi voqea ham, savol-javob ham eshitgan odam­da hech qanday shubha qoldirmaydi. Ammo bu voqeaning aniq ro'y bergani haqida ham hech qanday hujjatli dalillar yo'q.
Shuning uchun bu afsonaning hayot haqiqatiga qan­chalar mos kelishi yuzasidan aniq hukm chiqarish mushkul. Afsonalarning qiziqligi, ularning inson diqqatini jalb qilish sabablari ham, ehtimol, shu xususiyat bilan izohlanadi. Bunday asarlaming matnida ertaklarga xos bayon usuli, voqea tanlash tamoyillari ko'zga yaqqol tashlanib turadi. Quyidagi afsonada bu fIkr yana bir karra o'z tasdig'ini topa­di:
«Xudo dunyodagi hamma xalqlarga yer yuzidagi yer­larni bo'lib beribdi. O'zi bilan o'zi ovora o'zbek o'sha taqsi­motga ham kechikib boribdi. Bu paytda o'zbek olishi mumkin bo'lgan yerning o'zi qolmagan ekan. Xudo rahm­dil emasmi?! Shuning uchun o'zbekka: - Mayli, men o'zimga ikki daryo oralig'idan bir parcha yer olib qo'ygan edim, shu joyga sen egalik qilaqol, - degan ekan. Shu-shu o'zbek hozir O'zbekiston deb ataluvchi yurtda istiqomat qilarmish... Bu o'lkaga xudoning nazari tushgani uchun kuzda dalada qolib ketgan ketmon bahorda novda chiqarib gullarmish» .
Ko'ryapmizki, xalqimiz afsonalarni yaratishda juda ijodkor. U o'z hayotiga tegishli har bir voqea-hodisaga, an'anaga, joy nomlariga, hatto o'zi yashayotgan vatanga mehr bilan munosabatda bo'lgan va xalq og'zaki ijodining boshqa janrlari qatori afsonalar vositasida o'z munosabatini bildirgan. Afsonalar esa ajdodlarimiz tomonidan hayot tajribasi xulosasi sifatida yaratilgan.
Demak, afsonalar xalq og'zaki ijodining epik turidan biri ekan. Ularda tasvirlangan voqealar asosan ijodiy to'qimalar zaminida yaratiladi. Bu janr namunalariga aytib beruvchi shaxs asar mazmunini saqlagan holda ma'lum o'zgartirishlar kiritishi mumkin. Afsonalarda mazmun jihatidan xilma-xil voqealar hikoya qilinadi. Bu jihatdan ular asotiriy voqealami, kosmogonik jismlarni, o'rin-joy nomlarini, odatlarni izohlovchi turlarga bo'linadi. Ular xalqimiz tarixini o'rganishda turli urf-odatlar, rasm-rusum­lar, an'analarni sharhlashda, joy nomlarini izohlashda muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin