Kelishilgan



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə8/43
tarix16.10.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#156208
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43
XIO Majmua

3. Rivoyatlar afsonalardan hayot haqiqatiga anchayin yaqinligi bilan farq qiladi. Agar afsonalar to'laligicha ajdod­larimiz tomonidan o'ylab topilgan to'qima hikoyalardan iborat bo'lsa, rivoyatlar hayotda ro'y bergan qandaydir ta­rixiy voqealarga asoslanadi. Ular mazmunan afsonalardan deyarli farq qilmaydi, ammo bu asarlar zaminida aniq ta­rixiy dalil ildizi mavjud bo'ladi. Rivoyatlaming o'ziga xosligini ana shu xususiyat bilan izohlash mumkin. Bu asar­lar ko'pincha sodir bo'lgan tarixiy voqea ishtirokchisi tomonidan yozib qoldiriladi yoki aytib beriladi. Ajdoddan avlodga meros sifatida o'tib bizgacha yetib keladi. Shuning uchun rivoyatlar o'tmish voqealari haqida bizga ma'lumot berishi bilan qiziqarlidir. Ularda tariximiz sahifalari, mashhur allomalar hayotidan lavhalar, mardlarning jasurligi, ayrim joy nomlarining paydo bo'lishi o'z aksini topadi.
Rivoyatlar ham afsonalar kabi mazmunan ayrim turlarga bo'linadi. Rivoyatlar mazmunini tarixiy shaxslar hayoti va o'rin-joy nomlari bilan bog'liq asarlar tashkil etadi. Tarixiy rivoyatlarda xalqimiz ozodligi uchun jon_ fido qilib kurashgan mardu maydon farzandlar jasorati yoki o'zining manfaati yo'lida butun yurtdoshlarini dushman qo'liga tutib bergan xoinlaming xiyonati hikoya qilinadi. Bu bilan xalq mardligi, jasorati ham, xoinning xiyonati ham unutilmasligini ta'kidlgandek bo'ladi. Xususan, ularda To'maris, Shiroq, Jaloliddin, Temur Malik, Amir Temur kabi haqiqiy insonlar hayoti aks ettirilgan. Bu shaxslar o’z vatanlarini ichki va tashqi dushmanlardan himoya qilishda biz ushun haqiqiy ibrat bo’la oladilar.
5. Yuqorida aytilganlardan quyidagi xulosalarga kelish mumkin: rivoyatlar xalq og'zaki ijodini epik turiga kirgan ommaviy janrlardandir.
Ular afsonalardan farqli o'laroq hayotda ro'y berishi mumkin bo'lgan voqea-hodisa asosida yaratiladi.
Rivoyatlar mazmuniga ko'ra tarixiy va toponimik (o'rin-joy nomlari izohi) turlarga bo'linadi.
Bunday asarlar voqeaga guvoh bo'lgan shaxslar tomonidan yozib qoldiriladi yoki avloddan avlodga og'zaki tarzda merosga aylanadi.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin