14
133.KAFEDRA KABINET MUDIRI LAVOZIM VAZIFALARI:
Har bir o‘tiladigan o‘quv mashg‘ulotlari oldidan o‘quv kabinetlarini o‘quv
dasturlari va
rejalariga asosan ko‘rgazmali o‘quv qurollari bilan ta’minlash;
Kafedra metodik kabinetini kutubxonadan olingan yangi o‘quv va metodik adabiyotlar bilan
ta’minlash;
Texnik-o‘quv vositalarini qo‘llab professor-o‘qituvchilarga dars o‘tishda amaliy yordam
berish;
Kafedradagi texnik ko‘chirish ishlarini bajarish;
Kafedradagi o‘quv kabinetlarining sanitariya-gigiena holati ustidan nazorat qilish;
Kafedra mudirining qonuniy topshiriqlarini bajarish;
Mehnatni
muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga
rioya qilish;
Institut jamoat ishlarida qatnashish va jamoat topshiriqlarini bajarishni o‘z zimmasiga olish;
Axborot kommunikatsiya texnologiyalarni puxta bilish;
Institut
ichki tartib qoidalari, odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati talablariga rioya
qilish.
Bilishi kerak:
O‘zbekiston
Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari va Farmoyishlari,
Oliy Majlis va
Vazirlar Mahkamasining ta’lim, sog‘liqni saqlash va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini
moxiyatini bilish;
Malaka talablari:
Namunaviy
shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli,
ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik
va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil
qaror qabul qilish va ish
tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash
xususiyatlariga
ega bo‘lishi;
Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi
zarur.
Klassifikator bo‘yicha:
№
Kasb, lavozim
kodi
Lavozim
nomi
KKMS
Xodimlar
kategoriyasi
Xodimning ma’lumoti
talablari
1754
2
Kabinet
mudiri
1239
B
Oliy ma’lumot