«келишилган»



Yüklə 175,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix26.10.2023
ölçüsü175,75 Kb.
#161528
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Профессор-укитувчига-талаблар

Klinik kafedralarda: 

Klinik bazalarda joylashgan kafedralarda xar xaftada bir marta barcha bemorlarni ko‘rikdan 
o‘tkazish. 

Og‘ir bemorlarni muntazam ko‘rib borish, davolash jaraenini tashkil etish. 

Sanaviatsiya bo‘yicha xamda otalik ishlarini tashkil etish va muvofiklashtirish. 
Bilishi kerak: 
O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari va Farmoyishlari, Oliy Majlis va 
Vazirlar Mahkamasining ta’lim, sog‘liqni saqlash va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini 



moxiyatini bilish;
 
Malaka talablari: 

Pedagogik faoliyatida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim 
sohasida ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga 
ega; 

Institutda bakalavr va magistrlar tayyorlash yo‘nalishlari va mutaxassisliklaridan biri 
bo‘yicha fan doktori yoki nomzodi ilmiy darajasiga, professor ilmiy unvoniga ega bo‘lishi;
 

Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik 
va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish 
tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga 
ega bo‘lishi zarur.
 
Klassifikator bo‘yicha: 
№ 
Kasb, lavozim 
kodi 
Lavozim 
nomi 
KKMS 
Xodimlar 
kategoriyasi
Xodimning ma’lumoti 
talablari 
5901 

Professor
2310 

Oliy ma’lumot 
 
129. KAFEDRA DOTSENTI LAVOZIM VAZIFALARI: 
 

Barcha o‘quv bo‘yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv 
rejalarda belgilangan ma’ruzalar, laboratoriya, amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak 
nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;

Talabalarning malakaviy amaliyotiga, kurs loyihalariga (ishlariga), bitiruv malakaviy 
ishlariga, magistrlik dissertatsiyalariga, shuningdek, mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;

Talabalar bilimining reyting nazoratini amalga oshirish;

Talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish; 

Rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob 
beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash; 

Kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa 
taqdim etish, shuningdek, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarga taqriz va 
xulosalar tayyorlash; 

Darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash, shuningdek, oliy o‘quv 
yurti rektoratining topshirig‘iga binoan qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv 
uslubiy adabiyotlar, jumladan, xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilganlarga xulosalar 
tuzish;

Nodavlat ta’lim muassasalarining buyurtmalari bo‘yicha zaruriy o‘quv uslubiy adabiyotlarni 
tayyorlashda ishtirok etish; 

Iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni olimpiada va tanlovlarda, jumladan, “Iste’dod” 
jamg‘armasi tanlovida ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil tayyorlanish shakl va 
uslublarini takomillashtirish; auditoriya ishlarini optimallashtirish hisobiga mustaqil tayyorlanish 
hajmini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish; 

Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy tadqiqot 
ishlarini muhokama etish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, tugatilgan ilmiy 
ishlarni nashr etishga tavsiya berish;

Ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash; talabalarning ilmiy 
tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish; katta ilmiy xodim va mustaqil izlanuvchilarga rahbarlik qilish. 

Tajribali o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi 
pedagogik texnologiyani joriy etish;

Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan o‘qituvchilarga pedagogik mahoratini 
egallashda yordam berish; axborot bazasini yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida 
zamonaviy o‘quv texnika vositalaridan va yakka tartibda o‘qitish, mustaqil ta’lim olish 
vositalaridan foydalanish;

Masofali ta’lim tizimini rivojlantirish; xorijiy o‘quv yurtlarining ish tajribasini yoritib 
borish; 




Raqobatbardosh va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash; kafedra a’zolari yoki rektorat 
topshirig‘iga binoan boshqa tadqiqotchilar tomonidan himoyaga taqdim etilgan dissertatsiyalarni 
ko‘rib chiqish; ta’lim hujjatlarining ekvivalentligini belgilash bo‘yicha ekspert guruhlari tarkibida 
ishtirok etish; 

Byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish, shuningdek, ilmiy texnikaviy yordam ko‘rsatish 
maqsadida sanoat, qishloq xo‘jalik korxonalari, kooperativlar, dehqon, fermer va boshqa xo‘jaliklar 
bilan aloqa o‘rnatish; 

Oliy o‘quv yurtini bitirganlar va mazkur kafedrada katta ilmiy xodim va mustaqil 
izlanuvchilar institutini o‘taganlar bilan muntazam aloqalarni tashkil etish; 

Kafedra profili bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;

Ta’lim xizmati ko‘rsatish tizimini keng rivojlantirish; 

Xorijiy hamkorlar, ilmiy va ta’lim muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish; 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20 avgustdagi 242-son qarori 
bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va 
ularning malakasini oshirish kurslari to‘g‘risida”gi Nizomga asosan o‘z malakasini oshirib borish; 

Institut jamoat ishlarida qatnashish va jamoat topshiriqlarini bajarishni o‘z zimmasiga olish; 

O‘ziga biriktirilgan guruxda kuratorlik faoliyatini olib borish. 

Axborot kommunikatsiya texnologiyalarni puxta bilish; 

Institut ichki tartib qoidalari, odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati talablariga rioya 
qilish. 

Yüklə 175,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin