«келишилган»



Yüklə 175,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix26.10.2023
ölçüsü175,75 Kb.
#161528
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Профессор-укитувчига-талаблар

Klinik kafedralarda: 

Klinik bazalarda joylashgan kafedralarda xar xaftada bir marta barcha bemorlarni ko‘rikdan 
o‘tkazish. 

Og‘ir bemorlarni muntazam ko‘rib borish, davolash jaraenini tashkil etish. 

Sanaviatsiya bo‘yicha xamda otalik ishlarini tashkil etish va muvofiklashtirish. 
Bilishi kerak: 
O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari va Farmoyishlari, Oliy Majlis va 
Vazirlar Mahkamasining ta’lim, sog‘liqni saqlash va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini 
moxiyatini bilish;
 
 
Malaka talablari: 

Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik 
qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida 
tegishli bilim va ko‘nikmalarga; 

Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, 
xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, 
mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, institut strategik 
maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi; 

OTMda bakalavr va magistrlar tayyorlash yo‘nalishlari va mutaxassisliklaridan biri bo‘yicha 
fan doktori yoki nomzodi ilmiy darajasiga, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lishi zarur. 

Yo‘nalishi bo‘yicha kamida 5 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur. 
 
Klassifikator bo‘yicha: 
№ 
Kasb, lavozim 
kodi 
Lavozim nomi 
KKMS 
Xodimlar 
kategoriyasi
Xodimning 
ma’lumoti 
talablari
1759 

Kafedra mudiri
1239 

Oliy 
ma’lumot
 
128. KAFEDRA PROFESSORI LAVOZIM VAZIFALARI: 
 

Barcha o‘quv shakllari bo‘yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan 
o‘quv rejalarda belgilangan ma’ruzalar, laboratoriya, amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni 
yuksak nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish; 

Talabalarning malakaviy amaliyotiga, kurs loyihalariga (ishlariga), bitiruv malakaviy 
ishlariga, magistrlik dissertatsiyalariga, shuningdek, mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;

Talabalar bilimining reyting nazoratini olib borish;

Talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish; 

Rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob 
beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash; 

Kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa 
taqdim etish, shuningdek, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarga taqriz va 
xulosalar tayyorlash; 

Darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash, shuningdek, oliy o‘quv 
yurti rektoratining topshirig‘iga binoan qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv 



uslubiy adabiyotlar, jumladan, xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilganlarga xulosalar 
tuzish; 

Boshqa ta’lim muassasalarining buyurtmalari bo‘yicha zaruriy o‘quv uslubiy adabiyotlarni 
tayyorlashda ishtirok etish; 

Iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni olimpiada va tanlovlarda, jumladan, “Iste’dod” 
jamg‘armasi tanlovida ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil tayyorlanish shakl va 
uslublarini takomillashtirish;

Auditoriya ishlarini optimizatsiyalashtirish hisobiga mustaqil tayyorlanish hajmini oshirish 
bo‘yicha choralar ko‘rish; 

Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, katta ilmiy xodim va mustaqil izlanuvchilarga rahbarlik 
qilish, tugallangan ilmiy tadqiqot ishlarini muhokama etish va ularning natijalarini ishlab 
chiqarishga joriy etish, tugatilgan ilmiy ishlarni nashr etishga tavsiya berish;

Ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasii ta’minlash; talabalarning ilmiy 
tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish; 

Tajribali o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi 
pedagogik texnologiyani joriy etish;

Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan o‘qituvchilarga pedagogik mahorati 
egallashda yordam berish; 

Axborot bazasini yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida zamonaviy o‘quv 
texnika vositalaridan va yakka tartibda o‘qitish, mustaqil ta’lim olish vositalaridan foydalanish;

Masofali ta’lim tizimini rivojlantirish;

Xorijiy o‘quv yurtlarining ish tajribasini o‘rganib borish; 

Raqobatbardosh ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash; kafedra a’zolari yoki rektorat 
topshirig‘iga binoan boshqa tadqiqotchilar tomonidan himoyaga taqdim etilgan dissertatsiyalarni 
ko‘rib chiqish;

Ta’lim hujjatlarining ekvivalentligini belgilash bo‘yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok 
etish; 

Byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish, shuningdek, ilmiy texnikaviy yordam ko‘rsatish 
maqsadida sanoat, qishloq xo‘jalik korxonalari, kooperativlar, dehqon, fermer va boshqa xo‘jaliklar 
bilan aloqa o‘rnatish; 

Oliy o‘quv yurtini bitirganlar va mazkur kafedrada katta ilmiy xodim va mustaqil 
izlanuvchilar institutini o‘taganlar bilan muntazam aloqalarni tashkil etish; 

Kafedra profili bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;

Ta’lim xizmati ko‘rsatish tizimini keng rivojlantirish;
 

Xorijiy hamkorlar, ilmiy va ta’lim muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish; 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20 avgustdagi 242-son qarori 
bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va 
ularning malakasini oshirish kurslari to‘g‘risida”gi Nizomga asosan o‘z malakasini oshirib borish; 

Institut jamoat ishlarida qatnashish va jamoat topshiriqlarini bajarishni o‘z zimmasiga olish; 

O‘ziga biriktirilgan guruxda kuratorlik faoliyatini olib borish. 

Axborot kommunikatsiya texnologiyalarni puxta bilish; 

Institut ichki tartib qoidalari, odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati talablariga rioya 
qilish. 


Yüklə 175,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin