Kenjaboyeva fotimaning


Ochiq eshiklar kuni yoki ota-onalar kuni



Yüklə 84,78 Kb.
səhifə6/7
tarix25.12.2023
ölçüsü84,78 Kb.
#195400
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7
Mahalla institutining bola rivojlanishidagi ro’l

3. Ochiq eshiklar kuni yoki ota-onalar kuni. Odatda maktab ta’tillari paytida o’tkaziladi. Uni tashkil etish shakllari xilma-xil bo’lishi mumkin. Bu tarkib topgan an’analarga va sinf rahbarining ijodkorligiga bog’liqdir. Bu bayram munosabatlari bilan, bolalar yasagan buyumlar ko’rgazmasi va savdo yarmarkasi, sport musobaqalari va h.k.lar bo’lishi mumkin.
Ochiq eshiklar kuni odatda 2-3 soat davom etadi va ota-onalarga maslahat berish bilan tugashi mumkin, buning uchun maktabga shifokor, yozuvchi, huquqshunos, otaliq korxonalari mutaxassislari taklif etiladi.
4. Ochiq dars. Ota-onalarning hozirgi ta’lim darajasida tashkil qilingan ochiq darslarni kuzatishi ularga farzandlariga o’qishda ko’maklashish imkonini beradi.
5. Maslahatlar berish savol-javob kechalari. Bunday kechalarga kamida bir oy oldin o’qituvchi va ota-onalar birgalikda tayyorgarlik ko’rishadi. Tayyorgarlik jarayonida barcha uchun aktual bo’lgan muammolar ko’tariladi. Ota-onalarning ehtiyojini yanada to’laroq qondirish uchun bunday kechalarga psixolog, tibbiyot xodimi, huquqshunos va h.k. larni taklif qilish mumkin.
6. Ota-onalar yig’ilishlari. An’anaviy tarkib topgan shakl bo’lib, hal qilinayotgan aniq vazifalarga bog’liq holda sinf yig’ilishlarini tashkiliy, chorak, yakuniy yig’ilishlarga bo’lish mumkin.
7. Biror mavzuga bag’ishlangan yig’ilishlar. Tarbiyaning eng dolzarb muammolari yuzasidan o’tkaziladi, ularda ota-onalar qo’mitasi va sinf rahbarining o’quvchilardagi u yoki bu sohadagi tarbiyalanganlik darajasi to’g’risida to’plagan materiallardan foydalaniladi.
8. Majlis - munozaralar. Ota-onalar e’tiborini tarbiyaning biror muammosiga jalb etish maqsadida o’tkaziladi. Munozara shaklidagi majlis oilaviy tarbiyaning eng o’tkir masalalarini tilga olish, xatolarini ko’rsatish, bu xatolarning oqibatlarini tahlil etish imkonini beradi.
9. Majlis praktikumlar. Ota-onalarning tarbiyaviy jarayonda ishtirok etishini faollashtirish, unga maqsadga yo’naltirilgan tus bag’ishlash maqsadida o’tkaziladi. Ota-onalar qo’mitasi navbatdagi majlisda ota-onalar oldiga bir oy mobaynida bolada muayyan xususiyatlar namoyon bo’lishini kuzatish, masalan, unda mehnatsevarlik darajasini belgilashdek aniq tarbiyaviy vazifani qo’yadi. Har bir oila uchun aniq savollar tuziladi va ko’paytiriladi: «Sizning farzandingiz doimiy topshiriqlarga egami: ularni istar-istamas yoki quvonch bilan bajaradimi? Oilaning boshqa a’zolariga ular mehnatida ko’maklashadimi?», va h.k. Maqsad oilada mehnat tarbiyasining ahvolini o’rganib, amaliy maslahatlar berish.

Yüklə 84,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin