Kenjaboyeva fotimaning


Mahalla oiladan, Vatan mahalladan boshlanadi



Yüklə 84,78 Kb.
səhifə4/7
tarix25.12.2023
ölçüsü84,78 Kb.
#195400
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7
Mahalla institutining bola rivojlanishidagi ro’l

Mahalla oiladan, Vatan mahalladan boshlanadi.
Mahallaga bo’lgan, Vatanga bo’lgan muhabbat oiladan boshlanadi. Fikrimizning dalili sifatida ma’lum citatalar keltirmoqchimiz: «Vatan onalar ko’zidagi poklikdan, ko’ylaklaridagi sut hididan boshlanadi» (Z. Mo’minova), «Biz bolalarimizda Vatanni beg’araz sevmoq hissini tarbiyalashimiz kerak «Vatan bolalarimiz beshiklari hijobi ortidan olamga tashnajon termilgan osmon toqi. Bu beshik Vatan ostonasidir. Kimki bir marta ana shu beshikka belansa, Vatanning bir parchasi uning joniga aylanadi. Bu «jonning joni» deb yuritiladi. U hatto jonning o’zi bilan-da chiqib ketmaydi. Demak, Vatan oiladan boshlanadi. «Bir bolaga yetti mahalla ota-ona» degan naql xalqimizning bola tarbiyasiga doim asosiy e’tiborni qaratib, mahalla mavqei hamda majburiyatini ta’kidlaydi. Mahalla o’z-o’zini boshqarishning milliy modeli bo’lib, ulkan tarbiyaviy vazifani bajaradi. Unda keksalarning pand–nasihati, kattalarning shaxsiy ibrati, jamoaning hamjihatliligi misolida kishilar ongiga ezgulik g’oyalari singdirib boriladi. Ayniqsa, milliy qadriyatlar mehr-oqibat Vatan sha’ni uchun kurash kabi fazilatlarni kamol toptirishda mahallaning o’rni beqiyos.
O’quvchilar tarbiyasida «Oila, mahalla, maktab» yuriqnomasining ahamiyati, tamoyillari, bosqichlari.
Tarbiya o’z tabiatiga ko’ra bir maqsadga qaratilgan yagona, uzluksiz jarayondir. U hamma joyda maktab va oilada, hovli va mahallada, jamoat to’planadigan joylarda amalga oshiriladi.
Maktab-tarbiya faoliyatini bir maqsadga qaratgan holda va pedagogik jihatdan malakali amalga oshira oladigan tarbiya o’chog’idir. Ota-ona bola tarbiyasida mahalla hamda maktab bilan muntazam ravishda hamkorlik qilish kerak.
Ba’zi bola o’zini oilada boshqacha, maktabda va ko’chada boshqacha tutadi. Bunga sabab ota-onaning bola tarbiyasiga, uning qiziqishlariga e’tiborni qaratmasligi, bolaning kamchiligi yoki aybi aytilgan paytda uni xaspo’shlashga harakat qilishidir. Natijada bolada tarbiya omillariga qiziqish susayadi, bilim va axloq-odob qoidalariga befarqlik vujudga keladi va tarbiya vositalarining ta’sir kuchi kamayadi. Bolada loqaydlik, o’zbilarmonlik, qaysarlik kabi illatlar paydo bo’ladi. Bunday bolalarni esa maktabning o’zi tarbiyalay olmaydi. Oila, mahalla hamkorligiga zarurat tug’iladi.
Mahalla-sog’lom ijtimoiy muhit maskani bo’lib, unda keng jamoatchilik o’rtasida tarbiyaviy ishlarni samarali yo’lga qo’yish imkoniyati mavjud. O’quvchi yashab turgan ijtimoiy muhitda axloqiy qarashlar, yurish-turish va aloqa malakalari, tajribalarini egallaydi. Maktabda olgan bilimlarini hayot tajribalari bilan solishtiradi, mustaqilroq bo’lishni, o’zidan kichiklarga g’amxo’rlik qilishni, o’z o’rtoqlari, tengdoshlari bilan munosabatni o’rganadi. Shuningdek u, oila doirasida keng uy, ko’cha, mahalla, shahar yoki qishloq hayotiga moslashadi.
Shunday ekan yoshlarni tarbiyalashda oila, maktab va mahalla hamkorligi eng muhim o’rinni egallaydi.

Yüklə 84,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin