Kesim va uning ifodalanishi



Yüklə 324 Kb.
səhifə2/14
tarix03.06.2023
ölçüsü324 Kb.
#124225
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Kesim va uning ifodalanishi

Kurs ishining maqsadi. Qadimgi turkiy til davridagi yoqut tilining leksik qatlamni ko‘rib chiqish, tillarning o‘ziga xos xususiyatini o‘rganish hamda tilning bugungi kundagi ko‘rinishi, uning o‘zbke tili bilan o‘xshash va farqli jihatlarini, o‘ziga xos xususiyatlarini yoritishdan iborat.
Mavzuning ahamiyati. Kesimning asosiy xususiyatlario‘rganilishi bevosita ularning turkiy tillardan farqli va o‘xshash jihatlarini yoritish barobarida ularning qanday birliklar bilan kelishi, qo‘llanilish o‘rinlari, shakllari, birikuvchanlik xususiyatlari, uning tuzilishi, tarkibining o‘rganilishi, turkumlarining ochib berilishi kabi qiyosiy tahlilini o‘rganishga yordam beradi.


Kesimning o‘zbek tilshunosligidagi talqini
Kesim bosh bo‘laklarning ikkinchisi bo‘lib, egadan anglashilgan predmetning belgisini ifoda qiluvchi bo‘lakdir.
Kesim belgi anglatish jihatidan aniqlovchiga o‘xshaydi. Lekin aniqlovchi belgini predmet bilan bo`lanib, atributiv yul bilan ifoda qilsa, kesim belgini egadan anglashilgan predmetda mavjud yoki emasligi nuqtai nazardan ifoda etadi.
Kesim gap tuzishda asosiy bo‘lak hisoblanadi. Gapning asosiy belgisi bo‘lmish predikativlik, asosan, kesim orqali ifodalanadi: Saida o‘zida yuq xursand edi (A.Qaxxor).
Kesim predmetning aktiv (ish-harakat) yoki (sifat, holat) belgisini ifodalaydi: Kishilar ishchi qizlarni maqtashdi (Oybek). Istiqbolimiz naqadar porloq va quvonchli! (“Xalq so‘zi”). Birinchi gapda kesim aktiv belgini, ikkinchisida passiv belgini ifodalangan.1
Kesim nima qildi? Nima qilmoqda? qanday? qancha? Kimdir? Nimadir? kabi so‘roqlarga javob bo‘ladi.
Kesim uchun tipik so‘z turkumi fe`ldir. Tuslangan fe`llar gapda doimo kesim vazifasida keladi. Boshqa so‘z turkumlari ham gapda kesim vazifasida kelishi mumkin. Lekin bu vaqtda bog‘lama, predikativlik affikslari, tartib va intonaciya kabilarning roli katta bo‘ladi.
Kesim va uning ifodalanishi. Kesimlar ifodanishiga ko‘ra: fe`l kesim va ot bo‘linadi.
Fe`l kesim. Fe`llarning tuslangan shakllari hamda ravishdosh shakllari bilan ifodalangan kesimlar fe`l kesim deyiladi.
Fe`lning barcha mayllari, sifatdosh shakllari tuslanib, fe`l kesim bo‘lib keladi: Chindan ham poyonsiz cho‘lda hayot tantana qilardi («O‘zbekiston ovozi»). Tepada azim qayrag‘och savlat to‘kib turardi. (Oybek).
Ot kesim. Fe`ldan boshqa so‘z turkumlari hamda fe`lning harakat nomi shakli bilan ifodalangan kesimlar ot kesim deyiladi. Ot kesimlar quyidagi so‘zlar bilan ifodalanadi:

Yüklə 324 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin