detal hamda asbobga berilayotgan issiqlikning umumiy miqdor-larini aniqlash imkonini beradi. Kalorimetrlash usuli ishonchli ko'rsatkichlar beradi va turli kesish tezliklarida ajralib chiqayotgan issiqlik miqdorini aniqlash uchun qulay hisoblanadi, shuningdek, har xil materiallarning ishlanuvchanligini o'zaro solishtirib baholashda foydalidir. Bunda ishlov o'tayotgan zagotovka, kesuvchi asbob va qirindi kalorimetrga joylashtirilgan bo'ladi.
termobo'yoqlar usuli - kesuvchi asbobning qizigan qismlari sirt temperaturasini aniqlashda qo'llaniladi; bu usuljuda oddiy, ammo aniqlik darajasi past.
ishlangan yuza va qirindining qizishdan rang o'zgarishini solishtirib analiz qilish usuli -juda oddiy, subyektivlikka bog'liq va katta xatolarga yo'l qo'yiladi, chunki bunda metall oksidlangan yuzasining o'rtacha temperaturasini rang o'zgarishiga qarab chamalanadi.
radiatsion-optik va fotoelektrik usullar - kesish zonasida tem-peraturaning taqsimlanishi to'g'risidagi ma'lumotlarni issiqlikning nurlanishini qayd qilish orqali olish imkoniyatini beradi. Bu usul murakkab optik qurilmalar yoki fotoelektrik element(datchik)larning qo'llanishi bilan bog'liq. Mazkur usul materiallarni kesishjarayonida issiqlikning fizik xususiyatlarini eksperimetal tadqiq qilishda qo'llaniladi. Masalan, 45 markali po'latni kesib ishlashda kesish zonasidagi tempera-turaning taqsimlanish maydoni radiatsion-optik usulda aniqlanib chi-zilgan holi 5.4-rasmda keltiriladi
5) mikrosturkturani analiz qilish va mikroqattiqlikni o'lchash yo'li bilan temperatura maydonini o'rganish usuli - kesuvchi asbobning old va orqa yuzalarida izoterma-larni tuzish imkonini beradi.
6) qirindi hosil bo'lish zonasidagi ternperaturani o'lchash uchun turli termoelektrik emissiya usullari keng qo'llaniladi. Keskichning temperaturasini o'lchash maqsadida sun'iy termojuft usulini birinchi bo'lib Y. G. Usachev qo'llagan. Bunda keskichning korpu-
sida ochilgan kichik teshikka termojuftjoy-lashtiriladi. Termojuftning ishchi qismi-dagi simlarning birlashgan joyi tezkesar po'lat plastinkaning pastki tomonidagi nuqta 1 ga tegib turadi. Kesishjaryonida kesuvchi tig'ning kontaktlanuvchi yuza-laridan ajrab chiqadigan issiqlik oqimi tezkesar po'lat plastinkani va
termojuftning ishchi qismini qizdiradi (5.5-rasm).
a) termojuft izolatsiya qilingan simlardan iborat. O'tkazgich sim-
larning diametri 0,3...0,5mm; materiali xromel (90%Ni+10%Cr),
manganin(84%Cu+13%Mn+3%Ni),alumel(l%Si+2%Al+0,17%Fe+2%Mn
+94,83%Ni), konstantan(58%Su+2%Mn+40%Ni), kopel (56,5%Cu+43,5%Ni).
Agar l-nuqtadagi temperatura 2-nuqtadagidan kata bo'lsa zanjirda elektr yurituvchi kuch paydo bo'ladi:
b) elekrodlardan biri (A) keskichda ochilgan teshikka kiritilgan
kopel yoki konstantan simi bo'lsa, ikkinchi elektrod sifatida tezkesar
po'latdan tayyorlangan plastinka
(B) xizmat qiladi.
Ikkala elektrod birlashtirilib payvandlanib), termojuftning ishchi qismi hosil qilinadi (nuqta
Г). A va
B elektrodlarning sovuq uchlari xona temper-aturasiga ega holida o'lchov asbobining ^klemmaIariga ulanadi. O'lchov asbobi ko'rsatadigan termoelektrik yurituvchi kuch (TEYK)
A va
B ter-mo elektrodlar ishchi qismining temperaturasiga proporsional bo'ladi.