Dastgohlarning qirqish asbobi, ularni o‟rnatish va unga quyiladigan talablar.
4. Dastgohlarga qo’yiladigan talablar Metallarga ishlov berishda O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini Ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2015-yil 15-oktyabrdagi 43-B-sonli buyrug‘I Bilan tasdiqlangan ―Metallarga sovuq ishlov berishda mehnatni muhofaza qilish Qoidalari‖da belgilangan tartibga rioya etiladi.
Ish jarayonlari GOST 12.3.002-75 ―Ishlab chiqarish jarayonlari.
Xavfsizlikning umumiy talablari‖ hamda GOST 12.3.025-80 ―Kesish bilan Metallarga ishlov berish. Xafsizlik talablari‖ga muvofiq tashkil etilishi kerak. Metallarga sovuq ishlov berishda zaharli, yallig‘lantiruvchi va tez Alangalanadigan moddalar ishlatilsa yoki ajralib chiqsa, alohida maxsus Jihozlangan xonalarda yoki ishlab chiqarish xonalarining maxsus ajratilgan Uchastkalarida, ishchilarni himoya qilish vositalari hamda yong‘indan himoya Qilish vositalari bilan ta‘minlangan holda bajarilishi lozim. Texnologik jarayonlarda og‘irligi 20 kg ortiq bo‘lgan yoki 25 m.dan ortiq Masofaga yuklarni tashish yuk ko‘tarish transport vositalari yoki boshqa Mexanizatsiya vositalari yordamida bajarilishi lozim. Jilvirtoshlar saqlanadigan stellaj, yacheyka va qutilar taxta yoki boshqa Yumshoq materiallar bilan qoplangan bo‘lishi kerak. Jilvirlash va elbordan Yasalgan kesuvchi asboblar vertikal holatda, urilish va silkinishlarsiz, yumshoq Material bilan qoplangan va yog‘och qirindisi solingan yostiqcha to‘shalgan Aravachalarda tashilishi kerak. Dastgohlarning jihozlari o‘z-o‘zidan pastga tushib ketishini oldini oluvchi Qurilmalarga ega bo‘lish lozim. Mexanizatsiyalashgan yoki avtomatlashgan usulda mahkamlanadigan Dastgohlarda ishlov berish jarayoni faqat detal mahkamlanib bo‘lgandan so‘ng Ishga tushishini ta‘minlaydigan blokirovka qurilmasi bo‘lishi lozim. Avtomat va yarim avtomatlar, ularda ishlov berish hududi ochiq holatda Ish bajarilganda jarohatlanish yuz bermasligi uchun blokirovka tuzilmasiga ega bo‘lishi, ular avtomatik ish sikli himoya qurilmasi faqat yopiq bo‘lganda ishga Tushishini ta‘minlashi lozim. Dastgohlarda operatsiyalar bajarilayotgan vaqtda detal yoki asbob Aylanishi tufayli jarohatlanish mumkin bo‘lsa, dastgohlarda shpindel o‘chirilgan Zahoti uni avtomatik tarzda to‘xtatadigan qurilma bo‘lishi kerak. Qo‘l bilan boshqarish organlari (shu jumladan elektr boshqaruv pultlarida Joylashgan) shunday yasalgan va joylashgan bo‘lishi kerakki, ulardan Foydalanish qulay bo‘lishi, qo‘llarni qisib qolish yoki boshqa boshqarish Organlari va dastgoh qismlariga tiqilib qolish hollariga olib kelmasligi hamda Tasodifan boshqarish organlarini ishlatilishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Bir nechta xodimlar xizmat ko‘rsatadigan uskunaning boshqarish Organlari, harakatlarning zaruriy ketma-ketligini ta‘minlaydigan blokirovka Qurilmasiga ega bo‘lishi lozim.
Murakkab va xavfli uskunaning (temirchilik-presslash, avtomat liniya va Hokazo) boshqaruv organlari unda rostlash ishlarini o‘tkazish va begona shaxslar Ishlashiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qulflar yoki plombalar bilan ta‘minlangan Eshikchalari yopiq bo‘lishi lozim.