Alifatik uglevodorodlar. Benzin-erituvchi, o‘simlik moylari ishlab-chikarishda keng qullaniladi. Moy ekstraktsiya sanoatida ishlatiladigan benzin neftni krekinglab olingan mahsulot bo‘lib, u arzon, moylar yaxshi eriydi va qurilmalarga nisbatan neytral. Benzin suvda erimaydi. Tez portlovchi benzin bug‘larining past kontsentratsiyasi 1,2%, yuqori kontsentratsiyasi 7%. Benzin buglari havodan 2,7 marotiba og‘ir, shu sababdan ham ular polda va burchaklarda tuplanadi.
Geksan erituvchi, yengil uchuvchan suyuqlik, molekulyar massasi 86,2, 15,50C haroratdagi zichligi 663 kg/m, qaynash harorati 66,7–69,30C, tarkibida aromatik va tuyinmagan uglevodorodlar saqlamaydi.
Propan va butan – kelajakdagi erituvchi. Bu erituvchilarning uziga xos xususiyati shundaki ular 0,4 – 1,2 Mpa bosimda qullanilganda ekstraktsiya jarayoni 2-3 marta tezlashadi. Bu erituvchilar moy bilan birga kam miqdordagi boshka moddalarni ekstraktsiyalaydi.
Propan va butanni shrot tarkibidan bug‘latish harorati 25 0C dan 40 0C gacha.
Alifatik uglevodorodlarning xlorli birikmalari-bu erituvchilarga:
-dixloretan CN2Cl-CH2Cl
-trixloretan CNCl-CCl
- xloroform CNCl3
- to‘rtxlorli uglerod CCl4.
Bu birikmalar juda ham zaharli va agressiv bo‘lganligi uchun sanoat miqyosida ishlatilmaydi. Bu birikmalar juda ham kuchli erituvchi,ular yonmaydi.
Dostları ilə paylaş: |