Azotli birikmalar. Tarkibida azot bo‘lgan birikmalar tamaki ximiyaviy tarkibining asosiy qismidir.
Oqsil tamakining chekuvchanlik xususiyatiga salbiy ta‘sir ko‘rsatuvchi hamda yonishda yoqimsiz hid va achchiq tag‘m beruvchi uchuvchan moddalar hosil qiladi. Bargning texnik pishiqlik davrida uglevodlar eng ko‘p miqdorda to‘plangan, oqsil miqdori esa ancha kamaygan bo‘ladi.
Tamakida 20% gacha oqsil bo‘lishi mumkin. Yuqori sifatli barglarda esa odatda 7-8% gacha oqsil bo‘ladi.
Nikotin.Nikotin ham azotli birikmalar jumlasiga kirib, tamaki bargiga o‘ziga xos chekuvchanlik xususiyatini beradi.