Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda


Paxta chigiti saqlanadigan omborlar



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə78/168
tarix02.01.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#41800
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   168
ҚХМСваДИТ маруза 2020(4)

Paxta chigiti saqlanadigan omborlar. Ko‘p yillar davomida yog‘ zavodlarida paxta chigiti piramida shaklidagi buntlarda ochiq holda saqlanar edi. Buntda saqlashning kamchiligi shundaki, chigitni buntlash yoki buntni buzib undan chigitni ishlab chiqarishda uzatish vaqtida ob-havo o‘zgarib namgarchilik bo‘lsa, chigit namlanib qoladi va quritish qiyin bo‘ladi. Lekin ob-havo qulay bo‘lgan vaqtda buntlangan chigit ustiga bir marta yomg‘ir yog‘ib o‘tgandan keyin uning ustida 5-10 sm qalinlikda qatqalok hosil bo‘lganligi uchun u bir necha oy buzilmay yaxshi saqlanishi mumkin.

Chigit qayta ishlanadigan zavodlarda vagon yoki avtomashinada chigit qabul qilib oladigan joylar bilan omborlar orasida tunnel quriladi va chigit lentali transportyor orqali uzatiladi. Ombor bilan chigit tozalash bo‘limlar orasda ham tunnel bo‘ladi.

Hozirgi vaqtda yog‘-moy zavodlarida zamonaviy paxta chigitini saqlash omborlari qurilgan bo‘lib uning umumiy ko‘rinishi 31-rasmda ko‘rsatilgan, bu omborlar aktiv shamollatish jixozlari bilan ta‘minlangan. Bunday omborlar yig‘ma temir beton konstruktsiyasidan qurilgan bo‘lib unda chigitni navlar bo‘yicha saqlash uchun sektsiyalarga bo‘lingan. Paxta chigiti qabul qilish qurilmasidan 3 noriya orqali ustki galeriyadagi 1 lentali transportyorga uzatiladi. Chigitni sektsiyalariga taksimlash uchun maxsus 2 novalar o‘rnatilgan bo‘lib lentali transportyordan chigit shu novalarga beriladi. Chigitni ishlab chiqarishda uzatish uchun omborni ikki tomonida ayvon ostida kanal o‘tqazilgan bo‘lib uning ichiga 5 lentali transportyor o‘rnatilgan. Omborxona polida muhim o‘rnatilgan 4 shnekli transportyorlar bo‘lib ular chigitni 5 lentali transportyorda uzatish uchun xizmat qiladi. Bunday omborlarda bajarilgan hamma ishlar mexanizatsiyalashtirilgan. Har bir sektsiyadagi urug‘ning harorati avtomatik harorat o‘lchash qurilmalari yordamida nazorat qilib boriladi.


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin