Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda


Moyli urug‘larning saqlash omborlarini turlari



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə77/168
tarix02.01.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#41800
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   168
ҚХМСваДИТ маруза 2020(4)

Moyli urug‘larning saqlash omborlarini turlari. Moyli urug‘lar saqlanadigan omborlar u yerdagi ishlarning mexanizmlar yordamida bajarilish darajasiga ko‘ra:

1.Mexanizasiyalashtirilmagan;

2.Yarim mexanizatsiyalashtirilgan;

3.Mexanizatsiyalashtirilgan turlarga bo‘linadi.



Mexanizatsiyalashtirilgan va mexanizatsiyalashtirilmagan omborlar. Mexanizatsiyalashtirilmagan omborlarning poli gorizontal bo‘lib muhim o‘rnatilgan tushirish qurilmalari bilan jihozlangan. Bunday omborlar devori tosh, g‘isht va yog‘ochdan bo‘lib balandligi 3,2 m bo‘ladi, ularning sig‘imi, shakli turlicha bo‘lib 29-rasmda ko‘rsatilgan. Ular maksimal sig‘imining 70% ga xom ashyo sig‘imi mumkin. Bunday omborlar oldiga urug‘larni tozalash va quritish inshootlari ham birgalikda qurilishi mumkin.

Bunday omborlarda xom ashyo vaqtincha yoki uzoq muddatda saqlanishi mumkin. Bu tipdagi omborlarni kam xarajat sarf qilib mexanizatsiyalashtirish imkoniyatlari mavjud.

Mexanizatsiyalashtirilmagan omborlari urug‘larni tushirish va yuklashda ko‘chma harakatlanuvchi mexanizmlar yordamida bajariladi, bu kuchma mexanizmlarni ishlatish ko‘p mexnat va xarajat talab etadi. Bunday omborlarni bir qism muhim o‘rnatilgan mexanizmlar bilan jihozlash mumkin, bunda bajariladigan ikki operatsiyadan (yuklash yoki tushirish) biri muhim o‘rnatilgan mexanizmlar yordamida, boshqasi qo‘shma mexanizmlar yordamida amalga oshiriladi.

Mexanizatsiyalashtirilgan omborlarning poli gorizontal va konus shaklida bo‘lib unda urug‘ uyum holda saqlanadi, ularda bir xil partiyadagi 5-6 ming tonna urug‘ni saqlash mumkin. Bunday omborlarda urug‘ni qabul qilish va uzatish ishlari muhim o‘rnatilgan mexanizmlar yordamida amalga oshiriladi, ular ostki va ustki transportyorlar bilan jixozlangan. Ostki transportyorlar omborxona poli ostida galereyalarda o‘rnatiladi. Turli ko‘rinishdagi mexanizatsiyalashtirilgan omborlar 30-rasmda o‘rnatilgan.




Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin